28-mavzu. To‘siqlardan o‘tish. Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish



Yüklə 437,08 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü437,08 Kb.
#132485
28-mavzu ma\'ruzasi


28-mavzu. To‘siqlardan o‘tish. Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish.
To‘siqlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
-gorizontal (okoplar, chuqurchalar, kovaklar);
-vertikal (devorlar);
-tor maydonchali tayanchlar (balkalar).
To‘siqlarning turi va o‘lchamlariga qarab, ularga tayanib va tayanmay sakrashlar, chuqurlikka sakrash, osilib chiqish, tor tayanchlarda harakat qilish orqali yengib o‘tiladi, tayanmasdan sakrashlar unchalik keng bo‘lmagan gorizontal to‘siqlarni va baland bo‘lmagan vertikal to‘siqlarni yengishda ishlatiladi.
Tayanib sakrashlar ko‘krak barobarigacha bo‘lgan balandliklarni yengishda, chuqurlikka sakrashlar esa, baland to‘siqlardan sakrashda, uy derazalarida qo‘llaniladi. Devor va shunga o‘xshash balandliklarni ishg‘ol etishda, osilib chiqishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
-oyoqning son qismiga tayangan holda;
-ko‘krakka tayangan holda;
-ilashgan holda;
-kuch bilan.
Yugurib kelib, bir oyoq bilan to‘siqdan bir qadam narida yerdan turtiladi, ikkinchi bukilgan oyoq bilan devorga tiraladi, qo‘llar bilan devor chetidan ushlanadi. Chap qo‘lni devor tepasiga yetguncha tortiladi. Chap oyoqni to‘siqqa qisib, o‘ng oyoqni siltab, tovonni esa devor tepasiga ilashtirib olingach, devorning orqasiga sakraladi.
Devorlardan kuch bilan oshib o‘tish. Xuddi oldingi usuldagidek yugurib kelinadi, bir oyoqda yerdan turtilib, qo‘llar bilan devor to‘siqning chekkasidan ushlanadi. Qo‘llar bilan yuqoriga tortilgach, oyoqlar bilan yordam berilib, tayanib olinadi. So‘ngra to‘siqning turi va holatiga qarab, quyidagi usullarning biridan foydalangan holda to‘siqdan o‘tib sakraladi:
-to‘siqning orqa tomoniga o‘zini tashlaydi;
-to‘siq ustiga o‘tirib olgach, oyoqlarni osiltirib o‘tirgan holda sakrab tushiladi;
-to‘siqqa o‘ng oyoqni tirab va undan chap oyoqni olib o‘tgach, qo‘llarga tayangan holatda irg‘ib tushiladi.



Alohida tosiqlar va tosiqlar guruhidan otish
a) Gorizontal to‘siqlardan o‘tish. Unchalik keng bo‘lmagan gorizontal to‘siqlardan va baland bo‘lmagan vertikal to‘siqlardan tayanmagan holda sakrash usulida o‘tiladi. Sakralganda bir yoki ikki oyoq bilan tushiladi.
b) Ko‘krak barobaridagi vertikal to‘siqlar. Bunday to‘siqlardan tayanib sakrash usuli bilan o‘tiladi. Yugurib kelib, to‘siq ustiga sakraladi. Òiklanmasdan ikkinchi oyoqni ham to‘siq ustiga olib chiqiladi va yerga sakrash holati davom ettiriladi yoki to‘siqdan qo‘l va oyoqqa tayangan holda o‘tish mumkin.
d) Tor tayanch orqali harakat qilish. Òo‘siqlar orqali o‘tishda xoda, balka, relslar tashlab qo‘yilganda tor tayanch orqali harakat qilish qo‘llaniladi. Bunda quyidagi usullarda harakat qilinadi:
-tor tayanchga o‘tirib olib harakat qilish;
-yurib va yugurgilab harakat qilish.
Yagona tosiqlar qatoridan otish
Yagona to‘siqlar qatorida quyidagi mashq bajariladi: masofa 200 metr. Boshlang‘ich holat — to‘siqlar qatori oldidagi chiziqqa yotgan holat.
«Olg‘a» komandasi berilganda:
1. Sakrab 20 metr yuguriladi va 2,5 metr kenglikdagi chuqurlikdan sakrab o‘tiladi.
2. Labirint yo‘laklardan yugurib o‘tiladi.
3. Xohlagan usulda 2 metrli devordan oshib o‘tiladi.
4. Vertikal narvon orqali buzilgan ko‘prikning ikkinchi qismiga chiqiladi. Balkadan yugurib borib, oxiridan yerga sakrab tushiladi.
5. Buzilgan pillapoyalarning uchinchi pog‘onasidan oshib o‘tiladi, lekin, albatta, oyoq yerga tegish sharti bilan to‘rtinchi pog‘onaning tagidan o‘tiladi.
6. Devorning derazasi orqali o‘tiladi.
7. Okop (xandaq)ga yugurib boriladi. Unga sakrab tushiladi va aloqa yo‘li orqali quduqqacha boriladi.
8. Yerdan granatani olib, devordagi derazalarning xohlagan biriga yoki devor ortidagi 2,5 metrli maydonchaga uloqtiriladi. Bunda 3 tagacha granata otishga ruxsat beriladi. Granatalarning og‘irligi 600 gr.
9. Quduqdan sakrab chiqib, devordan sakrab o‘tiladi.
10. Engashgan narvon orqali buzilgan pillapoyaning to‘rtinchi pog‘onasiga chiqiladi va pillapoya pog‘onalaridan yugurib tushiladi.
11. Vertikal narvon orqali buzilgan ko‘prikning balkasi ustiga chiqiladi. Undan yugurib borib, uzilgan joydan sakrab o‘tiladi va engashgan taxta orqali pastga yugurib tushiladi.
12. Ikki metrli kenglikdagi chuqurdan sakrab o‘tiladi, yo‘lakkacha o‘tib olib, to‘siqlar qatorining boshlanish chizig‘i kesib o‘tiladi.
Yüklə 437,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin