O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə356/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Alp burmalanishi — Yer tarixining kaynozoy erasida ro’y bergan
burmalanish. Nomi shu burmalanishda vujudga kelgan Al’p tog’lari nomidan 
olingai. A. b. davrida hozirgi mavjud ko’p yosh tog’ tizmalari hosil bo’lgan. Bular
ikki tog’ mintaqasini tashkil etadi: Al’p-Himolay (Pireneya, Andalusiya, Atlas, 
Apennin, Al’p, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindikush, Himolay,
Birma) va Tinch okean (Koryak, Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya, 
Yangi Zelandiya, Antarktida yarim oroli, And, Kordilyera) tog’lari mintaqalari.





Antekliza (yunoncha anti — qarshi va klisis— og’ish)—platformalarda yer
po’stining salgina ko’tarilgan gumbazsimon shakllari, gumbazsimon qirlar. 
Kengligi bir necha yuz km ga yetishi mumkin. Yer po’stining uzoq vaqt davomida
asta-sekin ko’tarilishi natijasida hosil bo’ladi. 


Antisiklon (yunoncha anti - qarshi, cyklon - aylanuvchi)— atmosferada ro’y
beradigan katta girdob. Havo bosimidagi farqlar ta’sirida shamollar A. markazdan 
chekkaga tomon yo’naladi. Lekin Yerning o’z o’qi atrofida ay-lanishi ta’sirida
shamol Shimoliy yarimsharda o’z yo’nalishini o’zgartirib, soat mili xarakati 
yo’nalishida, Janubiy yarimsharda teskari yo’nalishda esadi. A. soatiga o’rtacha
30 km –tezlikda siljiydi. O’rta Osiyoda tezroq — yozda soatiga 49 km, qishda 
60— 65 km tezlikda g’arbdan sharqqa tomon siljib boradi. A-da ko’pincha havo
ochiq, kechasi salqin, kunduzi iliq bo’ladi. 


Ariq — daryo, soy, kanal va boshqalardan sug’orish, suv bilan ta’minlash
va boshqa maqsadlarda inson kuchi bilan chiqarilgan shoxobcha. Ba’zi qadimgi 
kanallar hozir ham A. deyiladi. Chunonchi, Zaxariq, Jilvonariq, Kaykovus arig’i,
Damariq va hokazo. Ekinlarni sug’orish uchun tortilgan jo’yaklar ham ba’zan A. 
deyiladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin