unda auditor to’plangan dalillarning etarliligiga va rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho berishi zarur. Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda auditorning ishchi hujjatlarida qaid qilinishi lozim. Masalan, audit o’tkazish dasturining «Debitor va kreditor qarzlarni
tekshirish» bo’limi bo’yicha o’tkazilgan audit natijalarini baholashda quyidagi auditorlik amallarini tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiq: -keyingi pul kirimlari va tegishli schyotlar qoldiqlaridan to’langan to’lovlarga doir dastlabki hujjatlarni tekshirish. Auditorlar odatda buxgalteriya balansi tuzilgandan keyingi to audit o’tkazilgan oxirgi kunga qadar amalga oshirilgan to’lovlarni ham tekshiradi. Bu tekshiruv natijalari hisob ma’lumotlarining ishonchliligini joriy majburiyatlarni balansda aks ettirishning to’liqligi va haqqoniyligi nuqtai nazaridan baholashga imkon beradi. Ushbu amallarni bajarish natijasida joriy majburiyatlar to’liq va haqqoniy aks ettirilganligi to’g’risida olingan dalillar, buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so’ng to’langan qarzlarga nisbatan etarli darajada deb baholanishi mumkin. Shundan so’ng auditor to’lovi tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qarzlar summalarining katta - kichikligini baholaydi; - schyotlarni buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so’ng tayyorlangan moddiy javobgar shaxslar hisobotlari bilan, hisob ma’lumotlari bo’yicha qoldiqlar bilan solishtirish. Buxgalteriya hisoboti tuzilgan kundan oldin olingan barcha schyotlar (etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan