O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
АРМга янги электрон адабиётлар

 
 


11
BADIIY ASARDA MAVZU VA G‘OYA 
Badiiy asar, badiiy ijod, mavzu, g‘oya, abadiy mavzular, 
leytmotiv, yaxlitlik, butunlik, voqelik, shakl, mazmun.
Har qanday san’at badiiy asar shaklida yashaydi. Keng ma’noda 
insonning go‘zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyatidan 
badiiy asar yaraladi (musiqa, rasm, haykal, kino, raqs va h.k.) Tor 
ma’noda badiiy adabiyotga mansub kitoblar badiiy asar deyiladi. ( 
“Xamsa”, “Boburnoma”, “O‘tgan kunlar”, “Shaytanat”, “Urush va 
tinchlik” kabi) 
 Badiiy asarda ijod jarayoni muhrlanadi. Shu bois ham badiiy 
asar tabiatini anglash uchun badiiy ijod jarayoni haqida tasavvurga 
ega bo‘lish kerak. 
Badiiy asarda qo‘yilgan va yoritilgan hayotiy masalalar
yozuvchi tomonidan asarda ko‘tarilgan va ko‘p qirrali mazmunni 
yagona yaxlitlik holiga keltirib turadigan asosiy muammo mavzu deb 
ataladi. Mavzu tanlashda yozuvchining dunyoqarashi va mahorati 
muhim ahamiyatga ega. Badiiy asarda abadiy va davriy mavzular aks 
etadi. Do‘stlik, muhabbat, baxt va baxtsizlik, mehr, qayg‘u, quvonch 
va boshqalar adabiyotning abadiy mavzularidir. Bundan tashqari har 
bir zamonning o‘z muammolari bo‘ladi, ular davriy mavzular deyiladi.
Yozuvchilar adabiy asarda muayyan hayotiy muammolarni 
ko‘tarib chiqish bilangina cheklanmaydilar, balki uning hal qilinishi 
yo‘llarini ham ko‘rsatadilar, muayyan bir fikrni ilgari suradilar. 
Shunga ko‘ra adabiy asarda har doim yozuvchining muhim fikri
g‘oyasi bo‘ladi. Chinakam badiiy asarlarda har bir voqea, har bir 
shaxs va hatto eng kichik tafsilot ham g‘oyaning ifodalanishiga xizmat 
qiladi. Yozuvchi asarda ilgari surgan asosiy g‘oya leytmotiv deb 
ataladi. 
Adabiy asarning yaxlitligi, bir butunligi, birinchi navbatda, unda 
ifodalangan mazmun bilan belgilanadi. Mazmun esa biror shaklda 
ifodalanadi. Badiiy asar mazmun va shaklning birligidan tashkil 
topadi. «Mazmun voqelikning mohiyati, shakl mohiyatni ochib berish 
vositalaridir»
1
.
1
Ñîäåðæàíèå è ôîðìà ëèòåðàòóðíîãî ïðîèçâåäåíèÿ / Êðóï÷àíîâ Ë.Ì. 
Òåîðèÿ ëèòåðàòóðû. Ó÷åáíèê. -Ì.: Ôëèíòà, 2012 // www.litmir.me 


12
Mazmun qanchalik murakkab bo‘lsa, shakl shunchalik boy 
bo‘ladi. Shuning uchun ham mazmunan boy, shaklan go‘zal asarlar 
abadiyatga dahldor bo‘ladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin