Fan ilmiy dunyoqarash shakli

Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/3
tarix23.12.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#77589
  1   2   3
Fan ilmiy dunyoqarash shakli

Fan ilmiy dunyoqarash shakli.

Reja:

1.Faning o’zaro mutanosibiligi va farqi.

2.Ilmiy hamjamiyat .

3. Dunyoqarash shakli .

Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan[1]. Кeng (yig’ma) ma’nodagi fan –bu butun inson faoliyati sohasi bo’lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob’ektiv bilimlarni o’rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu erda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig’ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan ko’pincha ayni shu kontekstda qo’llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o’rinlidir.

Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun ««fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu erda fanga aniq ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob’ekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.

Bunday fanlarning har biri faqat ularning o’zigagina xos bo’lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona bo’lgan til, kategoriyalar apparati va hokazolarga ega bo’ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to’g’ri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni to’g’ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bo’lgan voqealar yoki jarayonlarni ma’lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona bo’lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtai nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog’liq emas. Ular mazkur sohada olg’a siljish uchun o’zlashtirish lozim bo’lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar yig’indisi sifatida avloddan-avlodga o’tadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin