O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə6/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

2.2. Yangi davr gimnastikasi
Y. A. Komenskiyning asarlari va uning didaktik tamoyillari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari Jan Jak Russo (1712—1778) va ayniqsa, Pestalotssi (1746—1827) dunyoqarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. Bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berishdi. Russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi va toblaydi, kuch va harakat sifatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni yengish uchun tayyorlaydi, aqliy va jismoniy kamol topishga hamda salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Pestalotssi bolalarda mavjud bo'lgan kuch va jismoniy sifatlarni mashq orqali rivojlantirishni jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi, deb bilgan. U fikrlash va harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishni keyingi o'ringa qo'yish muhim, deb hisoblagan. Buning uchun bo'g'inlardagi eng oddiy harakatlar — eng yaxshi mashqlar bo'ladi, chunki har qanday murakkab harakat ana shunday oddiy harakatlardan tarkib topadi, deb aytadi. Bo'g'in gimnastikasi esa



2.3. Milliy gimnastika tizimining yaratilishi
Milliy gimnastika tizimining yaratilishi XIX asr boshlariga to'g'ri
keladi. Bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir
vaqtda harakat qilishni, buyruqlarning aniq bajarilishini, jang
maydonida saflanishlarni talab qilardi. O'sha davr pedagoglari va
shifokorlariga gimnastika yoshlarni jismonan tarbiyalashning birdan
bir to'g'ri uslubi bo'lib ko'rinardi.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib, gimnastika taraqqiyotida
uch yo'nalish ko'zga tashlana boshladi:

  • gigiyenik yo4nalish (gimnastika odamning salomatligini
    mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisob-
    lanardi);

  • atletik yo'nalish (gimnastika murakkab mashqlami, shu jum-
    ladan, gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlami qo'llash yo'li
    bilan insonning harakat sifatini rivojlantirish vositasi, deb hisobla-
    nardi);

  • amaliy yo'nalish (gimnastika urushda uchraydigan turli
    to'siqlardan oshib o'tishni askarlarga o'rgatish vositasi hisoblanardi).

Nemis gimnastika tizimi
Napoleon qo'shinlari Prussiyani egallab
turgan davrda tarkib topa boshladi. Bu tizimning asoschisi F. Yan
(1778—1852) edi. F.Yan gimnastikadan mamlakatni bosqin-
chilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga harbiy tayyorgarlik berish
uchun foydalanishga intildi. Gimnastika jihozlaridagi mashqlar va
harbiy o'yinlar bu tizimning asosini tashkil qilar, chunki ular,
Yanning fikricha, odamning jismoniy kuchini rivojlantirib, iroda-
sini mustahkamlar edi. U o'zining gimnastikasini «turnkunst»
(epchillik san'ati), shogirdlarini esa «tumerlar» deb atadi. Keyinchalik
nemis gimnastikasi «turnen» nomini oldi.
Yan Frizen Eyzelen bilan birgalikda gimnastika mashqlari
texnikasini ishlab chiqdi. «Nemis gimnastikasi» darsligi nashr etilib,
unda o'sha vaqtda ma'lum bo'lgan jihozlarda bajariladigan hamma
mashqlarning tavsifi berilgan edi. Mashqlami bajarayotganda
shug'ullanuvchilardan boshni to'g'ri tutish, oyoq uchlari cho'zilgan
bo'lishi, gavdani harbiycha to'g'ri tutish, to'g'ri chiziq bo'ylab
harakat qilish talab qilinardi. Mashg'ulotlarda musobaqa usulidan
foydalanilardi, bu esa shug'ullanuvchilarning qiziqishini juda ham
oshirar va ular bir xildagi mashqni behisob takrorlashga intilishardi.
U davrda turli harakatlar коп^паьйШШ^

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin