«yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi mutlaqo mumkin emas. Shu bilan birga auditorlarga u yoki bu noxush faktlarni boshqacha qilib yoritishga yoki tekshiruvchilar uchun qulay xulosa tuzib berishga majburlash maqsadida ruhiy, jismoniy yoki boshqacha taz’yiqlar o’tkazgan hollarda ular qat’iylik va printsipiallik bilan ish tutishlari lozim. Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi. Agar buxgalterlik (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha ko’rsatilgan kamchiliklar audit o’tkazish chog’ida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi to’g’risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi. 10.3.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining