O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-
kitob muomalalari hisobga olinadigan schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi 
mumkin: 
*
 
 mol etkazib beruvchilar schyotlari bo’yicha debet qoldiqlar; 
*
 
 mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, sho’’ba va tobe korxonalarga va 
boshqa o’zaro bog’liq tomonlardan qarzlar summalari; 
*
 
 mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari katta 
tuzatishlar; 
*
 
 da’vo muddati o’tib ketgan yoki o’tayotgan to’lanmay qolgan schyot-
fakturalar.
Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda tahlil 
qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa olingan dalillar bilan 
taqqoslash maqsadga muvofiq. Masalan, da’vo muddati o’tib ketayotgan to’lanmay qolgan 
schyotlar va mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debet qoldiqlarning 
aniqlangan summalariga ma’lumotlar muvofiqligi to’g’risida tasdiq olinishi mumkin. Bu 
holda auditor analitik hisob ma’lumotlarining ishonchliligi haqida etarli dalillarga ega 
bo’ladi.
Agarda olingan tasdiqlar natijalariga ko’ra kontragentda bunday qarzdorlikning 
yo’qligi aniqlansa, u holda auditor analitik hisob ma’lumotlarini ishonchsiz deb baholashi 
mumkin.
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz 
tomonidan vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi. Qoidaga ko’ra, 
auditorlar qilingan taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy summalarni tahlil qiladi, jami 
summalarni qayta jamlab chiqadi.
 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin