O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#162983
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot nazariyasi-hozir.org

Inqirozlar va uning turlari
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi.
Shunga ko‘ra ushbu fazaning mazmuni va uning turlarini batafsil ko‘rib
chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda in­
qiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz
vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funk-
sional shakllarida namoyon bo'ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narx­
lar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab
chiqarish va bandlik o'zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali
tavsiflanadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan
tovarlar massasi to'lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi
yoki kam boladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to'xtab
qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o'sish
davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o'sishi in-
flatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko'tarilishi sa­
babli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo’ladiki, bunda iqtisodiy
o'sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o'rin beradi, ayrim
hollarda narx darajasining ko'tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin
o'sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o'sishning uzoq muddatli tamoyil-
lari ham ishsizlik, ham inflatsiya oqibatida uzilib qoladi va murak-
kablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi — takror ishlab chiqarishdagi
beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu awalo ishlab chiqarish va uning
natijalarini o'zlashtirish o'rtasidagi nomutanosiblik bo'lib, u turli ishlab
chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakl-
larda namoyon bo'ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o'rtasidagi vaqti-
vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy in-
qirozlaming yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
In-
qirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularning umumiy, o'xshash

tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.


1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra in-
qirozlami umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga
bo'lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo'jalikni qamrab
olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik
sifatida ro'y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o'rin
tutib, u о • i . c h i g a pul-kredit sohasidagi inqiroz, valuta inqirozi, biija
inqirozi va bo&hqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSH va yevropaning ak-
sariyat mamlakatlarida ro'y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya so­
hasida boshfanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib
ketdi.

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang


ahvolga tushishi bo'lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va
obligatsiyalaming kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib,
yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.
Valuta inqirozi. Bunda milliy valutaning obro'si tushib ketadi.
Bankda valuta zaxirasi tugab, milliy valuta kursi tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu tanglik biijada qimmatli qog'ozlar kursining tezda
tushib ketishi, ulami emissiya qiliahning qisqarishi fond birjalari fa-
oliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni, eng awalo inson sog'lig'ini
yo'qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatning vu­
judga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o'sishiga yo'l
qo'ymaydi.
Tarmoqlar inqirozi. Bu milhy xo'jalikning biron bir tarmog'ini qam­
rab, ishlab chiqarishning tarkibiy o'zgarishi yoki normal xo'jalik alo-
qalarining buzilishi tufayh yuz beradi.
Tarkibiy inqirozlar. Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko'rinishi yoki
uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlami ishlab chiqarish-
ning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o'rtasidagi chuqur
nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan
iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranislilari ham mavjud bo'ladi.
Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, iste’mol tovarlarining fa-
ollik sur’atida, asosan, chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qanday-
dir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo'ladi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni
uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy
faollikning ortishi yoki pasayishiga bog'liq. Bu yerda shuni ta’kidlash
Iozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan, AQSH) uzoq muddatli tamoyil
sezilarli iqtisodiy o'sish bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy
o'sishning sekinlashuvi xos.
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko'plab qarashlar
mavjud bo'lishiga qaramasdan, ko‘pchilik iqtisodchilar ishlab chiqa­
rish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi
sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi.
Agrar inqiroz. Qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar in-
qirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon
bo'ladi: 1) qishloq xo'jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab
chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to'planishi;
2) narxlaming pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3)
fermerlarnmg ommaviy ravishda xonavayron bo'lishi, ular qarzlari-
ning ortishi; 4) qishloq aholisi o'rtasida ishsizlaming ko'payishi.
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha
tarzda yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga aj­
ratish mumkin.
Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq fhjjirozlar to'liq sikl bo'yicha yuz bermaydi. siklning biron
bir fazasida to*>xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo'lmay, qisqa
muddat davom etadi.
Nomuntav∋ inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko'ra yuz beradi.
Masalan, tabiiy ofat, sel, to'fon, qurg'oqchilik tufayli iqtisodiyot tang
ahvolga tushib qolishi mumkin.
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra in­
qirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish
inqirozlariga bo'linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli
naf keltiradigan ne’matlami ko'p ishlab chiqarish, lekin ularni tola
sota olmaslikda namoyon bo'ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetish-
movchihk natijasida tang ahvol keiyp chiqadi. Shunday qilib, iqtiso­
diyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas,
balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo'ladi.


Yüklə 45,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin