O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


Glossariy Avtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122
Usmanov darslik

Glossariy
Avtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiyasi
- ularni ekspluatatsiya 
qilish jarayonida xavfsiz, ishchan va soz texnik holatini ta`minlashga qaratilgan, 
texnik xizmat ko‗rsatish, ta`mirlash, saqlash va texnik holatini tekshirish bo‗yicha 
ishlar va xizmatlar majmuasi. 
Avtomobilga texnik xizmat ko„rsatish
– yuvish-tozalash, nazorat-sozlash, 
mahkamlash ishlari, joriy ta`mirlash va yonilg‗i bilan ta`minlash orqali 
avtomobilning tashqi ko‗rinishi va ishlash qobiliyatini saqlab turish yoki tiklash. 
Avtomobilni saqlash
– uning smenalar orasidagi vaqtlarda texnik saqlanishini 
va ishga tayyorligini ta`minlash. 
Avtoservis korxonasi
– harakat tarkibiga texnik xizmat ko‗rsatish va 
ta`mirlash bo‗yicha ishlarni bajaruvchi, huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli 
korxona. 
Axborotni tahlil qilish
– belgilangan parametrlarga (oldindan taxmin qilishga 
oid, rejali, me`yoriy) ega haqiqiy joriy ma`lumotlarni aniqlash bilan bog‗liq bo‗lgan 
har qanday harakat. Axborotni tahlil qilish, zarur boshqaruvchi ta`sirni aniqlash 
maqsadida amalga oshiriladi. 
Avtomobilning ishonchliligi
- uning belgilangan davr (masofa) mobaynida va 
ma`lum ekspluatatsiya sharoitlarida buzilmay, ishchi tavsiflarini yo‗l qo‗yilgan 
chegaralarda saqlab qolgan holda o‗z vazifalarini bajarish xususiyati. 
Avtomobilning resursi
- uning chegaraviy texnik holatigacha yuradigan yo‗li 
yoki ishlaydigan soatlari miqdori. 
Avtomobil (agregat, mexanizm) ning texnik holati
- uning ishlash qobiliyati 
va sozligi darajasini belgilaydigan parametrlarining nominalidan og‗ishlari majmui. 
Boshqaruvchi ta`sirini shakllantirish
– belgilangan holatga erishish 
maqsadida, boshqarilayotgan ob‘ektga ta`sirlarning muvaqqat tavsiflarini aniqlash 
bilan bog‗liq bo‗lgan har qanday harakat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin