Artezian suvlari — har xil chuqurlikda suv o’tkazmaydigan qatlamlar
oralig’ida hosil bo’lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida bo’ladi,
shuning uchun burg’ qudug’i qazilganda suvli qatlamnnng shipidan yuqori
ko’tariladi, bosim yetarli darajada kuchli bo’lganda esa yer yuziga ko’tariladi yoki
favvora bo’lib chiqadi. Artezian so’zi Fransiyadagi Artua viloyati nomidan
olingan.
Arxipelag, to’da o r o l l a r (italyancha arxi — dastlabki, pelago — dengiz)
— bir-birlaridan unchalik uzoq bo’lmagan va odatda bir butun deb hisoblanadigan
orollar to’dasi.
Atmosfera (yunoncha atmos — bug’, spharia — kura)—Yer bilan bir
butundek birga aylanadigan havo qobig’i. Atmosferaning Yer yuzidan 100—200
km balandlikkacha bo’lgan qatlami azot (78,1%), kislorod (20,9%), argon (0,9%)
va karbonat angidrid gazi (0,03%) aralashmasidan iborat. Atmosferada bu
gazlardan tashqari suv bug’lari, chang va juda kam miqdorda siyrak gazlar bor.
Amosferada 10 km gacha balandlikda asosan yerda hosil bo’lgan chang bo’ladi.
Katta balandliklarda esa, meteor jismlar yonishidan hosil bo’lgan kosmik chang
bo’ladi. Ayniqsa, atmosferaning yerga yaqin qatlamida chang ko’p, bu yerda 1 kub
sm quruq havoda 100 mingtagacha chang zar-ralari bor. Balandlik ortgan sari
atmosferaning zichligi, bosimi, harorati va boshqa fizik hamda kimyoviy xossalari
o’zgaradi. Atmosfera Quyidagi 5 qatlamga bo’linadi: troposfera, stratosfera,
mezosfera, termosfera yoki ionosfera, ekzosfera.
Atmosfera frontlari — troposferada turli xil fizik xususiyatlarga ega
bo’lgan havo massalarini bir-biridan ajratib turuvchi kambar (eni bir necha o’n
km), lekin uzun cho’zilgan (yuzlab, ba’zan minglab km) oraliq, o’tkinchi zona.
Afeliy (yunoncha aro — dan xelios — Quyosh) —sayyora, asteriod, dumli
yulduzlar orbitalarining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi.
Baland tog’lar — relyefning morfogenetik tipi, balandligi 2000 m dan
yuqori bo’lgan tog’lar. Yuqorida muz bilan qoplanganligi sababli muz hosil qilgan
relyef shakllari keng tarqalgan bo’ladi. Bunday tog’larga Himolay, Tyanshanv,