O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


deb topsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining asosliligini ta’minlovchi qo’shimcha



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

deb topsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining asosliligini ta’minlovchi qo’shimcha 
auditorlik amallarini bajarishi yoki boshqa ekspert tayinlashi lozim.
Ekspert xulosasi auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlari qatoriga qo’shiladi. Agar 
istisno holatlarda ekspert og’zaki tushuntirishlar bersa, ular ham auditorlik tashkiloti 
tomonidan ishchi hujjatlarda aks ettirilishi lozim.
Qandaydir o’rganilgan xolatlarni baxolashda ekspertning jiddiy ishonchsizliligidan, 
hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt va ekspert o’rtasida yoki auditorlik tashkiloti va ekspert 
o’rtasidagi echimi topilmagan kelishmovchiliklar natijasida ekspert xulosasi olish imkoni 
bo’lmasa, auditorlik tashkiloti salbiy auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bildirishi mumkin.
Audit o’tkazish chog’ida ekspert xizmatidan foydalanish, jumladan auditorlik xulosasida bu 
to’g’rida ko’rsatib o’tilishi, auditorlik xulosasi uchun auditorlik tashkiloti zimmasidan 
mas’uliyatni soqit qilmaydi. 
 
9.2. Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish 
Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning moliyaviy axborotini 
tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan 
auditor; 
asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning bir yoki undan ortiq bo’linmalari bo’yicha moliyaviy axborotni o’z 
ichiga olgan hollarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik 
xulosasini tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor; 
bo’linma - faoliyati to’g’risidagi moliyaviy axborot asosiy auditor tomonidan 
tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bo’lim, filial, shu’ba korxonasi yoki boshqa 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin