O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


a) boshqa auditor bilan qo’llaniladigan auditorlik taomillarini muhokama qilish



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə334/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

a) boshqa auditor bilan qo’llaniladigan auditorlik taomillarini muhokama qilish
b) boshqa auditorning reja va dasturini ko’rib chiqish va tasdiqlash; 
v) boshqa auditorning ish hujjatlarini ko’rib chiqish; 
g) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) ma’muriyati bilan boshqa 
auditor tekshiruvi natijalarining muhokamasida ishtirok etish; 
d) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotini 
qo’shimcha tekshiruvdan o’tkazish yo’li bilan boshqa auditor ishining sifatini nazorat qilish. 
Boshqa auditor asosiy auditorga ma’lum bo’lgan hamda boshqa auditor tomonidan 
tekshirilayotgan moliyaviy axborotni to’g’rilash va oshkor etishni talab etadigan boshqa 
bo’linmalarning bitim hamda operatsiyalariga taalluqli so’rovlar qilishi mumkin. 
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axboroti 
tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam xabardor qilib turadi. 
Asosiy auditorga boshqa auditorning so’rovnomasi yozma shaklda bayon etilishi, sana 
qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim.
So’rovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak bo’lgan muddat 
ko’rsatiladi. 
Asosiy auditor boshqa auditordan so’rovnoma olgan taqdirda boshqa auditorning 
so’rovnomasida ko’rsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma shaklda javob yo’llashi 
lozim.
Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim.
Asosiy auditorning maktubiga sana qo’yilishi va boshqa auditorga tilxat orqali berilishi 
lozim.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik 
hisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotiga taalluqli 
boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan axborotlar ham qo’shiladi. 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin