chunki bu mablag’lar moliya kategoriyasi yordamida birlamchi taqsimlash
jarayonidan o’tgan mablag’lardir. Bizga ma’lumki, moliya kategoriyasi yordamida
milliy daromad dastlabki taqsimlanganda to’rt yirik qismga bo’linib ketadi:
- moddiy ishlab chiqarish sohasida band
xodimlarning ish haqi;
- moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning foydasi;
- banklar bergan kredit uchun foiz stavkasi;
- yer egalarining yer rentasi.
Bu pul mablag’lari banklarning kredit resurslari uchun manba hisoblanadi.
Masalan, ish haqini olaylik, korxonalarda ish haqi, odatda, oyiga 2 marta to’lanadi.
Ish haqiga mo’ljallangan mablag’lar ishlatilgunga qadar kredit berish maqsadlariga
ishlatilishi mumkin. Yoki korxonalar foydasi hisobidan tashkil etiladigan fondlarni
olaylik. Ular ham kredit resursi sifatida ishlatiladi.
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy jihatdan qo’llab-
quvvatlash tadbirlari kuchaytirildi. Xususan, 2009 yil davomida kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 850 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi
(8.2.1-rasm).
Ma’lumotlardan ko’rinadiki,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga
yo’naltirilayotgan kreditlar miqdori 2001-2009 yillar mobaynida deyarli 11
barobar o’sgan.
Dostları ilə paylaş: