O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»


Bo’g’imlarda xarakat xajmini aniqlash



Yüklə 262,76 Kb.
səhifə3/4
tarix26.02.2017
ölçüsü262,76 Kb.
#9673
1   2   3   4

Bo’g’imlarda xarakat xajmini aniqlash. Umumiy qoidaga asosan o’tkaziladi. Bolalarda normada xarakatlar xajmi nisbatan ko’proq bo’ladi. Tirsak va tizza bo’g’imlarida normada 10-15° gacha rekurvatsiya bo’lishi mumkin.

Rentgenologik tekshiruv o’tkazish. Suyaklar shikastlanishi va ko’pchilik ortopedik kasalliklarda to’g’ri tashxis qo’yish uchun rentgenologik tekshiruv o’tkazish shart. Rentgenologik suratlar kamida bir-biriga nisbatan perpendikulyar ikki proyeksiyada olinadi, ammo ba’zi bir xil suyak sinishlarida kiyshiq proyeksiyalarda va funksional xolatlarda qo’shimcha suratlar olinadi, masalan umurtqa shikastlanganda. Ayrim paytlarda rentgenografiyada kalla suyagi shikastlanganda va ayniqsa, uning asosi shikastlanganda bemorga maxsus vaziyat berish kerak.
Zarur ma’lumot beradigan rentgen suratini olish uchun

quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:


  • Shikastlangan joy rasm markazida joylashishi kerak aks xolda aniq bo’lmagan tasvirdan tashqari shikastlangan soha to’liq ko’rinmasligi mumkin.

  • Shikastlanganda yaqin joylashgan bo’g’im ham suratga tushiriladi.

  • Agar ikki suyakli segment shikastlangan bo’lsa (boldir, bilak) suratga ikkala bo’g’im ham olinadi. Bu qoidaga rioya qilinmasa, unda tashxisda xatolikka yo’l qo’yish mumkin, chunki ko’pchilik singan suyaklar satxi mos kelmaydi, suyak siljishlari va chiqishlari aniqlanmasligi mumkin.

  • Xamma suyaklar va bo’g’imlar surati, albatta, ikki proyeksiyada olinishi kerak

  • Ayrim kasalliklarda va shikastlanishlarda sog’lom va kasal tomonlari simmetrik xolda suratga olinadi.

  • Sifatsiz va bitta proyeksiyada olingan rentgen suratlar asosida xech qachon shikastlanish va kasalliklar xarakteri haqida xulosa chiqarmaslik kerak

Travmatologiya va ortopediyada keng mikyosda suyaklar tomografiyasidan foydalaniladi, bu suyak to’qimasining muayyan qatlamining rentgenogrammasini olishga imkon beradi. Bu patologik o’chok chukurligi yoki yotjismni aniqlash imkonini yaratadi. Odatda, katlamlar orasi-dagi masofa 0,5 sm dan oshmasliga kerak Tomofafik suratlarni ob­zor reshtenogrammalar obdon o’rganilgandan keyin qilinadi. Kasal-likning joylashishini yanada aniqrok bilish uchun ayrim xollarda tomogrammani kesmalarning katta zichligida (03 sm) qilinadi.

Elektron-opgik o’zgartirgich bo’lganda suyak va bo’g’imlar rentgenos­kopiyasi qimmatli ahamiyatga ega va rentgen tasvirini 1000 martadan ortikrok bor kuchaytiradi, bu bemor va tibbiyot xodimlariga nur ta’sirini kamaytiradi.



Artrografiya bo’g’imdagi shikastlanishlarni aniqlashda ishlatiladi. Bo’g’im bo’shligaga rentgenkontrast moddalar, masalan gaz, tarkibida yod saqlovchi va boshqa moddalar yumshoq to’qimalar konturlaridagi o’zgarishlarni rentgenogrammada aniqlashga (sinovial parda, menisklar va boshqalar) yordam beradi. Umurtka diski va dural xaltachadagi patologik o’zgarishlarni o’rganishda kontrast usul keng qo’llaniladi. Konfast moddaning umurtkalararo diskka yuborilishi (diskofafiya) uning xolatini aniqlashga yordam beradi. Kontrast moddani suba-raxnoidal bo’shliqqa yuborish (mielofafiya) nafaqat disk «chur-rasini», balki hajmi boshqa o’smalarni ham aniqlashga imkon beradi (18-rasm).

Kompyuter tomografiyasi (KT) ning so’nggi o’n yillarda ishlatilishi rentgen suratini frontal kesimda 1 mmgacha olish imkonini berdi. Bu rentgen kesmalarini qavatma-qavat yoki ma’lum oralikda plyonkaga olinganda kasal juda kam nurlanadi. Bunda 85-90% xollarda tayanch-xarakat tizimidagi kasalliklarning joylashishi aniqlanadi; umurtkalararo disk churrasi, suyak tizimi va boshqalar (19-rasm).

Yadro-magnit rezonans usuli (YaMR). Bu usul kompyuter tomofa-fiyasiga o’xshaydi, sagittal yuzada rentgen surat olishga imkoniyat yaratadi, odam tanasining turli yuzalari va bo’shliqlaridagi (ko’krak qorin) shikastlanishlarni keng baholashda qimmatli usul xisoblanadi. To’qimalardagi patologik o’zgarishlar yaxshi ko’rinadi (20-rasm).

Elektrofiziologik va laborator tekshirishlarni o’tkazish. Mushaklarni xarakat qobiliyatini va innervatsiyasini aniqlash uchun elektromiofafik tekshirish usullari ishlatiladi. Bugungi kunda ko’proq quyidagi elektrofiziologik tashxis qo’yish usullari ishlatiladi.



Elektromiografiya mushaklar toki ta’sirini aniqlashga imkon beradi, chunki ular nafaqat xarakat tizimini, balki uning innervatsiyasini xam aks ettiradi.

Siklofafiya, kinoga olish, miofafiya yordamida mexaniq xarakatlarni qayd etish, bu harakatlarga faqat tashqi tomondan baho bersa, elektromiofafiya esa xarakat koordinatsiyasining ichki qonuniyatlarini tushunishga imkoniyat yaratadi.





18-rasm. Orqa miya o’smasida bo’yin umurtqasining mielogrammasi (kontrast modda soyasi kurinishida bo’shliqning to’lganligi ko’rinayapti).



19-rasm. Kompyuter tomogrammasi. Shmorl LIII churrasi.

20-rasm. Tomogramma (yadro-magnit rezonansi).

Suning orqa miya kanali deformatsiyalanishi bilan ag’darilib chiqishi.
Ossillografiya oyoq yoki qo’lning turli satxida manjetaning siqish darajasiga qarab qog’oz yoki plyonkada arteriyadagi puls to’lqinlarini yozadi.

Ossillografiya yordamida yana arteriya maksimal (Mk), o’rtacha (O’r) va minimal (Mn) bosimini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, ossillofamma orqali ossillyator ivdeksini (OI) xisoblash mumkin, bu arteriya tonusini ossillyatsiya chukurligi bo’yicha aniqlaydi; ular kancha chukur bo’lsa, tonus shuncha past, ossillyatsiya kancha kam bo’lsa, tonus shuncha yuqori bo’ladi.



Reovazografiya arteriya tebranib kon bilan to’lishiga karab elektr o’tkazuvchanlikning o’zgarishlarini yozish tamoyiliga asoslangan. Krn aylanish tezligining ko’payishi bilan uning elektr karshiligi kamayadi — metod ana idu xususiyatga asoslangan. Elektrodlar qo’l yoki oyoq segmentiga ko’yiladi va ossillyatsiyani qog’oz tasmaga elektrokar­diograf yordamida yoziladi.

Laborator tekshirishlar ko’rsatkichlari travmatologiya va ortopediyada spesifik diagnostik axamiyatga ega emas. Suyak to’qimasi shikastlanganda siydikda neytral yog’ning paydo bo’lishi va uning yog’ emboliyasi bilan asoratlanishi bundan istisno. Klinik travmatologiya amaliyotida umumiy tekshirishlardan foydalaniladi. Bunga qon, siydik analizi, lyumbal punksiyada bo’g’imlardan olingan punktat, absessdan, infiltrat va suyaklardan olingan suyukliklar kiradi. Sil, exinokokk va boshqalarga reaksiya ko’yiladi, biopsiya, biokimyoviy, bakteriologik va boshqa tekshirishlar o’tkaziladi.

Tashxis ko’yish. Bemorni tekshirish natijasi tashxis qo’yish bilan xulosalanadi. Ayrim hollarda tashxis qo’yish oson, ammo ko’pincha ortopedik kasalliklarda tashxis qo’yish uchun xamma klinik rentgenologik laborator va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi va kasallikning rivojlanishi o’rganilib, tashxis ko’yiladi.

Yallig’lanish jarayonlarida yallig’lanish tabiatini aniqlash kerak — surunkali yoki o’tkir. So’ngra yallig’lanish etiologiyasi ko’rsatiladi: sil, bod kasalligi, distrofik jarayon sababli va xokazo. Bularni aniqlagach jarayon lokalizatsiyasi aniqlanadi, masalan: a) katta boldir suyagi yuqori uchdan bir qismining surunkali gematogen osteomieliti; b) chap tizza bo’g’imi kanotsimon boylamining surunkali giperplaziyasi (Goff kasalligi).

Travmada to’g’ri ta’riflangan tashxis kuyidagi savollarga javob berishi kerak: 1) ochiq yoki yopiq shikastlanish; 2) uning tabiati; 3) qanday to’qima shikastlangan (mushak suyak va xokazo); 4) shikastla­nish joyi; 5) to’qimalar yoki suyakning ajralishi va ko’zgalishi; 6) qo’shilib kelgan jaroxatlanish (nerv, tomir, siydik chikaruvchi yo’llar va xokazo).



To’g’ri ta’riflangan tashxisga misollar keltiramiz:

1. O’ng son suyagi o’rta qismining yopiq qiyshiq sinishi va suyak bo’laklarining uzunasiga siljishi.

2. Chap son suyagi bo’yinchasining medial adduksion (varus) sinishi. To’liq va aniq, tashxis davolash taktikasini belgilaydi.

Travmatizm. Axolining ma’lum guruxlari yoki qatlamida bir xil vaziyatda, mexnat va turmush sharoitlarida yuz beradigan shikastla-nishlar yig’indisi xisoblanadi.

Axolida turli faoliyat turlarida uchraydigan shikastlanishlarning sabab-oqibatlariga oid bog’liqliklarni aniqlash, shikastlarning oddini olish uchun ishlab chiqiladigan choralar uchun zarurdir. Bu bog’liqliklar shikastlarni kelib chiqish shart-sharoitlarini sistemaga solib o’rganish, takror shikastlarni keltirib chiqaradigan ichki va tashqi omillarni taxlil qilishga imkon beradi.



Ishlab chiqarishdagi travmatizm - sanoat va qishloq, xo’jalik ishlab chiqarishida va ishlab chiqarishga oid bo’lmagan travmatizm - turmushda, ko’chada, transport vositasiga, sportga, xarbiy xizmatta oid va boshqa travmatizm turlari farq qilinadi.

Travmatizm darajasi 1 oy, bir yil uchun 100 yoki 1000 kishiga shikastlar miqdori bo’yicha hisoblanadi

Ishlab chiqarish (sanoat) travmatizmi o’z ichiga ishlab chiqarish jarayonida, sanoatda, qurilishda, transportda, qishloq xo’ja­lik ishlab chiqarishida o’z vazifasini bajarayotgan paytda olingan shikastlanishlarni birlashtiradi.

Shikastlantiruvchi omillar bir necha turlarga bo’linadi: 1) moslamalar, instrumentlar, mexanizmlar va boshqa turdagi uskunalar (transport va ko’targichlardan tashqari); 2) transport vositalari; 3) ko’taruvchi jixozlar; 4) o’rni o’zgartiriladigan yuklar va narsalar (ularning ag’darilishidan tashqari); 5) tiraladigan narsalarning ag’darilishi va balandlikdan tushishi (ulardan otilib chiqadigan bo’laklar bilan birga); 6) elektr toki; 7) alanga (portlash, yong’in), erigan metall, jixozlarning qizib turgan qismi, issiq suv, bur va boshqa termik omillar; 8) balandlikdan yiqilish; 9) suvga botish (cho’kib ketish); 10) shikastlaydigan boshqa omillar.

Shikastlarga imkon yaratuvchi sabablarning asosiy guruhlari kuyidagilar:

Tashqiliy sabablar: ish jarayonini tashqil qilishdagi kamchiliklar, uning axvoli va jixozlanishi, noto’g’ri, xavfli ish usullarini qo’llash, ish jarayonida texnika xavfsizligi va mexnatni muhofaza qilishga e’tibor bermaslik ish jarayonini yomon tashqil qilish, shaxsiy himoya moslamalar yo’qligi yoki ularning nosozligi.



Texnik sabablar: jixozlar – dastgoxlar, mashinalar, priborlarning nosozligi, qo’l asboblari va moslamalarning nosozligi; mashinalar konstruksiyasining nomukammalligi; mashinalar, dastgohlar va boshqa turdagi sanoat jixozlarining atrofi o’ralmaganligi va ehtiyot moslamalarining yo’qligi, o’raladigan moslamalar, avtomatik blokirovka va boshqalarning nomukammalligi.

Moddiy vositalar – asbob-uskunalardan etgan shikastlanishlar (detallar, tayyor asboblar va boshqalarning tushib ketishi).

Sanitariya-gigienik sabablar: ishlab chiqarishda sanitariya-gigienik rejimning buzilish xollari - ish joyida yoritilishning etishmovchiligi yoki ko’pligi, ish joyida xaroratning haddan tashqari balandligi yoki pastligi, ventilyatsiyaning yetishmovchiligi, ishlab chiqarishdagi chang, ishlab chiqarish xududining iflosligi, chiqindilarning to’planib kolganligi.

Shaxsiy sabablar: ishchilarning kasalliklarini o’z vaqtida aniqlamaslik malakasining etishmasligi, ayrim psixologik va fiziologik xolatlar, xususan, charchash va alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish.

Shikastlanishning qayd etilgan sabablari ro’yxati ko’p jihatdan ishlab chiqarish spesifikligiga bog’liq.

Travmatizmning profilaktikasi asosida baxtsiz hodisa ro’y bergan joyda har bir baxtsiz hodisani tekshirish yo’li bilan shikastlarning paydo bo’lish sabablari, vaziyati va sharoitlarini o’rganish yotadi. Ishlab chiqarishda xar bir shikastlangan shaxsga o’z vaktida o’sha joyning o’zida birlamchi tibbiy yordam tashqil qilinadi va zarurat bo’lsa, uni ixtisoslashtiriltan davolash - profilaktika muassasasiga yuboriladi.

Ishlab chiqarishda yuz bergan shikastning og’ir-yyengilligi to’g’risidagi xulosani shikastlangan shaxs davo olayotgan davolash muassasasi vrachlari beradilar. Bunga baxtsiz xodisa ro’y bergan korxona, muassasa yoki jamoa xo’jaligi davolash muassasasiga talabnoma yozadi. Shikastlarning og’ir-yyengilligini a’zolar va sistemalarning anatomik shi-kastlanishi tabiati, shikastlangan shaxsning xayoti va sog’lig’i uchun xavfliligi, yo’qotilgan funksiyalarning real tiklanish imkoniyatlari bo’yicha aniqlanadi.

Xar bir korxonada uchta asosiy ko’rsatkich bo’yicha travmatizm xaqida fikr yuritish mumkin: travmaning takrorlanish koeffitsienti, odatda 100 yoki 1000 ta ishlovchiga xisob qilinadigan ish qobiliyati yo’qotilgan, kunlar soniga xisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak ya’ni shu korxonada xisobot oyining birinchi sanasidagi tashqilotida ishlovchilarning sonini bilish kerak

Travma takrorlanish koeffitsientini – intensiv ko’rsatkich formula bo’yicha xisoblanadi.

Ishlab chiqarishdagi travmatizmni taxlil qilganda vaqtinchalik ishga yaroqsizlik bitta ko’rsatkichi bilan qanoatlanmaslik kerak chunki ularnin gxar biri bir xodisani turli jixatlarini baholaydi va ular bir-birini to’ldiradi. Shikastlanishlarning uchrash koeffitsienti korxona ma’muriyatining texnika xavfsizligi bo’limi, jamoat tashqi-lotlari va tibbiyot xodimlari bilan xamkorlikda baxtsiz xodisalarning oldini olish bo’yicha olib borayotgan ishlarining sifatini ko’rsatadi. 100 ishlovchiga ishga yaroqsiz kunlar soni - asosan iqtisodiy ko’rsatkich, shikastlanish oqibatida ish kuchining yo’qotilishini ta’riflovchi va sotsial sug’urta bo’yicha to’lanadigan pul miqdoridir. U ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning oldini olish bo’yicha ishni tashqil qilinganiga va shikastlanganga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va uni davolashga bog’liq, bitta korxonadagi shikastlarning og’ir-yyengillik koeffitsienti va, ayniqsa, bir xil shikastlanishlarda davolash muassasalarining birlamchi yordam berishi va shikastlanganlarni davolashni sifat ko’rsatkichi tarzida qabul qilish mumkin.

Travmatizm bo’yicha profilaktik ishga baho berishda qaysi ishlab chiqarishda bo’lmasin, to’g’ri xulosa chiqarish uchun uchta kompleks ko’r­satkichlarni kompleks taxlil qilish kerak.

Bolalar travmatizmi va uni profilaktika qilish yo’llari. Bolalar travmatizmi – bolalarda bir xil yoshdagi guruhda, ma’lum sharoitda bir xil uchraydigan shikastlanish yig’indisi (turmush sharoiti, maktabgacha va maktab muassasasi, ishlab chiqarish ustaxonalari, uyushmagan xordiq chiqarish va boshqalar) xisoblanadi.

Travmaning og’ir-yengilligini, shikastlanishlarning u yoki bu mexanizmini, travma yuz bergan vaziyatni, travma olingan vaqtini aniq, tasavvur qilish, tibbiy yordam berish shakllarini takomillashtirish va, ayniksa, bolalar travmatizmiga qarshi profilaktik choralar ishlab chiqishga yordam beradi.

Sabab-oqibat omillarini tekshirish asosida bolalar travmatizmini o’rganishda uning bir necha turi farq qilinadi, ularning salmog’i bir xil bo’lmaydi: turmushda uchraydigan travmatizm – taxminan 60% ni tashqil qiladi, ko’chada uchraydigan travmatizm (transport vositalariga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan) - 15% ga yaqin, sportga bog’liq bo’lgan - 9%, maktabda uchraydigan - 8% ga yaqin, bundan tash-qari, uning tug’ruq travmatizmi, qishloq xo’jalik va boshqa turlari mavjud.

Travmatizm turidan va shikastlanish tabiatidan qat’iy nazar, shikastlanishlar o’g’il bolalarda ko’proq uchraydi (umumiy soniga nisbatan 23), chunki o’g’il bolalar turmushda, maktabda va ko’chada ko’p sho’xlik qiladilar, xarakatchan bo’ladilar, tartibga chaqirish qiyin bo’ladi.

Oila sharoitida, uyda, hovlida yuz bergan hamma shikastlanishlar turmushda uchraydigan travmatizmga taalluqli. Bu sharoitlarda bolalarga ota-onasi va katta yoshdagi qarindoshlar qaraydi. Bog’chada, maktabda va u erdan kelayotgan paytlarda yuz bergan travmalar - maktab travma­tizmiga kiradi.

Uyushtirilgan sport mashg’ulotlarida, musobaqalarda va uyushtirilmagan dam olish vaqtida etgan shikastlanishlar sport travmatizmi xisoblanadi.

Bolalar travmatizmining hamma turidan transport travmatizmi eng ko’p, og’ir shikastlanishlarga sabab bo’ladi, ayrim xollarda esa o’lim bilan tugaydi. Ko’pincha travmatizmning bu turi maktab yoshidagi bolalarda uchraydi. Bunday shikastlanishlarning sababi oddiy kucha qoidalarini buzishdir. Bu travmatizm statistik xisobotlarda «Ko’cha notransport travmatizmi» nomi bilan yuritiladi.

Maktablarda ishlab chiqarish o’quvi va o’quv-ishlab chiqarish faoliyati tufayli travmalar sezilarli darajada ko’paydi. Bu travmatizmga ko’pincha jixozlar, asbob-uskunalarning nosozligi va ularni ishlatishni yetarli darajada bilmaslik sabab bo’ladi.

Og’irlik darajasi bo’yicha yengil shikastlanishlar ko’p (50-55% ga yaqin) uchraydi. O’rtacha og’irlikdagi shikastlanishlar 30-32% ni tashqil qiladi, og’ir shikastlanishlar esa 3-4% ni tashqil qiladi, ularning bir qismi o’lim bilan tugaydi.

Shikastlanishlar tabiati bo’yicha bolalar travmatizmi strukturasi quyidagicha taqdim qilinishi mumkin: bosh miya travmasi – 35%; yopiq sinishlar – 29%; ochiq sinishlar – 4,6%, lat eyish, boylam apparatining qisman yirtilishlari – 9,8%; kuyishlar, sovuq oldirishlar – 8,9%; jaroxatlar – 9,2%; boshqa turlari (elektrdan shikastlanish, suvga cho’kish, xayvonlar tishlashi) – 3,5%.

Bolalar travmatizmining bu ko’rsatkichlari yosh guruxiga qarab jiddiy farq qiladi. YuNESKO ma’lumotlariga qaraganda 5-14 yoshdagi bolalarda baxtsiz xodisalardan eng yuqori - 50% da o’lim sodir bo’ladi, 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda esa o’lim 4% ni tashqil qiladi va 65 yoshdan yuqori yoshdagi guruxlar o’limi bilan taqqoslasa bo’ladi.

Bolalar travmatizmiga qarshi kurashish tadbirlarini to’g’ri tashqil qilish va o’tkazish uchun quyidagi guruxlarda bolalar travmatizmining xususiyatlarini inobatga olish shart: ko’krak yoshidagi (1 yoshgacha), kichik bog’cha yoshidagi (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha bo’lgan yosh (3 yoshdan 7 yoshgacha) va maktab yoshidagi (7 yoshdan 16 yoshgacha) bo’lgan bo­lalar ota-onalari yoki parvarish qiladigan kattalar qaramog’ida bo’­ladi, shuning uchun bunday bolalarda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalarga katta yoshdagi odamlar sababchi bo’ladi.

Kattalar orasida olib boriladigan profilaktik ishlar bolani parvarish qilishda uning shikastlanishiga to’liq yo’l qo’ymaydigan darajada tashqil etilishi kerak

Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning xarakatchanligi ko’payishi munosabati bilan ular uy va bog’cha sharoitida nazorat va tarbiyaga ko’proq muxtoj bo’ladilar. Bu yoshda ko’pincha tirsak bo’g’imida qisman boylamlar shikastlanishi va yelka suyagi boshchasi bilan bilak suyak boshchasi orasidagi bo’g’im xaltachasi cho’zilib yoki qisilib qolishi uchraydi. Asosan bu shikastlanishlarga bolalarning qo’lini turli vaziyatlarda vertikal yo’nalishda tez, kuch bilan tortish va bolaning qo’lini qo’lmak loydan qattiq tortish sabab bo’ladi. Kattalar bunday shikastlanishdan xabardor bo’lib, bolani etaklab olib yurganda bola­larning qo’llaridan tez va qattiq tortmasliklari kerak Shunga o’xshagan shikastlanishlar yasli va bog’chada ham bo’lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, bu yoshdagi bolalarda shikastlanishning oldini olish uchun, xodimlar bilan doimo tushuntirish ishlarini olib borish kerak Har bir shikastlanish hodisasi bolalar muassasasida muxokama qilinishi shart.

Ko’pchilik maktab yoshigacha bo’lgan bolalar kunning birinchi yarmida bog’chada tarbiyachi va kunning ikkinchi yarmida ota-onasi kuzatuvida bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda qiziquvchanlikning chegarasi bo’lmaydi: Ular bir joyda o’tirishmaydi, doimo harakatda bo’lishadi, ammo ular ma’lum darajada tashqi muhit bilan alokada bo’lish tajribasiga ega. Har xolda kattalarning beparvoligi oqibatida kuyishlar soni xozir ham yuqori darajalarda (26,2% gacha) saqlanib qolayapti. Faqat termik kuyish sabablari o’zgargan: bolaning suyuq issiq ovqat ichish vaq-tidagi sho’xligi, taom tayyorlanayotgan, kir yuvilayotgan xonalarda o’ynashi, extiyotsizlik bilan qoldirilgan gugurtni olib ishlatishi va xokazo.

Bahor, yoz faslida to’r bilan to’silmagan oynalar va balkonlardan yiqilib tushish xodisalari ko’payadi. Bu shikast o’zining og’irligi bilan farq qiladi va ko’pincha o’limga olib keladi. Xovlilarda, ko’chada, zinapoyalardan yiqilishda va avtotravma oqibatida ko’krak qafasi va qorin bo’shligi a’zolarining shilinishi, lat eyishi, sinishi va bot miya shikastlari soni ko’payadi.

Profilaktik tadbirlar. Ular maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda travmatizmni kamaytirishga qaratilgan bo’lib, ota-onalar, bog’cha tarbiyalovchilari va xodimlari bilan tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat. Zinapoyalar va ochiladigan derazalarga bola-larning chiqishi uchun xech qanday imkoniyat bo’lmasligi kerak Bolalar uchun xovlida o’yinlar o’ynaladigan maydoncha qurilishi va u kattalar nazoratida bo’lishi kerak

Bolalar maktabga qabul qilinishi bilan ularga ko’proq mus-taqillik beriladi va ular orasida turli-tuman shikastlanishlar ro’y berib turadi. Travmatizmning turli xilligi 7 dan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarning ruxiy va jismoniy rivojlanish xususiyatlariga bog’liq, bo’lib, ular kichik o’rta va katta maktab yoshdagi bolalarda kuzatiladi.

Maktab yoshida travmatizmning xar xil turlari uchraydi. Bolalar aksariyat turli portlovchi va yengil yonuvchan moddalar bilan tajriba o’tkaza boshlashadi. O’zining epchilligi va kuchini atrofdagilarga namoyish qilish maqsadida ular sport snaryadlari bilan mashqlar bajarishda extiyot choralarini qo’llamaydilar.

Maktab yoshidagi bolalar bilan maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalar travmatizmi taqqoslansa, unda maktab yoshidagi bolalarda sport va transport travmatizmi sonining ko’payishini payqash mumkin.

Velosiped xaydashdagi shikastlanishlar aloxida diqqatga sazovor; hamma shikastlanishlarning yarmi katta maktab yoshidagi guruxga to’g’ri keladi. Shikastlanishlar tabiati turlicha: yiqilganda yengil lat yeyishdan to qator xollarda o’lim bilan yakunlanadigan g’oyat og’ir murakkab shikastlanishlargacha uchraydi. Bu og’ir shikastlanishlarga xarakatdagi transport bilan to’qnashuv va uning bosib ketish xollari bevosita sabab bo’ladi.

Agar mashg’ulotlar dasturini bolaning tegishlicha jismoniy rivojlanganligiga muvofiqlashtirilsa, asosan o’rta va katta maktab yoshidagi o’g’il bolalarda (2:1) shikastlanishlarning oldini olish mumkin. Afsuski, hamma maktablarda ham mashg’ulotlar dasturi o’quvchining sog’liq, xolati va jismoniy rivojlanishi bilan uyg’unlashtirib berilmaydi.


Mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:

Galereya buylab tur” uyini


ISh UChUN ZARUR:

  1. Xar xil rangli ruchkalar.

  2. Jerebtevka uchun qog’ozlar.

  3. O’yin bayonnomasini olib borish.

  4. Savollar yozilgan konvertlar.


Ishni bajarilish tartibi:


  1. Gurux 3 ta kichik guruxlarga bo’linadi.

  2. Xar bir guruxcha aloxida stollarga o’tirib, bittadan oq qog’oz va bir xil rangli ruchka olishadi.

  3. Qog’ozga sana, gurux nomeri, o’yin nomi, shu guruxdagi talabalarning ismi, sharifi yoziladi.

  4. Guruxchadan bitta talaba o’qituvchi oldidan savollar yozilgan bitta biletni oladi va shu gurux o’z javoblarini qog’ozga yozishadi.

  5. Xar bir guruxcha uchun aloxida savollar bir xil murakkablikda tuzilgan bo’lishi kerak.

  6. 10 minut vaqt beriladi.

  7. Kichik guruxlar 10 minut davomida o’z javoblarini qog’ozga yozishadi va vaqt tugashi bilan 2-3 guruxchalar savollarni almashadilar.

  8. Keyingi xar bir guruxcha oldingi guruxchalar javobini o’qib baxolashadi va o’zlari qo’shimcha yozishadi, bu etap xam 10 minut davom etadi.

  9. 30 daqiqadan so’ng qog’ozlar yig’ib olinadi. Bu varaqlar 3 xil ruchkada yozilgan javoblar varianti bo’ladi.

  10. Xamma talabalar natijalarni birgalikda taxlil qilishadi. Buning uchun 15 minut vaqt beriladi.

  11. O’z variantiga to’g’ri javob yozgan va boshqa variantlarga qo’shimcha ravshda javob bergan guruxga yuqori ball beriladi.

  12. Talabalarni baxolashda ish o’yinida olgan ballari xisbga olinadi.

  13. Talabalar ish o’yinlari o’qituvchida saqlanadi.

Galereya buylab tur” o’yini



Yüklə 262,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin