O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə357/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Artezian suvlari — har xil chuqurlikda suv o’tkazmaydigan qatlamlar 
oralig’ida hosil bo’lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida bo’ladi,
shuning uchun burg’ qudug’i qazilganda suvli qatlamnnng shipidan yuqori 
ko’tariladi, bosim yetarli darajada kuchli bo’lganda esa yer yuziga ko’tariladi yoki
favvora bo’lib chiqadi. Artezian so’zi Fransiyadagi Artua viloyati nomidan 
olingan.

Arxipelag, to’da o r o l l a r (italyancha arxi — dastlabki, pelago — dengiz)
— bir-birlaridan unchalik uzoq bo’lmagan va odatda bir butun deb hisoblanadigan 
orollar to’dasi.

Atmosfera (yunoncha atmos — bug’, spharia — kura)—Yer bilan bir
butundek birga aylanadigan havo qobig’i. Atmosferaning Yer yuzidan 100—200 
km balandlikkacha bo’lgan qatlami azot (78,1%), kislorod (20,9%), argon (0,9%)
va karbonat angidrid gazi (0,03%) aralashmasidan iborat. Atmosferada bu 
gazlardan tashqari suv bug’lari, chang va juda kam miqdorda siyrak gazlar bor.
Amosferada 10 km gacha balandlikda asosan yerda hosil bo’lgan chang bo’ladi. 
Katta balandliklarda esa, meteor jismlar yonishidan hosil bo’lgan kosmik chang
bo’ladi. Ayniqsa, atmosferaning yerga yaqin qatlamida chang ko’p, bu yerda 1 kub 
sm quruq havoda 100 mingtagacha chang zar-ralari bor. Balandlik ortgan sari
atmosferaning zichligi, bosimi, harorati va boshqa fizik hamda kimyoviy xossalari 
o’zgaradi. Atmosfera Quyidagi 5 qatlamga bo’linadi: troposfera, stratosfera,
mezosfera, termosfera yoki ionosfera, ekzosfera. 


Atmosfera frontlari — troposferada turli xil fizik xususiyatlarga ega
bo’lgan havo massalarini bir-biridan ajratib turuvchi kambar (eni bir necha o’n 
km), lekin uzun cho’zilgan (yuzlab, ba’zan minglab km) oraliq, o’tkinchi zona.

Afeliy (yunoncha aro — dan xelios — Quyosh) —sayyora, asteriod, dumli
yulduzlar orbitalarining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi. 


Baland tog’lar — relyefning morfogenetik tipi, balandligi 2000 m dan
yuqori bo’lgan tog’lar. Yuqorida muz bilan qoplanganligi sababli muz hosil qilgan 


relyef shakllari keng tarqalgan bo’ladi. Bunday tog’larga Himolay, Tyanshanv,


Al’p, Pomir, Kavkaz, Oltoy tog’lari kiradi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin