Mavzu: Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar



Yüklə 209,18 Kb.
səhifə1/3
tarix05.02.2023
ölçüsü209,18 Kb.
#82931
  1   2   3
Mavzu Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar


Mavzu: Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar
Reja:
1. Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari. Stanoklar tuzilishidagi umumiylik
2. Stanoklarda harakat uzatish mexanizmlari

Yog‘ochga ishlov berish stanoklarining konstruksiyasi ularning bajaradigan ishiga bog‘liq. Ba’zi stanoklar yog‘ochni arralash uchun, yana biri randalash uchun, boshqalari parmalab, teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq stanoklar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan, ularning konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Stanoklarning konstruksiyasini o‘zgartirish ularning elementlari konstruksiyasining prinsipial o‘zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra, stanoklarning qismlarini bilish yangi konstruksiyadagi stanoklar va avtomatik liniyalarni tez o‘zlashtirishga imkon beradi.


Stanoklarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi. Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish organlari, surish mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari, tayanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash, stanokni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi elementlar bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pgina stanoklar stanok yoniga o‘rnatiladigan mexanizmlar – zagotovka bilan ta’minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan elementlar kompleksi bilan hamma stanoklar ham jihozlanavermaydi.
Stanina stanokning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar staninaga mahkamlanadi. Stanina stanokning ayrim elementlari o‘rtasida ta’sir kuchlarini, titrama yuklamalarni hamda ishlov berilayotgan material yuklamasini qabul qiladi.
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘ladi. Kesish asboblari aylanadigan stanoklarning ish organlari: shpindellari, pichoqlar va arralar o‘rnatiladigan vallari asboblarni mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. kesish asbobi ilgarilanma harakat qiladigan stanoklarda ish organlari kesish asbobini mahkamlash, to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 209,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin