O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə355/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Abissal
GLOSSARIY

Abiogen 

bosqich 
— Geografik qobiqning vujudga kelishi va 
rivojlanishining organik dunyosiz o’tgan dastlabki bosqichi. A. b. geografik qobiq
taraqqiyotining arxey va proterozoy eralarini o’z ichiga oladi. A. b. 2,5—3 mlrd. 
yil davom etgan deb hisoblanadi. Geografik qobiq o’z taraqqiyoti davomida A. b,
dan keyin biogen bosqichga, so’ngra antropogen bosqichga o’tgan. 


Abiogen omillar — geografik qobiq va landshaftlarning jonsiz tabiat
ta’sirida mavjud bo’lgan omillari. Magadan, birlamchi tog’ jinslari, iqlim, relyef, 
Yerning ichki energiyasi hamda kosmik energiya.

Abissal (yunoncha abussos — tubsiz) zona — okeanlarning 2500 m dan
6000 m gacha bo’lgan chuqur qismlari.


Abissal tekisliklar — chuqur suvosti tekisliklarining bir turi. Okeanlar
tagidagi botiqlar va soyliklarda joylashgan.


Ablyasiya (lotincha ablatio — olib ketish) — 1) glyasiologiyada muzlik
massasi va qor qoplamining erishi, bug’lanishi hamda parchalanishi natijasida 
kamayishi.
2) Geomorfologiyada nuragan tog’ jinslarining oqar suvlar, shamol, 
muzliklar va og’irlik kuchi ta’siri-da ko’chishi, olib ketilishi.

Abraziya (qirg’oq yemirilishi), (lotincha - avragio—sindirish) - dengiz,
ko’l, yirik suv, omborlari qirg’oqlariniyag to’lqinlar ta’sirida yemirilishi.


Adirlar — O’rta Osiyo tog’lari etagidagi cho’l va chalacho’l qirlar. Neogen
va antropogen davrlarining cho’kindi tog’ jinslaridan tarkib topgan. Farg’ona, 
Hisor, Surxondaryo vodiylarida ko’proq konglomerat va chaqiqtoshlardan iborat
bo’lib, ba’zi joylarda lyoss bilan qoplangan. Adirlar past-baland bo’ladi. Ularni 
ko’p joylarda soy hamda jarlar kesib o’tib, ayrim-ayrim qismlarga bo’lib oborgan.
Adirlarning mutlaq balandligi 400—500 m dan 1000—1500 m gacha boradi.


Azimut (arabcha as-sumut — yo’l)—joy yoki xaritada shimol yo’nalishi
bilan tanlangan narsa yo’nalishi orasidagi burchak. Azimut burchaklari shimol 
yo’nalishidan soat mili harakati yo’nalishi bo’ylab 0° dan 360° gacha hisoblanadi.

Aysberglar (gollandcha aysberg)—okean, dengiz va ko’llarda suzib
yuradigan yoki sayozliklarga, o’tirib qoladigan katta muz parchalari. Suvga tushib 
kelayotgan muzliklarning sinishidan hosil bo’ladi. A. asosan Antarktida, Kanada-
Arktika arxipelagining shimoliy orollari, Grenlandiya qirg’oqlarida vujudga keladi 


Allyuviy (lotincha alluvio yotqiziq) — doimiy yoki vaqtli oqar suvlar
keltirib yotqizgan tog’ jinslari. Ko’proq mayda tosh, shag’al, qum va gillardan 
iborat bo’ladi. Ba’zi tekisliklar, daryolarning qayirlari va terrasalari (ko’hna qayir)
shunday jinslardan tashkil topgan.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin