namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega bo'l
magan, qarzlami qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipo-
teka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi. . Jahon moliyaviy inqirozining 0 ‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos
bo‘lgan omillar Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining 0 ‘zbekiston iqtisodiyotiga
ta’siri borasida Prezidentimiz o‘z asarlarida quyidagicha ta’kidlaydilar:
«...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlaka-
timizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqar-
maslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki,
kechirib bo‘lmas xato bo'lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yeti-
shimiz 1ойщ — O'zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global
moliyaviy-iqfisodiy bozoming ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib
borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish, modemizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlash bo'yicha dasturlarning amalga oshirilayotganligida,
0 ‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsu
lot va tovarlar importi va eksportming o'sib borishida va boshqa misollar-
da yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va
birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va
samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko'z yumib bo'lmaydi»1.
Biroq, o‘z o‘mida ta’kidlash Iozimki, moliyaviy inqirozning respub-
likamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqafivojlangan va ayrim qo‘shni davlat-
lardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu
jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish
hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalaming
yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, 0 ‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga
ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning
susayishi tufayli narxlaming keskin pasayishi hamda buning oqibatida
eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar
xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqa
rishi orqali namoyon bo'ladi.
«Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O'zbekiston
eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mah
sulotlari, mineral o'g'itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bor-
moqda. Bu esa, o'z navbatida, xo'jalik yurituvchi subyektlar va investor-
laming eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi.