xo’jalik yurituvchi sub’ekt. Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati tug’iladi:
asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan bo’linma moliyaviy axborotining hajmi; asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi; xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib ko’rsatishlar xatari. Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor: taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi; boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi; bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor bilan suhbat o’tkazishi kerak. Asosiy auditor o’zining boshqa auditor bilimdonligiga tegishli xulosalari haqida ma’lumotnoma tuzadi, unga oid ma’lumotlar bilan birga u ish hujjatlariga qo’shiladi. Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi: a) auditorlik tekshiruvi chog’ida uning mustaqilligi haqida va bu haqda yozma majburiyat oladi; b) boshqa auditor hisobotini tuzish hamda auditorlik tekshiruvi chog’ida ularning harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli taomillarni o’tkazish tartibi haqida. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida e’tibor talab etiladigan masalalar, shuningdek auditorlik tekshiruvi vaqtining tugashi haqida xabardor qilishi lozim. Asosiy auditor quyidagi taomillarni bajarishi shart: