O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Barometr (yunoncha baros — og’irlik, metr — o’lchayman) — atmosfera bosimini o’lchaydigan asbob. Barxan



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə358/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Barometr (yunoncha baros — og’irlik, metr — o’lchayman) — atmosfera
bosimini o’lchaydigan asbob.


Barxan — o’simlik bilan qoplanmagan ko’chma qum do’ngi. Shamol
ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuradi. Yillik ko’chish tezligi bir necha 
sm dan yuzlab m ga yetadi.

Biosfera (yunoncha bio — hayot, sfera — shar)—Yerning hayotga makon
bo’lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyi qobig’i. B. atmosferaning pastki qismi 
(troposfera)ni okean, dengiz, ko’l va daryo suvlari (gidrosfera) ni hamda Yer
po’stining ustki qismi (litosfera)ni o’z ichiga oladi. 


Bir butunlik qonuniyati — tabiatda barcha komponentlar va hodisalarning
o’zaro bir-birlari bilan bog’lanib ketib, bir butun tabiiy muhitni hosil qilganligi. 
Tabiatda uning barcha qismlari, hamma elementlari, hodisalar o’zaro bog’lanib
ketgan hamda muayyan muvozanatda turadi. Tabiatdagi biror komponent, element 
o’zgarsa, bu o’zgarish boshqa komponentlarga ham ta’sir etib, butun tabiiy
muhitni o’zgarishga olib keladi. Tabiatga puxta o’ylanmay ko’rsatilgan ta’sir 
ko’pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.
Bora (yunoncha boreas — timol)— qishda tog’ yonbag’irlari bo’ylab
pastga, dengiz, ko’llar»tomonga esadigan kuchli sovuq shamol.


Botqoqlik— doimo yoki uzoq vaqt zax bo’lib yotadigan joy. Bot-qoqlikda
ba’zan 0,2—0,3 m qalinlikda torf qatlami bo’ladi. O’simliklarning ildizlari torf 
ostidagi qatlamga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa bo’lsa botqoqlashgan yerlar
deb ataladi. Botqoqlik o’rmoni kesilib ketgan yoki kuyib ketgan joylarda va 
o’tloqlarni uzoq vaqt suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o’t qoplashi
natijasida hosil bo’ladi.


Bosh meridian (nolinchi meridian) — geografik uzunliklarni hisoblashda
shartli ravishda boshlang’ich deb qabul qilingan meridian. Xalqaro kelishuvga 
muvofiq, London yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o’tuvchi meridian B. m. deb
qabul qilingan. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin