O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə4/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

6. Akrobatik (tramplin) mashqlar —jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Qomatni tik tutish, turli harakatlar bilan umbaloq oshish, fazo bo'shlig'ida qomatni to'g'ri tutishga diqqatni qaratadi. Akrobatika mashqlarini bajarish jarayonida ichki organlar tmistahkamlanadi. Ularning funksional rivojlanishi ta'minlanadi. Akrobatik mashqlarning doimiy bajarilishi va ularni murakkablashtirib borish, ularning turli sport turlarini (umumiy, qo'shimcha, maxsus jismoniy tayyor­garlik) takomillashtirish uchun qo'llanishga imkon yaratadi. Akro­batik mashqlar o'zining mazmuni va xarakteri bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. Sakrash, muvozanat saqlash, yakka bajarila­digan voltej1 elementlari, juftlikda, uchlik, to'rtlik, erkaklar, erkak va ayollar bilan bajariladigan mashqlar ham shunga kiradi.

1Voltej— fazo (havo)da turli mashqlarni birin-ketin almashib bajarish.



Guruh bo'lib bajariladigan oddiy piramidalar ham akrobatik mashqlarga kiradi.

                1. Sakrashlar (tayanib va tayanmasdan) umumrivojlantiruvchi mashqlar sohasiga kiruvchi sakrash, tashlanish, qo'l va oyoqlar bilan depsinish natijasida uchish fazasini hosil qilishdan farqlanadi. Harakatlarni bajarishning aniqligi (chaqqonlik, tezkorlik, kuch) irodaviy jismoniy sifatlarni rivojlantiradi. Sakrashlar mashg'ulotlarda jismoniy tayyorgarlik, malaka va ko'nikmalarning shakllanishida (to'siqlardan sakrab o'tish, qo'nish, yuqoriga va yuqoridan pastga sakrashlar) qo'llaniladi. Tayanib sakrashlar sport gimnastikasida ko'pkurashning bir turi sifatida musobaqalar dasturidan o'rin olgan.

                2. Jihozlarda bajariladigan mashqlar— o'zining bajarilishi tayanch holati, gavda harakati xususiyati, sport jihozlari tuzilishi bilan ajralib turadi. Sport gimnastikasida erkaklar (ot, halqa, qo'shpoya, yakkacho'p) va ayollar (turli balandlikdagi qo'shpoya, xoda) ko'p kurashlarda ishtirok etib, turli jihozlar bilan ta'minlangan. Ushbu jihozlar ayrim mashqlami bajarishda gimnastikaning sog'lom- lashtirish yo'nalishidagi o'rnini mustahkamlaydi.

Dastakli otda ko'pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar (gavdani ortga egish, tashlanishlar)dan foydalaniladi. Mashq bajarishda jihozlardan foydalanishda bunday yondashish turli yoshdagi, jinsdagi va tayyorgarligi har xil bo'lgan shaxslar bilan mashg'ulotlar o'tkazilganda qo'l keladi.
Sport jihozlari vositasida bajariladigan mashqlar shakli, murakkablik darajasi bo'yicha ko'p qirrali bo'lib, shug'ullanuvchilar organizmiga o'ziga xos ta'sir etadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, mashg'ulotlar jarayonida gimnastika sporti jihozlari bajariladigan mashqlarning harakat-tayanch apparatiga bo'lgan ta'siri beqiyosdir. Bu mashqlar qo'l, yelka-bo'g'in mushaklarini rivojlantiradi. Chunki bir talay mashqlar qo'llarda tayanib yoki osilgan holatda bajariladi. Shuning uchun ham gimnastika sporti bilan shug'ullanadiganlar o'z qaddi-qomatining tuzilishi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Hozirgi paytda an'anaviy gimnastika jihozlaridan tashqari ko'pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun foydalaniladigan yordamchi trenajorlar, qurilmalar paydo bo'lmoqda. Bu trenajorlar ham gimnastika sportini rivojlantirishda mashqlar bajarish sifatini oshirishda katta foyda beryapti.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan gimnastika turlari mazkur sportning umumiy yo'nalishi asosini o'zida saqlab qoladi. Ammo nimaga

