O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
АРМга янги электрон адабиётлар

Mavzu yuzasidan test savollari 
 
1. Qahramonlarning asar syujeti voqealari tamom bo‘lgandan 
keyingi taqdiri haqida ma’lumot beruvchi qism? 
A. Epilog 
V. Ekspozisiya 
S. Syujet 
D. Voqealar tuguni
2. Dramatizmni kuchaytiradigan, voqealar rivojiga turtki va 
keskinlik beradigan badiiy vositalardan biri? 
A. Epilog 
V. Badiiy portret
S. Badiiy konflikt
D. Peyzaj 
 3. Badiiy to‘qima nima? 
A. Asosiy syujet rivojidan avval beriladigan epizod 
B. Syujetga yaqin manzaralar va voqealar
C. Ijodkorning remarkasi
D. Yozuvchining ijodiy tasavvuri va taxayyuli mahsuli 
4. Qaysi syujet turida asardagi voqealar kulminatsiyadan 
boshlanadi? 
A. Konsentrik syujet.
V. Retrospektiv syujet 
S. Xronikali syujet 
D. Assotsiativ syujet 


16
5. Adabiy asardagi asosiy voqealar tizmasiga bevosita aloqador 
bo‘lmagan, lekin muayyan g‘oyaviy maqsadga bo‘ysundirilgan 
kompozision vosita? 
A. Badiiy detal
V. Lirik chekinish 
S. Kiritma voqea 
D. Badiiy qoliplash 
6. Badiiy detal asosiy mazmunni ochishga xizmat qilgan 
asarlarni belgilang 
A. “Anor”,”Otello”
V. “Dahshat”,”Alximik” 
S. ”Shum bola”, “Oq kema” 
D. “ Farhod va Shirin”, “Anor” 


17
BADIIY ASAR TILI 

Badiiy til, monolog, dialog, shevaga xos so‘zlar, maxsus leksik 
resurslar, badiiy tasvir vositalari, epitet, o‘xshatish, metafora, 
metonimiya,badiiy nutq poetikasi, she’riy san’atlar
 
 
Til adabiyotning asosiy quroli. Tilning umumxalq (jonli, milliy), 
ma’lum qoidalarga asoslangan adabiy til, badiiy (poetik) til kabi 
ko‘rinishlari mavjud. 
Til - badiiy obraz yaratish vositasi. So‘z yordamida turli-tuman 
manzaralar, his-tuyg‘ular, fikr va hodisalar jonli, ta’sirchan holda 
tasvirlanadi. Badiiy asardagi har bir so‘z asar mazmunini ifodalashga 
xizmat qiladi. So‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash yozuvchi va shoirning 
mahoratiga bog‘liq.
Ijodkor tilning maxsus leksik imkoniyatlari (sinonim va 
antonimlar, arxaizm va neologizmlar, dialektizm va jargonizm 
professionalizm va varvarizmlar) dan shuningdek, monolog, dialog, 
poliloglardan unumli foydalanadi. Badiiy asar tilining xususiyatlari, 
nazariy asoslari ilmiy adabiyotlarda yoritilgan.
1
Adabiy asarlarning badiiy jihatdan mukammal chiqishida tilning 
tasviriy-ifodaviy vositalari (o‘xshatish, metafora, jonlantirish kabi), 
poetik figuralar ( ritorik so‘roq, murojaat va xitob, takror 
kuchaytirish, parallelizm, qarama-qarshi qo‘yish, inversiya kabi) va 
she’riy san’atlar ( tazod, talmeh, istiora kabi) ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin