O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə8/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Shved gimnastika tizimi nemis gimnastikasi bilan oldinma- ketin paydo bo'lgan. Unda gigiyena yo'nalishi yaxshi ishlab chiqilgan edi. P. Ling (1776— 1839) XIX asrning birinchi yarmida gimnastikani Daniyada o'rgana boshladi. Chunki o'sha davrda gimnastika G'arbiy Yevropadagi ilg'or mamlakatlardan biri bo'lgan Daniyada tarqala boshladi. P. Lingning tashabbusi bilan 1886-yilda Stokgolmda maxsus institut ochildi. P. Ling u yerda o'zining jismoniy tarbiya uslubi va vositalarini qo.'lladi. U inson badanini mustahkamlaydigan va kamol toptiradigan mashqlardan foydalanish kerak, deb hisoblardi. Ammo u gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olmagan edi.
Uning o'g'li Y. Ling (1820—1886) otasi boshlagan ishni davom ettirib, mashg'ulotlar jadvalini ishlab chiqdi. Mashqlarni jadvalga solib, maxsus gimnastik jihozlardan foydalanishni va bir qancha uslubiy qoidalarni ilgari surdi. Bunda mashqlar anatomik belgilariga qarab, uning tasnifi berildi. Muvozanat, to'g'ri yo'nalish va kuchga tayanish bunga asos qilib olindi. Gavda a'zolarining aniq bir holatda bo'lishiga katta ahamiyat berilgan.
Shved gimnastika darsi qat'iy tartibda birin-ketin keladigan 16 qismdan iborat jadvalga binoan tuzilgan edi. Bu tizim o'qituv- chining tashabbusini cheklashiga qaramay, ko'plarga ilmiy tomondan asoslangandek tuyilgani bois, shved gimnastikasining

mashhur bo'lib ketishiga va ko'pgina mamlakatlarda keng tarqalishiga sabab bo'lgan.
Fransuz gimnastika tizimi,
asosan, harbiy-amaliy yo'nalishda bo'lib, shved tizimi bilan deyarli bir vaqtda shakllandi. Fransiyada gimnastika tizimini yaratgan kishi Amoros (1770—1848) bo'ldi. U A.V. Suvorovning harbiy-jismoniy tayyorlov tizimi bilan tanish bo'lib, bundan o'z tizimini yaratishda foydalandi. Hayotda va harbiy sharoitda zarur bo'lgan ko'nikmalar orttirishga yordam beradigan mashqlar — to'siqlar qo'yilgan ochiq joyda yurish va yugurish, qurol-yarog'lar bilan turli holatlardan sakrash, yukni yoki «yara- dorni» joydan joyga ko'tarib o'tish, suzish va sho'ng'ish, kurash tushish, uloqtirish, o'q otish, qilichbozlik va chavandozlik mashqlarini u eng yaxshi mashqlar, deb hisoblagan. Juda katta tezlik bilan va kuchni ko'proq, tejab o'tilishi lozim bo'lgan gimnastika asboblari (narvonlar, arqonlar, langarlar, devorlar) qo'llanilar edi.
Mashg'ulotlar vaqtida Amoros muayyan jadvalga rioya qilmagan. U quyidagi umumiy tamoyillarni belgilab olgan edi, xolos. Mashqlar shug'uUanuvchilarga tushunarli va mumkin qadar sodda bo'lishi kerak bo'lgan. Ularni birin-ketin yengilidan qiyiniga, soddasidan murak- kabiga o'ta borgan holda bajarish kerak bo'lgan mashg'ulotlarda o'quvchilarning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim edi. Harakatlar tezligi, yo'nalishi (ko'lami) va uni o'zgartirib, aynan bir mashqning ta'sirini kuchaytirish yoki susaytirish mumkinligi to'g'risida ko'rsatmalar bo'lgan. Mashqlar harbiy qo'shiqlar jo'rligida ijro etilar, bu nafas olish bilan bog'liq bo'lgan sifatlarning rivojlanishiga yordam berib, vatanparvarlik hissini uyg'otar edi. Bu mashg'ulotlarni musiqa jo'rligida o'tkazishni odat qilishga ilk bor urinish bo'lgan.
Fransuz gimnastika tizimi mashqlari ko'pgina mamlakat qo'shinlarini jismoniy va harbiy tayyorlashda qo'llanilgan.
Lochinlar gimnastika tizimi. Ushbu tizim Avstriya-Vengriya tarkibida bo'lgan slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashiga aloqador tarzda XIX asr o'rtalarida yuzaga keldi. Chexiyada «lochinlar harakati» paydo bo'lib, lochinlar gimnastika tizimi tuzila boshlandi. O'z vatanini Avstriya zulmidan ozod qilishga intilgan, vatanparvarlik kayfiyatidagi liberal burjuaziya vakili, Praga universitetining estetika va san'at tarixi professori M. Tirsh (1832—1884) bu tizimning asoschisi bo'lgan. Tirsh XIX asrning birinchi yarmidagi gimnastika tizimlari bilan tanish edi, lekin Chexiyada xalqni milliy-ozodlik kurashiga tayyorlash maqsadida ommaviy gimnastika harakatini tashkil etish uchun ulardan birontasini ham yaroqli, deb hisoblamadi.



