Mavzu: Kimyoviy elementlarning davriy qonuni



Yüklə 3,9 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Kb.
#190312
portal.guldu.uz-Kimyoviy elementlarning davriy qonuni

MAVZU:Kimyoviy elementlarning davriy qonuni

  • REJA:
  • 1. Davriy qonunning kashf etilish tarixi.
  • 2. Davriy qonunning Mendeleyevcha ta’rifi
  • 3. Davriy qonunning zamonaviy ta’rifi.
  • Kimyoviy elementlarning davriy qonuni tabiatning asosiy qonuni bo’lib , kimyoviy elementlar atomlarining yadro zaryadlari ortib borishi bilan xossalarining davriy o’zgarishini aks ettiradi. 1869 yil 1-mart (eski hisob bilan 17 fevral)da D.I.Mendeleyev kashf etgan.
  • Shu kuni u “Atom og’irligi va kimyoviy o’xshashlikga asoslangan elementlar sistemasi tajribasi” deb nomlangan jadvalni tuzdi.
  • 1871 yilda davriy qonunning Mendeleyev tomonidan berilgan so’nggi qat’iy ta’rifi “Elementlar va ulardan hosil bo’lgan oddiy va murakkab jismlarning xossalari ularning atom og’irliklariga davriy ravishda bog’liqdir”.
  • Davriy qonunning mendeleyevcha ta’rifi fanda 40 yildan ortiq mavjud bo’ldi. U fizikani misli ko’rilmagan yutuqlari, eng muhimi atomning yadro modeli ishlab chiqilishi natijasida qayta ko’rib chiqildi.
  • Atomning yadro zaryadi (Z) son jihatidan elementning davriy sistemadagi tartib nomeriga teng bo’lib chiqdi, atomlarning elektron qobiq va qobiqchalari Z ga bog’liq ravishda shunday to’lib boradiki bunda atomlarning o’xshash elektron konfiguratsiyalari davriy ravishda qaytarilib turadi shuning uchun davriy qonunning zamonaviy ta’rifi quyidagicha:
  • Elementlar oddiy moddalar va ular birikmalarining xossalari atomning yadro zaryadlariga davriy ravishda bog’liqdir.
  • Tabiatning boshqa muhim qonunlari jumladan butun olam tortishish qonuni yoki massa va energiyaning ekvivalentligi qonunidan farqli ravishda davriy qonunni qandaydir bir umumiy tenglama yoki formula bilan ifodalab bo’lmaydi.
  • Elementlar davriy sistemasi uning yorqin ifodasidir. Shunga qaramay Mendeleyevning o’zi ham boshqa olimlar ham bu qonunning matematik tenglamasini ishlab chiqishga harakat qilishdi. Bu urinishlar atomlarning tuzilishi nazariyasi ishlab chiqilgandan keyin muvaffaqiyat qozondi. Unda elektronlarning qobiqlar va qobiqchalarda tartibli tarqalishi atom yadro zaryadlariga bog’liqligi hisobga olingan edi, xolos.
  • Demak Shredinger tenglamasini yechish orqali Z ning qiymati turlicha bo’lgan atomlarda elektronlar qanday tarqalganligini hisoblab topish mumkin. Shuning uchun ham kvant mexanikasining asosiy tenglamasi davriy qonunning miqdoriy ifodalaridan biri edi.
  • Davriy qonun butun Koinot uchun universal qonundir. U atomlar mavjud bo’lgan hamma yerda kuchga ega. Biroq atomlar elektron strukturalarigina davriy o’zgarib qolmasdan atom yadrolarining tuzilishi va xossalari ham o’ziga xos ravishda davriy qonunga bo’ysunadi. Neytron va protonlardan tashkil topgan yadrolarda to’ldirilishi davriy harakterga ega bo’lgan proton va neytron qobiqlar bor. Atom yadrolarining davriy sistemasini tuzish uchun intilishlar bo’lgan.

Yüklə 3,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin