Antekliza (yunoncha
anti — qarshi va
klisis— og’ish)—platformalarda yer
po’stining salgina ko’tarilgan gumbazsimon shakllari, gumbazsimon qirlar.
Kengligi bir necha yuz km ga yetishi mumkin. Yer po’stining uzoq vaqt davomida
asta-sekin ko’tarilishi natijasida hosil bo’ladi.
Antisiklon (yunoncha
anti - qarshi,
cyklon - aylanuvchi)— atmosferada ro’y
beradigan katta girdob. Havo bosimidagi farqlar ta’sirida shamollar A. markazdan
chekkaga tomon yo’naladi. Lekin Yerning o’z o’qi atrofida ay-lanishi ta’sirida
shamol Shimoliy yarimsharda o’z yo’nalishini o’zgartirib,
soat mili xarakati
yo’nalishida, Janubiy yarimsharda teskari yo’nalishda esadi. A. soatiga o’rtacha
30 km –tezlikda siljiydi. O’rta Osiyoda tezroq — yozda soatiga 49 km, qishda
60— 65 km tezlikda g’arbdan sharqqa tomon siljib boradi. A-da ko’pincha havo
ochiq, kechasi salqin, kunduzi iliq bo’ladi.
Ariq — daryo, soy, kanal va boshqalardan sug’orish, suv bilan ta’minlash
va boshqa maqsadlarda inson kuchi bilan chiqarilgan shoxobcha. Ba’zi
qadimgi
kanallar hozir ham A. deyiladi. Chunonchi, Zaxariq, Jilvonariq, Kaykovus arig’i,
Damariq va hokazo. Ekinlarni sug’orish uchun tortilgan jo’yaklar ham ba’zan A.
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: