ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun) joriy davrdagi hisobda va shu davr uchun tuzilgan hisobotda aks ettirilishi kerak. Shuning uchun buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan so’ng tayyorlangan materiallar harakati to’g’risidagi hisobotlar va schyotlardagi sanalar, mulklar va majburiyatlarning balansda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish maqsadida taqqoslanishi maqsadga muvofiq. -mavjud qoldiqlarni schyot-fakturalar ma’lumotlari, moddiy javobgar shaxslar hisobotlari va to’lov hujjatlari bilan solishtirish. Agar debitor va kreditor qarzlarning miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy ahvoli uchun sezilarli darajada bo’lsa, auditorlar hisobga olishning to’g’riligi va aniqligini tekshirishi, shuningdek, hisob ma’lumotlari bo’yicha majburiyatlarning oshirib ko’rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda dastlabki hujjatlar ma’lumotlari analitik hisob registrlari (jurnallar, oborot yoki saldo vedomostlari) da aks ettirilgan axborotlar bilan, oldin eng katta qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular bo’yicha oshirib ko’rsatish ehtimoli ko’proq) solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar bo’yicha hisob yozuvlarida (masalan, bitta schyotni hisob registrida ikki marta aks ettirish va shunga o’xshash) majburiyatlar (debitor va kreditor qarzlar) oshirib ko’rsatilish holatlarining katta- kichikligini baholash zarur. -mol etkazib beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlash. Audit o’tkazish chog’ida bunday tasdiqni olish majburiy emas. Lekin, ushbu amal ko’pchilik hollarda katta naf keltirishi mumkin. Masalan, mol etkazib beruvchilardan olingan javoblar quyidagilarni tasdiqlash uchun ishlatilishi mumkin: * mol etkazib beruvchilar bo’yicha debitor qarzlar ularning asosli da’vosi