X
τ
Boshqariluvchi ob`yekt
Chiqish
У
τ
BD
Boshqaruv tagtizimlari
1.9-rasm. Qat`iy boshqaruv tizimi sxemasi.
Boshqaruv organlari
IO
X
τ
0
55
Qat‘iy boshqaruvda tizimni boshqaruv dasturi quyidagi shartlardan kelib
chiqqan holda tuziladi:
1)
muhitining bo‘lajak ta‘siri va tizimning bo‘lajak holati amaliy jihatdan to‘la
aniq;
2)
ko‘zda tutilmagan holatlarning ta‘siri mavjud emas yoki boshqariluvchi ob‘ekt
ulardan himoya qilingan.
Qat‘iy tizim bo‘lganda, boshqaruv jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga
oshiriladi:
boshqaruv
organi
(BOr)
mavjud dastur (BD) asosida qaror qabul qiladi, qaror
X
τ
0
signal ko‘rinishida
ijrochi organga
(IO)
uzatiladi;
ijrochi organ ushbu signalni
boshqaruv ta‘siri
X
τ
ga o‘zgartiradi;
boshqaruv
ta‘siri
-
X
τ
,
mohiyati bo‘yicha boshqariluvchi ob‘ekt uchun
kirish
hisoblanadi;
kirish
-
X
τ
, berilgan dastur asosida o‘zgartiriladi va chiqishda tizimning ish
ko‘rsatkichi
Y
τ
sifatida qabul qilinadi.
Shunday qilib, qat‘iy boshqaruv tizimi uchun -
kirish
, tizimning o‘zidagi
boshqaruv dasturidan chiquvchi signal asosida aniqlanadi.
Qat‘iy tizimning kamchiligi uning chiqish parametrlari tashqi o‘zgaruvchan
sharoitlar bilan zaif bog‘langan. Yutuqlari esa oddiyligi va ishonchli ishlashi
hisoblanadi.
Qat‘iy boshqaruv tizimiga misol qilib avtomatik svetoforning chorrahada
haqiqiy transport oqimining holatini hisobga olmasdan ishlash rejimini keltirish
mumkin.
Qat‘iy boshqaruv tizimiga yana bir misol sifatida texnik xizmat ko‘rsatish
stansiyasida mavsum va talabni hisobga olmagan holda ijrochilarning shtatlari va
mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibining tuzilishini olish mumkin.
56
Qaytar axborot almashinuvli boshqaruvda dastur, boshqariluvchi ob‘ektning
haqiqiy holati haqidagi axborotga yoki axborot tizimining qaytar aloqasiga bog‘liq
holda to‘g‘rilanib boriladi (1.10-rasm).
Qaytar axborot almashinuvli (chetlanishlar bo‘yicha boshqaruB) boshqaruv
jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
boshqariluvchi ob‘ektning haqiqiy holati, chiqish paytida olingan
U(t)
ning, tizim uchun belgilangan me‘yor
Y
0
(t)
dan chetlanishi bilan
xarakterlanadi:
ΔY=Y(t)-Y
0
(t);
ushbu chetlanish -
ΔY,
axborot tizimi (AT) orqali qayd etiladi va boshqaruv
organi (BOr) ga uzatiladi, BOr boshqarish dasturini to‘g‘irlaydi yoki
ma‘lumotlar bankidan (bazasidan) zarur dasturlarni tanlaydi;
boshqaruv organi, to‘g‘rilangan dasturning boshqaruvchi signali -
X
τ
0
ni
ijrochi organga (IO) uzatadi;
ijrochi organ (IO), boshqaruv organining signali (qarori) bo‘yicha
boshqaruvchi ta‘sir
± ΔX
ni ishlab chiqadi, o‘z navbatida
± ΔX
tizimning
kirishiga uzatiladi va uni
X ± ΔX
ga o‘zgartiriladi. Ijrochi organning (IO),
boshqariluvchi ob‘ektga bunday ta‘siri simvol bilan belgilanadi.
Shunday qilib, tizim kirishiga quyidagilar kelib tushadi:
tashqi ta‘sir
X(t)
haqidagi ma‘lumotlar;
to‘g‘rilovchi ta‘sir
± ΔX,
qaysiki,
± ΔX
tizim chiqish ko‘rsatkichining
ΔY=Y(t)-Y
0
(t)
me‘yordan chetlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
X±ΔХ
Boshqariluvchi ob`yekt
Chiqish
ΔУ=У(t)-У
0
(t)
Boshqaruv tagtizimlari
1.10-rasm. Qaytar aloqali boshqaruv sxemasi.
Boshqaruv organi
IO
X
τ
0
Kirish
+
±ΔХ
Х(t)
BD
AT
У(t)
+
57
Qaytar almashinuvli tizimning yutuqlari:
1)
moslanuvchanligi – tashqi sharoitlarning o‘zgarishini hisobga olishi;
2)
tizimga kirishdagi o‘zgarishlarga qaramasdan chiqishda barqaror ishlashi.
Ushbu tizimning kamchiliklari:
1)
tuzilmasining murakkablashishi, qo‘shimcha zvenolarning paydo bo‘lishi;
2)
dasturining juda murakkabligi.
Qaytar axborot almashinuvli boshqaruv tizimlariga misollar keltiramiz:
tormozlanishni rostlashning avtomatik antiblokirovkali tizimi (chiqishda qayd
etiladigan chetlanish – tormozlanish paytida g‘ildiraklar sirpanishining boshlanishi);
haydovchining marshrutda ishlash jarayonida yo‘l sharoitlarini hisobga olgan
holda avtomobil harakatining ma‘lum parametrlarini saqlab turish bo‘yicha qiladigan
harakatlari;
dvigatelning ishchi jarayonlarini, yuklanishini, tezlik va ishlatilgan gazlarning
tarkibini hisobga olgan holda boshqarishning zamonaviy kompyuterli tizimlari;
talab va taklif balansi asosida ishlab chiqarish hajmi va narxlarni rostlash,
masalan, servis va TXK xizmatlari.
Qaytar axborot aloqali boshqaruv tizimi nisbatan moslanuvchanroq (ayniqsa
texnik, ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlar uchun) hisoblanadi. Aynan shunday
sxema bo‘yicha avtomobil transporti korxonalarini va muassasalarini boshqarishni
tashkil etish maqsadga muvofiq [29, 40 b].
3. Reaktiv tizimlar.
T
izim va uni boshqaruv organlarining tashqi ta‘sirlar
o‘zgarishga nisbatan qiladigan reaksiyasiga bog‘liq holda - boshqaruv ikki
reaktiv
va
dasturiy
-
maqsadli
usullarga bo‘linadi.
Reaktiv usulda
rejalashtirish harakatdan oldin yoki harakat jarayonida amalga
oshiriladi, qarorlar mumkin bo‘lgan yo‘llarni tahlil qilmasdan qabul qilinadi va tez-
tez o‘zgarib turadi, ya‘ni joriy hodisalarga nisbatan reaksiya berish hisoblanadi.
58
Boshqaruvning ushbu uslubi uchun xarakterli xususiyatlar, masalan,
boshqaruvchi tomonidan qaytar aloqa axborotini, tizimning holatini hamda tashqi
omillarning o‘zgarishini hisobga olmasligi hisoblanadi.
Dasturiy-maqsadli
usulning mohiyati tizimning asosiy maqsadini aniqlash va bu
maqsadga erishish uchun barcha faoliyatlarni dastur shaklida birlashtirish
hisoblanadi
.
Bundan boshqaruvning quyidagi qoidasini shakllantirish mumkin.
Nimaiki maqsadlarni resurslar bilan bog‘lasa dastur hisoblanadi, ya‘ni
belgilangan vaqt oralig‘ida yakuniy natijaga yoki mahsulotga ega bo‘lish jarayoni
uchun zarur bo‘ladigan resurslarning miqdorini va turlarini aniqlaydi.
Dastur
- bu qo‟yilgan maqsadga erishishni ta`minlovchi, tugallangan tadbirlar
majmuasidir.
Demak dasturlarda materiallar, vositalar, xodimlar va faoliyat
turlarining to‘plami o‘z aksini topadi.
Agar bunday bog‘lanish mavjud bo‘lmasa, bu qandaydir harakatlarning ro‘yxati,
qandaydir tadbirlarning rejasi va nihoyat rivojlanish ssenariysi bo‘lishi mumkin, lekin
dastur bo‘la olmaydi. Amalda qo‘llaniladigan boshqaruv uslublari odatda, oraliq
xususiyatga ega bo‘ladi, ya‘ni yo reaktiv yoki bo‘lmasa dasturiy-maqsadli uslubga
tortishi mumkin.
Dasturlar
ijtimoiy iqtisodiy
tavsifga ega bo‘lgan maqsadli (uy joy qurilishi, atrof-
muhit himoyasi dasturlari va hakazo) va
resursli
dasturlarga bo‘linadi,
resursli
dasturlar
odatda ta`minlovchi hisoblanadi. Muhandis-texnika xizmatining dasturlari
va tadbirlari resursli hisoblanadi. Ba‘zi dasturlar oraliq bo‘ladi, masalan yo‘lovchi
tashuvlarini takomillashtirishda hajm bo‘yicha tashuv talablarini qondirish
masalalari, sifatni oshirish (muntazamlik, qulaylik, yurishlar davomiyligini
qisqartirish) masalalari.
Resursli dasturlarda ilmiy, tashkiliy, texnikaviy va iqtisodiy tadbirlar
guruhlanadi, ular yordamida ijtimoiy, iqtisodiy maqsadlarni amalga samarali joriy
qilishga erishiladi.
|