O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə345/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu 
jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami va 
sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar haqida 
ma’lumotlar, hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi ko’rsatiladi.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditorlik faoliyati milliy standartiga tayanadi va 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
*
 
 xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari 
(batafsil bayoni); 
*
 
 buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning ahvolini tekshirish natijalari
*
 
 moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish chog’ida qonunchilikka rioya 
qilinishini tekshirish natijalari; 
*
 
 soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning 
to’g’riligini tekshirish natijalari; 
*
 
 aktivlar (mablag’lar) saqlanishini tekshirish natijalari.
Korxonadagi ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
*
 
 ichki nazorat tizimi xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga 
mos kelishini umumiy baholash; 
*
 
 auditorlik tekshiruvi chog’ida aniqlangan, ichki nazorat tizimining xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga katta mos kelmaslik holatlarini bayon 
qilish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining ahvolini 
tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin