O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə359/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Briz (fransuzcha brize — shabada) — dengizlar, katta ko’llar, ba’zi bir
yirik daryolar sohilida esadigan mahalliy shamollar.


Buloq, ch a sh m a — yer ost» suvlarining yer yuzasiga tabiiy» holda
chiqishi. B. suvli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolgan joylar — vodiylar, soylar 
jarlar, tog’ yonbag’irlari, tog’ etaklarida bo’ladi. B-lar bosimli va bosimsiz bo’ladi.

Bulut — havodagi juda mayda (kolloid) suv zarrachalari, tomchilari va muz
zarrachalari to’plami. Ular yiriklashib yog’in bo’lib tushadi. B. havo yuqorilama 
harakat qilganda, yuqoriga ko’tarilganda harorat pasayib, suv bug’lari
kondensasiyalanib hosil bo’ladi.


Bulutlilik—osmonning bulut bilan qoplanganlik darajasi. Osmonni bulut
tekis qoplagan bo’lsa B. 10 ballga, agar osmonni yarim qoplagan bo’lsa 5 ballga, 
havo ochiq bo’lsa 0 ballga teng deb qabul qilinadi.

Burmalanish — Yer po’stida yon tomondan bo’ladigan kuchli tektonik
bosim ta’sirida qatlamlarning bukilib, burmalar hosil qilishi. B. natijasida burmali 
tog’lar, ular orasida botiqlar — tektonik vodiylar paydo bo’ladi.





Burmali tog’lar — tektonik harakatlar ta’sirida tog’ jinslari qatlamlari
burmalangan va tevarak atrofdan baland ko’tarilib qolgan tog’lar. Masalan, 
Kavkaz, Himolay, And, Kordilyera tog’lari va boshqalar.

Burun (tumshuq)—quruqlikning okean, dengiz, ko’llarga eng ko’p turtib
chiqqan uchlik qismi, qirg’oqning qanday tog’ jinslaridan tashkil topganiga qarab, 
burunlar suv yuzasidan tik ko’tarilgan (Dejnyov burni, Ayiqtog’ burni) past tekis
bo’ladi 


Vodiy— relyefning uzun cho’zilgan botiq shakli. Hosil bo’lishiga ko’ra,
erozion va tektonik bo’ladi. Har ikkala sababning birgalikda ta’siridan ham 
vujudga keladi.


Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin