natijalarining batafsil bayonisiz tuzilishi mumkin bo’lmasa, xulosaning tekshirish qismiga izoh berib o’tish mumkin. Ekspert xulosasida keltirilgan ma’lumotlar aniq bayon etilgan bo’lib, ularning shakli va mazmuni yaqqol ko’rinadigan hamda turlicha izohlanmaydigan bo’lishi lozim. Ekspert xulosasi qog’ozda yoki auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan, auditorlik tashkilotining arxivida ishchi hujjatlarni saqlash uchun belgilangan vaqt davomida, undagi ma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydigan boshqa hujjatda tayyorlanishi mumkin. Ekspert xulosasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim:
hujjatning nomi;
hujjatning sanasi;
ekspertning shaxsiy imzosi va uning rasshifirovka;
yuridik shaxs hisoblangan ekspert xulosasi uning muxri bilan tasdiqlanishi lozim; Ekspert o’z xulosasini kamida uch nusxada tuzib, uning bittasini auditorlik tashkiloti tekshiruv o’tkazayotgan xujalik yurituvchi sub’ektga, ikkinchisini esa auditorlik tashkilotiga taqdim qiladi. Ekspert ishlarining natijalari auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagi jixatlari bo’yicha ko’rib chiqilishi lozim:
ekspert xulosasi uchun asos bo’lgan ma’lumotlar;
xulosa tuzishda ekspert tomonidan foydalanilgan taxminlar va usullar, shu jumladan ularning oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan foydalangan bo’lsa);
o’tkazilgan auditning umumiy natijalari. Agar auditorlik tashkiloti tomonidan ekspert ishlarining natijalarini ko’rib chiqish chog’ida ekspert xulosasi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’lumotlari o’rtasida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlansa yoki auditorlik tashkiloti ekspert ishlarining natijalarini asossiz