1. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. Miloddan oldingi ming
yilliklarda vatanimiz hududida ijtimoiy - siyosiy va falsafiy tafakkur rivoji.
Qadimgi Xorazm, Sug‘diyona, Afrosiyob, Shosh madaniyati, uning milliy g‘oya
shakllanishidagi ahamiyati.
2. “Avesto” va zardushtiylik g‘oyalari. Avesto – mamlakatimiz tsivilizatsiyasi va
xalqlarimiz ijtimoiy fikri tarixining qadimgi namunasi. Zardushtiylikning olam,
borliq va rux tabiat va odam to‘g‘risidagi qarashlari. Avestoda milliy
g‘oyalarning ifodalanishi va uning xalqlarimiz taraqqiyotidagi ta’siri.
Makedoniyalik Iskandar istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi. Istilo davrida
milliy g‘oyalar va qadriyatlarning tanazzuli. Siyosiy jarayonlar va falsafiy
fikrlarda istilochilar g‘oyalarining aks etishi. Spitamen boshchiligidagi
harakatning milliy-falsafiy g‘oyalari. Kushon davlati davridagi g‘oyaviy qarashlar
va madaniy taraqqiyot. Hindiston va xalqimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalar.
3. Markaziy Osiyoda buddaviylik. Buddaviylikning Kushon davrida yangi va
ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanishi.
4. Moniy falsafasi. Moniylik g‘oyalarining tarqalishi. Mazdak g‘oyalari.
Mazdakiylikning tarqalishi, asosiy tamoyilla.ri va qarashlari. Moniy va Mazdak
ta’limotlarining tarixiy taqdiri va xalqlarimiz ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri.
5. Vatanimiz madaniyati va falsafasining jahon tsivilizatsiyasiga ta’siri. Falsafiy
merosni egallash va yoshlarda tarixiy xotira, milliy qadriyatlarga sodiqlik,
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllaitirish vazifalari.
6. Sharq jahon tsivilizatsiyasinipg markazlaridan biri Qadimiy Sharq, Misr va Bobil
falsafasi. Iudaizm dini va falsafiy ta’limoti. Xind falsafasi: vedalar va
upanishadalar, jaynizm, hinduizm va buddizm.