mo'ljallanganligi, mashqlarning o'ziga xosligi va uslubiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Gimnastikaning asosiy vositalarini mana shu tariqa ajratish, gimnastikaning biron turi uchun, turli xildagi pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun mashqlar tanlashni osonlashtiradi.
Muhim ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, takomillash­tirish, mustahkamlash, shug'ullanuvchilarning kayfiyatini ko'tarish va mashg'ulot jarayoniga ishtiyoqni oshiiish maqsadida gimnastika mashg'ulotlarida qo'llaniladi, ular qatorida har xil harakatli o'yinlar ham qo'llaniladi. Estafetalar o'tkazganda o'yinlarning musoba- qalashuv belgilariga ko'proq e'tibor beriladi.
1.4. Gimnastika o'quv-ilmiy fan sifatida
Gimnastika mashqlarini o'rgatish — mashg'ulotlarda asosiy o'rin egallaydi. Ayni bir vaqtda yoshlarda vatanparvarlik hissi, o'z faoliyatiga ijodiy yondashish, intizom va axloq kodeksi tamoyillariga muvofiq xatti-harakat mezonlariga rioya qilish hislari tarbiya topadi. Sportning bu turi o'sib kelayotgan avlodga ta'lim va tarbiya berish tizimidagi pedagogik ilm sohasi, o'tilishi shart bo'lgan o'quv mash- g'ulotlari hisoblanadi. O'zida ma'naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy kamolotni garmonik holda mujassamlashtiradigan insonni tarbiyalashda jamiyatga xizmat qilayotgan fandir.
Sportning mustaqil turi va alohida fan sifatida gimnastika jismo­niy tarbiyaning gimnastika mashqlariga xos bo'lgan vositalar, uslublar va mashg'ulotlarni tashkillashtirish shakllari yordamida insonning jismonan tarbiyalash, rivojlantirish va kamol topishini tarbiyalaydi. Buboradagi ilmiy tadqiqot ishlari ko'proq sport fiziolo- giyasi, metrologiya, anatomiya, sport pedagogikasi, sport psixo- logiyasi, valeologiya, biomexanika va matematikada olib boriladigan tadqiqotlar bilan aloqadordir.
Gimnastika — o'quv-pedagogik va ilmiy fan sifatida insonning ilmiy-amaliy faoliyatidin Uning nazariyasi, tarixi, ta'lim berish uslubiyati hamda mashg'ulotlarni o'ziga xos tashkillashtirish vositasi va shakllari bor.
Gimnastika nazariyasi jismoniy tarbiya fanining mohiyat- mazmuniga, uning maqsadi, vazifalariga, jismoniy madaniyat tizimidagi gimnastikaning o'rni va ahamiyatiga taalluqli muam- molarni ishlab chiqadi.
Uning taraqqiyoti va rivojlanish tarixi, jismoniy madaniyat vositalari, uslubiyatlaridan biri sifatida rivojlanishi va qaror topishi



jarayonini ochib beradi. Gimnastika vosita va uslubiyatlarni takomil­lashtirish bilan aloqador masalalarni yoritadi. Undan ta'lim berish uslubi bo'limida esa ta'lim va tarbiyaning umumiy asoslari (uning alohida turlari hamda mashq guruhlariga qo'llash mumkin) tayyorgarligi turli tabaqali shug'ullanuvchilar bilan mashg'ulot tashkillashtirish uslublari qarab chiqiladi. Amaliy mashg'ulotlar har tomonlama jismoniy rivojlanish va maxsus jismoniy sifatlarni takomillashtirishga, mashqlar texnikasini o'rganishga, kasbiy- pedagogik ko'nikma va malakalarni orttirishga qaratilgan.
Jismoniy madaniyat tizimi insonning jismoniy va ma'naviy qobiliyatini garmonik rivojlantirishdan iborat oliyjanob maqsad- larga xizmat qiladi. Ilmiy-texnika rivojlanishi davrida moddiy ishlab chiqarishga ketgan vaqt kamaya borgan sari, inson bo'sh vaqtini ijtimoiy faoliyatga, madaniy hordiq chiqarishga, aqliy va jismoniy o'sishga, ilmiy-texnika va badiiy ijodiyotga ko'proq bag'ishlaydigan bo'ladi. Jismoniy madaniyat va sport insonning kundalik turmushiga mustahkam singib ketmoqda.
Shak-shubha yo'qki, vaqt o'tishi bilan jismoniy madaniyat va sport yanada kengroq taraqqiy etib, jamiyat hayotining ajralmas qismi bo'lib qoladi. Insonning bunday jismoniy yangilanish jarayonida kamol topishida sportning bu turi bundan keyin ham oldingi o'rinlardan birida bo'ladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin