O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə3/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

1. Saf mashqlari —murakkab bo'lmagan harakatda shug'ul- lanuvchilar uchun mo'ljallangan mashq bajarish jarayoni. Sanash va musiqa jo'rligida yurish, yugurish, qad-qomatni to'g'ri tutish, rit- mik harakatlarga oid ko'nikma hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Saf mashqlari, bir tomondan, jismoniy harakat mashg'ulotlari (mashg'ulotning jamoa shakllari)ni uyushtirish usuli sifatida foyda- lanilsa, ikkinchi tomondan esa undan inson tana a'zolarini shakl- lantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat ko'nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi.


          1. Gimnastikaning sog'lomlashtiruvchi (umumrivojlantiruvchi) turlari. Bu mashqlar tayanch, sportga xos rok-n-roll, aerobika, sheyping, gimnastrada, gigiyenik, atletik va ritmik gimnastikani o'z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug'ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, bahri dilini yayratish, salomatligini mustahkamlash va harakat faoliyatlarini tarbiyalash, takomillashtirish hamda gimnastikani targ'ibot- tashviqot qilish maqsadida qo'llaniladi. Ular gimnastika jihozlari vositasida, alohida guruh mashqlar to'plami shaklida ham bajarilishi mumkin. Shunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi mashqlar insonga kd'nikma va malakalarni egallab olish imkonini beradi, inson shu yo'sindagi faoliyatida o'z mushaklarini harakatlantirish qobiliyatini takomillashtirish maqsadida har qanday harakat murakkabligiga ega bo'lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni takrorlashda foydalanadi.

          2. Ко'makchi mashqlarga quyidagilar kiradi: ish kuni tartibidan o'rin olgan gimnastika insonlarni sog'lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan, korxonalardagi gim­nastika (mehnatda, mudofaada, o'qish-aqliy mehnat va sport faoliyatida yuqori natijalarga erishishda vosita sifatida qo'llaniladigan), maxsus jismoniy tayyorgarlik ko'rish uchun qo'llaniladigan kasbiy- amaliy, harbiy-amaliy va sport-amaliy gimnastikasi; davolash- jismoniy mashqlarning asosiy qismi bo'lgan (turli kasallikka chalingan va jarohat olganlarni davolash uchun qo'llaniladigan, mehnat qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan davolash) gimnastika. Ushbu mashqlar maxsus jihozlar (arqon, langarcho'p, yakkacho'p, gimnastik o'rindiqlar, devorlar)dan foydalanib bajariladi. Uning yordamchi mashqlari bilan ochiq gimnastika maydonchalaridagi standart-nostandart jihozlarda yashash, dam olish, istirohat bog'lari va shahardan tashqaridagi hordiq chiqarish maydonlarida shug'ullanish mumkin.

          3. Erkin mashqlar sport gimnastikasining bir turi bo'lib, umumrivojlantiruvchi vosita sifatida chidamlilikni tarbiyalash va rivojlantirish, muvozanatni saqlash uchun foydalanadi. Mashqlar texnikasini aniq bajarish, musiqa jo'rligida bajariladigan mashqlarni estetik zavq bilan bajarishni ta'minlash maqsadida qo'llaniladi. Mashg'ulot va sport kompozitsiya elementlarini tarbiyalashda sportchilarning ijodiy imkoniyatlari ko'lamini rivojlantiradi.

          4. Badiiy (nafis) gimnastika mashqlari, asosan, qizlar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda qo'llaniladi. Ular o'z vazifasi bilan

erkin mashqlarga yaqin turadi, ayrim maxsus mashqlar vositalarsiz (erkin, muvozanatni saqlash, burilish, sakrashlar va shu kabi), vositalar bilan (halqa, koptok, cho'qmor, arg'imchoq, lenta va shu kabi) bajariladigan mashqlar, raqs elementlari ham badiiy gimnastikaga kiradi. Badiiy gimnastikaning turli harakat elementlari o'quv va sport mashg'ulotlari kompozitsiyasiga kiritilgan. Musiqa jo'rligida bajariladigan ba'zi mashqlar va ularning to'plami harakat egiluvchanligini rivojlantiradi, estetik sifatlarni tarbiyalaydi va ularni targ'ibot qilishga xizmat qiladi.
Badiiy gimnastika mashqlari qizlarning kamol topishi uchun ularning organizmiga, tana tuzilishiga ta'sir ko'rsatishni inobatga olgan holda quyidagi guruhlarga taqsimlanadi:

            1. jismoniy sifatlarva mushaklarni harakatlantimvchi qobiliyat- larni rivojlantiruvchi (safda bajariladigan, umumrivojlantiruvchi, harakatli o'yinlar, estafetalar va shu kabi) mashqlardir;

            2. zarur hayotiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qara- tilgan (amaliy, tayanmay bajariladigan sakrashlar va shu kabi) mashqlardir;

              1. irodaviy jismoniy sifatlarni shiddatli rivojlantiradigan va takomillashtiradigan (erkin sakrashlar, tayanib sakrashlar, gimnastika jihozlarida bajariladigan akrobatik, badiiy gimnastika) mashqlardir;

              2. tomosha, ko'ngil ochish musobaqalari, bayram tantana- larida sportchilarning chiqishlari (ritmik gimnastika, aerobika, sheyping, fitness, gimnastrada)ni o'z ichiga oladigan mashqlardir.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin