ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi
xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan
ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik
darajasidan, biznesni to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va
hajmi yotadi.
Xarajatlar korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga
oshirishda zarur omillar (sarmoyalar,
mehnat resurslari, tabiiy resurslar,
tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag’larning pulda aks ettirilishidir. Ular
mahsulot tannarxi ko’rsatkichida namoyon bo’lib, barcha moddiy xarajatlar,
mahsulotni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlari, mehnatga haq to’lash
xarajatlarining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va
o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab
chiqarish hajmi o’zgarishi bilan ham o’zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular
korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham to’lanishi kerak.
Ularga
amortizasiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug’urta
badallari,
boshqaruv xodimlarining ish haqlari va boshqalar kiradi.
O’zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy miqdori bevosita ishlab chiqarish va
sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab
chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. Bularga xomashyo,
materiallar, yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq to’lash va
boshqa
xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bo’linishi korxonalar faoliyati
samaradorligining har xil ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir. Ishlab
chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim
turlarini xo’jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir.
Buning
uchun turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlarning belgilangan
tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini o’rganuvchi ularni o’zicha, u
yoki bu ko’rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruratidan kelib chiqqan holda
yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi.
Barcha ko’rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga
muvofiqdir: xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; resurslarning ayrim
turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni
baholovchi ko’rsatkichlar.