«Lochinlar» gimnastika tizimi mazmun jihatdan nemis gimnas­tika tizimiga yaqin, ammo uning o'ziga xos xususiyatlari bor edi. Tirsh mashq bajaruvchilarning barcha holat va harakatlarini tomoshabinlarning ruhini ko'tarish, quvonch, estetik kayfiyat uyg'otadigan shaklda yaratishga intilgan. Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlar jihozlar bilan va jihozlarsiz, piramidalar, qilichbozlik, boks, jangovar kurash belgilari bo'lgan mashqlar ushbu tizim asosini tashkil qilgan.
«Lochinlar» o'z mashg'ulotlarida mashqlami behisob takrorlash o'rniga turli harakat to'plamlarini kiritishdi. 1862-yildan boshlab esa gimnastika musobaqalari maxsus ishlab chiqilgan qoidalarga binoan o'tkaziladigan bo'ldi. Endi erkin va gimnastika jihozlarida bajariladigan gimnastika mashqlarida bir belgidan ikkinchisiga o'tish mantiqli bo'lishiga alohida e'tibor beriladigan bo'ldi. «Lochinlar» mashqlami tashqi belgilariga qarab tasnif berishgan va har bir mashqni, bir-ikki so'z bilan ataladigan qilib, gimnastika mashqlari atamalarini ishlab chiqishgan. Bu esa mashqlami bajarishda juda qulaylik tug'dirdi.
«Lochinlar» gimnastika darsi uch qismdan iborat bo'lgan:

  • birinchi (tayyorlov) qismida tartibli mashqlar, umumiy erkin mashqlar yoki jihozlar bilan (tayoqcha, gantellar va h.k.) mashq­lar bajarilardi;

  • ikkinchi (asosiy) qismida gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlar, sakrashlar, jangovar mashqlar va h.k.lar bajarilardi;

  • uchinchi (yakunlovchi) qismida, odatda, yurish, asta-sekin yugurish, harakatli, sport o'yinlari qo'llanilardi.

Mashg'ulotlarning bir xil kiyimlarda, musiqa jo'rligida o'tka- zilishi, mashqlarning aniq bajarilishi, musobaqalar va ommaviy chiqishlarning uyushtirib turilishi lochinlar gimnastikasining ko'p mamlakatlarga tarqalishiga sabab bo'ldi. Bu esa o'z o'rnida hozirgi sport gimnastikasiga asos soldi.
Yuqorida zikr etilgan tizimlarda sinfiy xislat va milliy an'analar aks etgan. Bu tizimlarning bir yoqlama bo'lganligi, ularning mualliflari gimnastikaning tarbiyalovchi ahamiyatini yetarlicha tushunib yetmaganligi va ularning empirizm'ga berilib ketganligi, mazkur tizimlarning salbiy tomoni edi.

1Empirizm— yunonchadan tarjima qilinganda, falsafiy ta'lim ma'nosini bildiradi (mashqlarning nafaqat kuchni rivojlantirish, balki tarbiyalash xususiyatlarini inkor etish yoki tan olish).

XIX asr oxirlarida ilmiy asoslangan quyidagi dastlabki tizimlar: Rossiyada P. F. Lesgaft (1837—1909) tizimi, Fransiyada fiziolog va pedagog J. Demeni (1850—1917) tizimi paydo bo'la boshlaydi. Birinchi Jahon urushi yillarida J. Demeni jismoniy tarbiyaga oid asar e'lon qiladi. O'z asarida mashqlarning statik emas, balki dinamik bo'lishi, to'la amplitudada bajarilishi, shaklan nafis bo'lishi kerak, deb hisoblagan. Mashq bajarish jarayonida ishtirok qilmagan mushaklar bo'shashib turishi kerak, deb qayd qilgan. Bu gimnastika taraqqiyotida yangi qadam bo'ldi.
Demeni taklif qilgan mashqlar gimnastikani ancha boyitdi. Demeni salomatlikni mustahkamlashni, gavda tuzilishi va harakat- larning nafisligiga erishishni, kishining chaqqonligi va irodaviy tuyg'ularini rivojlantirish — jismoniy tarbiyaning vazifalaridir, deb hisoblagan. Uning shogirdlaridan biri J. Eber jismoniy tarbiyaning «tabiiy uslubi»ni taklif qildi. Bu taklif aslida harbiy-amaliy gimnastikaning yanada rivojlantirilishi bo'lgan edi.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida gimnastikaning yangi turlari paydo bo'ladi. Jumladan, badiiy va ritmik gimnastikaning yangi turlari tashkil topadi, tibbiyotning sohalaridan biri bo'lgan davolash gimnastikasi, ko'proq gigiyenik yo'nalishda bo'lgan shaxsiy gimnastika tizimi (Myullerning «Mening tizimim», Sandovning gantellar gimnastikasi, Porshek, Anoxinning shaxsiy gimnastika tizimi va h.k.) keng qo'llaniladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin