O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə113/174
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#207057
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   174
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Kredit obyekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo’sh turgan,
berilishi mumkin bo’lgan pullar va tovarlardir.
Bo’sh pul uch xil bo’ladi:
- tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo’lidagi pul, ya’ni kapital;
- aholi qo’lidagi pul – ertami-kechmi ehtiyojni qondirish uchun to’plangan
pul, egasi qo’lida kapital emas, balki iste’molni qondirish vositasi;
- davlat ixtiyoridagi pul. Bu pul ham kapital (davlat korxonasi uchun), ham
umumiy iste’mol pulidir.
Qayd qilingan bo’sh pullar ssuda fondini (qarz fondini) tashkil etadi. Bo’sh



pulllar quyidagi manbalardan kelib chiqadi:


- amortizasiya pulining muddati tugagunga qadar to’planib borishi.
Ammortizasiya puli har yili ajratiladi va u bir necha yildan keyin ishlatilishi
sababli ma’lum davr bo’sh turadi;
- ishlab chiqarishni o’stirish uchun foydadan investisiya puli muqim ajratib
boriladi, lekin bu pulni ma’lum miqdorda yig’ilgandan so’ng investisiya qilish
mumkin;
- xomashyo, yoqilg’i va materiallar uchun oldin sarflangan pul tovar sotilishi
bilan egasiga qaytib beriladi, lekin ularni yangidan sotib olish shu vaqtning o’zida
yuz bermaydi. Ammo bu mablag’lar dastlab joriy schyotga kelib tushadi. Bu
resurslar depozit qilib rasmiylashtirilgindan keyingina kredit resurslari sifatida
hisobga olinadi;
- foydadan ajratilgan ijtimoiy fondlar pulining kelib tushish vaqti bilan
ishlatish vaqti ham to’g’ri kelmaydi, natijada pul bo’sh qoladi;
- ish haqi pulining kelib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz bermaydi.
Ma’lumki, tovar sotilgach, pul tushib turaveradi, ish haqi har kuni emas, har 15
kundan so’ng beriladi. Natijada, ish haqi fondining puli ham bo’sh turishi mumkin;
- fuqarolarning iste’molchi sifatida qarilikni ta’minlash, qimmatbaho tovar
olish, sayohat qilish yoki katta marosim o’tkazish uchun jamlangan puli bo’ladi, u
yetarli miqdorga borguncha, yoki ishlatish fursati kelguncha bo’sh turadi;
- davlat byudjetiga pul daromadlarining kelib tushishi va ularning sarflanishi
ham bir vaqtda yuz bermaydi;
- turli-tuman xayr-ehson va sug’urta pullarining hosil bo’lishi va ishlatilishi
ham turli vaqtda yuz berganidan, uning bir qismi sarflanmay, bo’sh turib qoladi.
Xullas, jamiyatdagi pul resurslari harakatining notekis bo’lishi, bir qism
pulning bo’sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.
Kredit to’rt xil vazifani bajaradi:
Birinchidan, pulga tenglashtirilgan to’lov vositalari (masalan, veksel, chek,
sertifikat va hokazolar)ni yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik aylanmasiga jalb qiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin