O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qurilish sohasiga katta e’tibor qaratilib, yangi ishlab chiqarish binolari, sanoat korxonalari qurilishi boshlandi



Yüklə 195,14 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü195,14 Kb.
#192936
  1   2   3   4   5   6
kurs ishi


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qurilish sohasiga katta e’tibor qaratilib, yangi ishlab chiqarish binolari, sanoat korxonalari qurilishi boshlandi.Navoiy,Angren Quqon,Urgut Xozarasp Gijduvon kabi yangi erkin, iqtisodiy zonalari paydo bo`ldi. Sanoat binolari biror bir maxsulotni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda ishlab chiqarish vositalari joylashtiriladi. Kerakli ishlab chiqarish vositalari bilan jihozlangan bunday binolarda qayta ishlanuvchi xom ashyolar yarim fabrikat va tayyor mahsulotlarga aylantiriladi. Ishlab chiqarish binolari mos keluvchi sanoat sohalarining asosiy fondlari hisoblanadi va talab etilgan sharoitlarni ta’minlangan holda, ishlab chiqarish jaryonini joylashtirilishiga xizmat qiladi.
Sanoat qurilishida binolarning ayrim elementlarini industriallashtirish, qo‘l mehnatini mexanizmlarga almashtirish asosida qurilish jarayonining texnik darajasini ko‘tarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik holatlarda bino va inshootlar namuna loyihalar asosida yig‘ma temirbeton va metall konstruksiyalardan quriladi. Shu sabab sanoat binolarining gabarit o‘lchamlari soha va sohalararo unifikatsiyalanadi.
Sanoat korxonalarini bitta hududda to‘plash ya’ni, hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratish katta iqtisodiy samara beradi. Iqtisodiy samaradorlikka quyidagilar orqali erishiladi:
-yordamchi korxonalarni (issiqlik, energiya man’balari, suv ta’minoti, kanalizatsiya va shunga o‘xshashlar) takrorlash;
-qurilish materiallarining ishlab chiqarish hajmini oshirish, narxini kamaytirish, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish sifatini yaxshilish va industrialligini ko‘tarishlarni taqazo etadi.
Sanoat binolari vazifasiga va qanchalik kerakligiga qarab sifati, asosiy konstruksiyalarining uzoq muddat o‘z vazifasini bajarib turishi va o‘tga chidamlilik belgilari ko‘ra to‘rt sinfga ajratiladi. Bunda birinchi sinfli sanoat binolariga maksimal (yuqori) talab qo‘yilsa, 4 sinfdagi binolarga minimal (o‘rtacha) talab qo‘yiladi.
Sanoat binolari uchun uzoq vaqt o‘z vazifasini bajarib turish darajasi quyidagicha belgilanadi: birinchi darajali sanoat binolari uchun bu muddat 100 yildan kam bo‘lmasligi va ikkinchi darajali sanoat binolaridagi muddat 50 yildan kam bo‘lmagan va uchinchi darajali sanoat binolaridagi muddat 20 yildan kam bo‘lmasligi kerak.
Sanoat binolari konstruktiv elementlarining yonuvchanlik belgisi va chidamlik chegarasiga asosan, bino o‘tga chidamligini besh darajaga bo‘lish mumkin. Bunda 1-darajali imoratlarkontruksiyalari umuman yonmaydigan materiallardan tayyorlanadi, 2-darajadali imoratlar uchun esa pardadevorlar qiyin yonuvchi materiallardan bo‘lishiga ruhsat etiladi, 3-darajali binolarning tom qoplamalarida yonuvchi materiallardan foydalanishga ruxsat etiladi, 4-darajali binolar qiyin yonuvchi konstruksiyalardan loyihalangan bo‘lib, tom qoplamalarida yonuvchi materiallardan foydalanishga ruxsat etiladi,5-darajali binolar faqat yonuvchan materiallardan iborat binolardir.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning turiga ko‘ra, ishchi va xizmatchilar uchun zarur bo‘lgan sanitariya-gigiena va madaniy maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarini, ya’ni kiyim kiyish va echinish, yuvinish, hojatxona, tabobat, umumiy ovqatlanish, dam olish hamda ishlab chiqarishni boshqaruvchi xodimlar uchun mo‘ljallangan xonalar ko‘zda tutiladi.
Sanoat binolariga qo‘yiladigan texnik talablar deyilganda bino va qurilmalarning mustahkamligi va chidamliligi, uzoq vaqt buzilmasdan o‘z vazifasini bajarib turishi, o‘tga chidamligi hamda, uni industrial usullarni qo‘llash yordamida qurishni tushuniladi.
Texnik talablarga yong‘in xavfi talablari va portlash xavfi ham kiritiladi.
Arxitekturaviy va badiiy talablarga binoning ichki va tashqi ko‘rinishi, pardoz ishlari hamda binolarni ahamiyatiga ko‘ra tashqi va ichki tuzilishlari odamlarning estetik talablariga javob bera olishi tushiniladi.Bu talablarga ko‘ra yirik sanoat arxitektura ansambli majmua qurilishi ko‘zga yaxshi tashlanuvchi bo‘lishi kerak.
Sanoat binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda ularga iqtisodiy talablar ham qo‘yilib, ularni qurishga kam mablag‘ sarflab, ularni arzon, tejamli bo‘lishiga erishish zarurdir. Shu maqsadda, oldindan bir necha variantda reja va konstruktiv echimlar ishlab chiqilib, ularni solishtirgandan so‘ng eng arzon va foydalisi olinadi.
Ko‘p qavatli sanoat binolari qavatlararo yopmalarda faqat engil texnologik jihozlarni o‘rnatish qulay bo‘lganligi uchun cheklangan. Bunday binolar, asosan engil sanoat, asbobsozlik, poligrafiya sanoati va shularga o‘xshash korxonalar uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni vertikal bo‘yicha mo‘ljallangan holda ham ko‘p qavatli binolardan foydalaniladi. Bunday binolarni cheklangan hududda qurishadi. Ularda albatta texnik qavat loyihalanadi.

Yüklə 195,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin