Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o'rtacha sikl» va «katta
sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan
7-13 yillik sikllarni ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fran-
siya, Angliya va AQSHda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni
asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‘rganishga katta hissa
qo'shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825-yili Angliyada metalluigiya va boshqa yetak
chi tarmoqlarda mashinali ishlab c^iiqarish hukmron mavqeni egalla-
gan davrda kuzatiladi. 1836-yildagi inqiroz dastlab Anglyada boshlanib,
keyin AQSHga ham tarqaladi, 1847-1848-yillarda AQSH va qator yev-
ropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko'ra birinchi jahon
sanoat inqirozi bo‘lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda
uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSH va yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat
siklini boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon
urushidan keyin ro‘y bergan.
Kuznets sikli ko‘p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20
yilgacha bo'lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets
o'zining «Milliy daromad» (1946-yil.) nomli kitobida milliy daromad,
iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino
va inshootlaiga yalpi investitsiyalar ko'rsatkichlarida 20 yillik o'zaro bog'liq
tebranishlar mavjud bo'lishini ko'rsatib bergan. 1955-yilda amerikalik
iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets
sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Kondratev sikli «uzoq toiqinlar» sikli deb ham ataladi. sikliilikning
bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa
qo'shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil
davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o'sishning
ko'p ornilli tahlilini o'tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz,
nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy
ko'rsatkichlarning o'rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qa
tor katta sikllarni ajratib ko'rsatadi.
I sikl: 1787-1814-yillar — ko'taruvchi to'lqin; 1814-1851 -yillar —
pasaytiruvchi to'lqin.
II sikl: 1844-1851-yillar — ko'taruvchi to'lqin; 1870-1896-yillar -
pasaytiruvchi to'lqin.
III sikl: 1896-1920-yillar — ko'taruvchi to'lqin.
Kondratev siklining davomiyligi o'rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi
va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o'zgarishlami
o'zida aks ettirishi hisoblanadi. Kondratev birinchi katta siklning yuk
salish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini — temir
yo'l transportining rivojlanishi, uchinchisini — elektr energiyasi, tele-
fon va rationing kashf etilishi, to'rtinchismi — avtomobil sanoatining
rivojlanishi bilan bog'laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi
siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqo
zo qiiishini ko'rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo'lib, amalda iqti
sodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy
qismlarining o'zaro bog'liqligi sababli uning hech bir sohasi inflatsiya
to'lqini yoki turg'unlikning noxush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo
shuni e’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush
darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko'rsatadi.
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va
uzoq muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan
tarmoqlari ko'proq zarar ko'radilar.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og'ir mashinasozlik hamda in
vestitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo'jalik buyumlari va shunga
o'xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog'liq sanoat tarmoqlari va
ularda band bo'lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og'ir oqibatga
uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o'zining
rivojlanishi uchun yuqori darajada rag'bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshidan kechira boshlaganda ishlab chiqaruv
chilar ko'pincha, zamonaviy uskunalami sotib olishni va yangi zavod-
lar qurishni to'xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin.
Bunday kon’yunktura sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini
ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha kor
xonaiar mavjud ishlab chiqarish quwatlaridan ancha to'laroq foydala-
nishlari mumkin bo'ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, ya’ni siklning jonlanish va yuk-
salish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to'liq eskirgunga
qadar almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonaiar
o'zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ulami ishga tushiradi. Shu sa
babli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qis
qaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quwatlari mavjud bo'lgan ayrim kor
xonaiar, ljatto iste’mol qilingan asosiy kapitalining о‘mini qoplashga
ham harakatqilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruv
chi sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq
darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta’sir
ko'rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi
isteknolchilar oila budjetini qisqartirishlariga to'g'ri keladi, maishiy tex
nika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid
qilishni to'xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a’zolari yeb-ichishi va
kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar,
ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan iste’mol tovarlarini xarid qilishni
to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlami xarid qilish miqdori
qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol to
varlari ishlab chiqaruvchi ko'pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada
monopol mavqega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan
ko'p bo'lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasa-
yishiga qarshi turishi. talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish
hajmini cheklash uchun yetarlicha monopol hukmronlikka ega bo'lishi
mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqa
rish va bandlik darajasiga ta’sir ko'rsatadi. Bunga teskari bo'lgan holatni
qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi
sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlaming ko'pchiligi
o'zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv dara
jasining pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqi-
batlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasa
yishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko'proq aks etadi.