O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Yüklə 262,76 Kb.
səhifə2/4
tarix26.02.2017
ölçüsü262,76 Kb.
#9673
1   2   3   4

6- racm. Tirsak bo’g’imida xahakatni o’lchash.

Bilak-kaft usti bo’g’imini bukish va yozish xarakatlarini burchak o’lchagich oshiq-moshig’ini bilak suyagiga qo’yib, branshlaridan bittasini bilak o’qi, ikkinchisini esa II kaft suyagi uzunligi bo’yicha qo’yiladi (7-rasm, a).





7-rasm. Bilak-kaft usti bo’g’imi xarakatlarini o’lchash. a - bukish va yozish xajmini o’lchash; b - yaqinlashtirish va uzoqlashtirish xajmini o’lchash.
Ko’pincha, bilak-kaft usti bo’g’imida frontal yuzadagi xarakat aniqlanadi (abducsio va adducsio), buninguchun bilakka supinatsiya holati beriladi. Burchak o’lchagichning oshiq-moshig'i bilak-kaft yuzasiga qo’yiladi, branshlaridan bittasi bilak o’rtasi bo’ylab, ikkinchisi panjaning III barmog'i bo’ylab (7-rasm, b) qo’yiladi. Chanoq-son bo’g’imini bukish va yozish xarakatlarini aniqlashda burchak o’lchagich sharniri katta kust ustiga qo’yiladi va shunda bitta bransh tana bo’ylab, ik­kinchisi esa son o’qi bo’ylab yuradi (8-rasm, a). Chanoq-son bo’g’imida bukuvchi kontraktura bo’lsa, uning aniq, darakat amplitudasini maxsus usullarsiz aniqlash mumkin emas. Shuning uchun chanoq-son bo’g’imida bukuvchi kontraktura bo’lsa, uning xarakat xajmini aniqlashdan oldin lordozni bartaraf qilish kerak; buning uchun sog’lom oyoqni chanoq-son bo’g’imida to’liq buqiladi (8-rasm b). Lordozni bartaraf qilinganligini shifokor qo’l panjasini bemorning bel soxasiga qo’yib tekshiradi.

Chanoq-son bo’g’imida oyoqning yozilishini bemorni qorniga yotqizilgan xolatda tekshiriladi. Burchak o’lchagich sharniri katta kust soxasiga, uning branshi esa son va tana o’qi bo’ylab qo’yiladi.

Chanoq-son bo’shmidagi tanadan uzoqlashtirish (abducsio) va tanaga yaqinlashtirish (adducsio) xarakatlarini aniqlashda xam bemor chalqancha yotkiziladi. Yonbosh suyak yuqori-oldi nuqtasini aniqlagach, shu chiziqda parallel burchak o’lchagichning bitta branshi, ikkinchi branshi esa chot burmasi o’rtasidan o’tadi (8-rasm, v). Tizza xarakatini aniqlashda burchak o’lchagich sharnirini tizza tashqi tomoni oralig’i ustiga qo’yiladi. Tizza bo’g’imining xamma xolatlarida xam uning oraligi tizza qopqog’ining pastki kugbiga to’rri keladi. Burchak o’lchagichning bitta branshi boldir bo’ylab, ikkinchis son o’ki bo’ylab ko’yiladi.

Boldir-panja bo’g’imida bukish va yozish xarakatlar xajmini aniqlashda burchak o’lchagich sharniri ichki to’piqqa qo’yiladi, shunda bitta branshi boldir o’qi bo’ylab, ikkinchisi oyoq-panja ichki chetiga qo’yiladi.

Tekshiriladigan bo’g’imda faol va passiv xarakatlar amplitudasini taqqoslab va olingan natijani umuman sog’lom odamning jinsiga, yoshiga qarab aniqlangan normal xarakat amplitudasi bilan solishtirilgach, xarakatlar xajmining nechog’lik buzilganligi aniqlanadi. Faol xarakatlarning chegaralanganligi aniqlangach, olingan natijalar passiv xarakatlar tabiati bilan solishtiriladi. Passiv xarakatda bo’g’imdagi xarakatlarning chegaralanganligi kontraktura deyiladi. Tabiati bo’yicha chegaralanish yozilgan, yaqinlashgan, uzoqlashgan bo’lishi mumkin. Etiologik omil bo’yicha kontrakturalar miogen, nevrogen, artrogen va desmogen bo’ladi.

Distrofik jarayonlarning pardada (kapsulada) va ishqalanuvchi bo’g’im yuzalarida chuqur rivojlanishi bo’g’im xarakatining chegaralanishi, uning xarakatining butunlay yo’qligiga olib kelishi mumkin. Bo’g’imda yuz bergan bunday xolatni ankiloz deb ataladi. Turlari bo’yicha suyak ankilozi, bunda bo’g’im yuzalari bitib ketadi va fibroz ankiloz, bunda bo’g’imda faol xarakatlar to’lik yo’qoladi. Ammo tekshirish jarayonida passiv xarakat qilinganda og’riqning paydo bo’lishi unda ma’lum darajada, juda oz bo’lsa-da, xarakat borligidan darak beradi. Fibroz ankilozda bo’g’imlar yuzasida suyakli bitish bo’lmaydi va bo’g’imlar yuzasi fibroz-chandiqlar vositasida maxkam ushlanib turgan bo’ladi. Oyoq yoki qo’lning jaroxatlangan segmenti buqilgan, yozilgan, tanaga yaqinlashgan, tanadan uzoqlashgan, tashqari yoki ichkari rotatsiya xolatlarida bo’lishi mumkin.


8-rasm. Chanoq-son bo’g’imi xarakatini o’lchash.


Bo’g’imlar xarakati buzilishining boshqa turi ularning xaddan tashqari xarakatchanligi xisoblanadi. Bu to’qi-malarda, boylamlarda, pardalarda bo’-ladigan o’zgarishlar natijasida va ko’pincha tug’ma hamda bo’g’im yuzalari-ning buzilishi xisobidan bo’ladi. Travmatik chiqish oqibatida bo’g’imda xarakatning chegaralanishi, passiv xarakatlar qilganda prujinasimon qarshilik ko’rsatishi bilan ifoda-lanadi.

Oyoq-qo’llarning uzun-ligini va aylana xajmi-ni o’lchash. Bu o’lchash usuli tayanch-xarakat apparatining xolati to’g’risi-da kimmatli ma’lumotlar beradi. Tekshirish sog’lom oyoq va xastalangan

oyoq yoki qo’lni bir-biri bilan tenglashtirish va taqqoslash yo’li bilan o’tkazilishi kerak Bu ko’zdan kechirish yoki santimetrli tasmada o’lchash yo’li bilan aniqlanadi. Oyoq yoki qo’lning aylana xajmini o’lchashda bir xil masofada aniq va belgilangan nuqtadan: tizza qopqog’ining pastki nuqtasi yoki katta boldir suyagi g’adir-buduridan - boldir uchun; son uchun esa tizza qopqog’ining yuqori qutbi xisoblanadi (9-rasm).

Oyoq-qo’llarning uzunligini va aylana xajmini o’lchashga (santi­metr xisobida), qo’l va oyoqlar orasidagi asimmetriyani aniq, belgilab ko’yib va keyinchalik shu segmentlardagi asimmetriya o’zgarishini dinamikada kuzatish yordam beradi. Santimetr yordamida o’lchash mu-rakkab emas va o’lchash ikkita belgilangan suyaklar do’ngligidan oli-nadi. O’lchashning asosiy qoidasi — bu o’lchanadigan qo’l yoki oyoqlar-ning gavdaga nisbatan doimiy ma’lum bir xil xolatda turishi xisob-lanadi. O’lchash qattiq kushetkada bajarilishi kerak Chanoqning oldingi yuqori qirralari tananing perpendikulyar o’qiga to’g’ri keli-shi kerak Qo’l va oyoqlar ularning o’qiga parallel turishi kerak Oyoq yoki qo’lning kontrakturasi bo’lsa yoki majburiy xolatda tursa, og’riq borligi sababli sog’lom tomonni ham unga moslashtirib simmetrik xolat beriladi.



9-rasm. Oyoqning aylana xajmini o’lchash.


Qo’lning uzunligini kurakning akromial o’sigidan bilak suyagining bigizsimon o’sigigacha yoki III barmoqning uchigacha o’lchanadi (10-rasm, a), bunda qo’l tirsak bo’g’imida to’g’ri burchakostida buqilgan bo’lishi kerak Bilak uzunligi tirsak o’sigining yuqori uchidan to tirsak suyagining bigizsimon o’sigigacha o’lchanadi (10-rasm, v).

10-rasm. Ko’l (a), yelka (b) va bilak (v) uzunligini o’lchash.


Oyoqning uzunligi yonbosh suyagining oldingi-yuqori qirrasidan ichki yoki tashqi to’piqning yuqori uchigacha o’lchanadi (11-rasm); son uzunligi - katta ko’stning bo’rtib chiqqan nuqtasidan yoki yonbosh suyagi oldingi-yuqori qirrasidan to tizza bo’g’imi oraligigacha o’lchanadi (12-rasm); boldirning uzunligi – tizza bo’g’imi oraligidan to tashqi yoki ichki to’piq yuqori uchigacha, boldirning tashqi yoki ichki chetigacha o’lchanadi (13-rasm).



11-rasm. Oyoq,

uzunligini o’lchash.



12-rasm. Son

zushshgini o’lchash.



13-rasm. Boldir uzunligini o’lchash.
O’lchash sharoitlari va natijalari kasallik tarixiga yoziladi. O’lchashda ishlatilgan tanish nuqtalarni aniq yozish davolash jarayonida oyoq yoki qo’lning uzunligi yoki aylana xajmidagi ijobiy o’zgarishlarga baho berish imkoniyatini yaratadi. O’lchash jarayonida aniqlangan oyoq yoki qo’lning kaltaligi yoki uzunligi bir necha: tuyuluvchi, xaqiqiy va nisbiy turlarda bo’lishi mumkin.

Tuyuluvchi yoki funksional kaltalik bo’g’imdagi kontraktura xisobidan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham segment-segment qilib o’lchash uzunasiga bo’lgan o’zgarishlarni aniqlashga imkon bermaydi. Uzunlikning tuyuluvchi o’zgarishi bo’g’imlarning biridagi patologik xolatga: kontraktura, ankiloz va mushaklarning tarant qotib qolishiga bog’liq (14-rasm, v).

Oyoq yoki qo’l uzunligini xaqiqiy o’zgarishi segmentlaridan birining organik o’zgarishiga bog’liq, (singan suyak bo’laklarining siljishi, o’sishning buzilishi, patologik jarayoni natijasida emirilishi). Oyoq yoki qo’l xaqiqiy uzunligining o’zgarishi umumiy va segment-segment bo’ylab o’lchaganda ham aniqlanadi (14-rasm, b).

Oyoq yoki qo’l uzunligining nisbiy o’zgarishi (kaltaligi, uzunligi) bo’g’imlarning o’zaro segment ulanish munosabatlarining buzilishiga bog’liq. Qo’l-oyoqlar uzunligining bu turdaga o’zgarishlari bo’g’im sababli o’zgarish deyiladi; bu chiqish va bo’g’im ichida sinishlarda uchraydi. Qo’l-oyoqlarning klinik yoki yig’indi (summar) uzunligining o’zgarishlari tushunchasiga (kaltaligi, uzunligi) tuyuluvchi, xakikiy va nisbiy o’zgarishlar kiradi.




14-rasm. Oyoqning kaltalik turlari.

a-tizzaning bukuvchi kontrakturasida funksional kaltalanish; b-son suyagi sinib siljiganda oyoqning xaqiqiy kaltalanishi; v-son chiqqanda oyoqning nisbiy kaltalanishi.
Santimetrli tasma bilan o’lchashdan tashqari, qo’l-oyoqlar uzun-aigidagi farqni ko’z orqali nisbiy taqqoslash yo’li bilan aniqlash mumkin. Buning uchun bemorni qattiq kushetkaga yotkizib, tizza qop-qog’i yuqori qutblarini, boldir to’piqlarini va yonbosh suyagi oldingi-yuqori qirralarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Agar ko’rsa-tilgan nuqtalar bir-biriga mos kelmasa, unda qaysi segment xisobiga uzun-kaltalik borligi aniqlanadi. Shunday qilib, bemor qattiq ku­shetkaga chalkancha yotkizilib, oyoqlarini tizza va chanoq-son bo’g’imlarida buqiladi. Bemorning oyoq tomonidan qaralsa, tizzalarning past-balandligi yaqqol ko’rinadi, bu son segmentining uzun yoki kalta-ligini aniq ko’rsatadi. Boldirlarning uzun-kaltaligini bemorni stul qirrasidan oyoqlarini osiltirgan xolda o’tkazib aniqlanadi (15-rasm). Qo’lning uzun-kaltaligini aniqlashda qo’l tushirilgan va tanaga yaqinlashgan xolatda bo’lishi kerak Yelkaning uzunligini aniqlashda qo’lni tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida buqiladi va bemorning orqa tomonidan o’tib qaralsa, tirsaqlarning o’zaro farqi aniqlanadi (16-rasm). Bilaklarning bir-biridan uzunligi farqini aniqlashda ikkala tirsakni stolga ko’yib, kaftlar bir-biriga ko’yiladi: bigizsimon o’siklarning joylashishi va barmoqlar uchlarining bir-biriga to’g’ri kelmasliga bilaklarning notekisligini bildiradi. Oyoq panjasining turli deformatsiyalarini ular konturalarining izini olish bilan o’rganiladi (podogramma).

15-rasm. Boldir uzunligini solishtirish. 16-rasm. Yelka uzunligini

solishtirish.


Buning uchun oyoqlar kaftiga bo’yoq surtiladi, bemor bir varaq oq qog’ozga oyog’ini ko’yadi va qolgan iz asosida patologik o’zgarish aniq-lanadi. Umurtkani o’lchash uning deformatsiyasiga muvofiq sagittal (skolioz), frontal (kifoz, lordoz) va gorizontal (rotatsiya) yuzalarda bajariladi. Yoniga qiyshayishni vertikal xolatda shovun yordamida o’lchanadi. Buning uchun flomaster yordamida belgilab, brilliant ko’ki eritmasi yoki siyoh bilan to’g’ri o’siqlar bo’ylab, shovun ipini past-yelka teshigiga to’g’rilab, vertikal chiziqdan og’ganligi aniqlanadi. Agar deformatsiya bo’lmasa, shovun chizigi bilan to’g’ri o’siq chizig’i bir-biriga mos keladi. Frontal yuza deformatsiyasini burchak o’lchagich -kifometr bilan konturlarini chizib aniqlanadi. Qiyshiqlik dina-mikasi bir necha pozitsiyada: odatdagi, to’g’rilangan, buqilgan va yozilgan qad-qomatda o’lchanadi.

Mushak kuchini o’lchash. Tayanch-xarakat apparatining ko’pgina deformatsiyalarida mushaklar sistemasining xolatini aniqlash bemorlarni tekshirishning muhim metodi xisoblanadi. Biror segmentda mushaklar muvozanatining buzilishi deformatsiya rivojlanishiga asosiy sabab bo’lishi mumkin. Bu asimmetriya sust va spastik falaj-liklarda (poliomielit, bolalar markaziy falaji – DSP, orqa miyaning shikastlanishi) bo’ladi. Mushaklar kuchini xarakat paytida tekshirish natijalari maxsus dinamometr yordamida ballar xisobida baholanadi. Talaygina yuk tushganda oyoq-qo’l segmentidagi mushak guruxlarining xarakatlar xajmi batamom saqlanib kolgan xolat norma (5 ball) deb qabul qilinadi. 4 ball – xarakatlar to’liq xajmda mavjud, ammo kam yuk bilan bajariladi. 3 ball - to’lik xarakat xajmi saqlanib qolgan bo’lib, mushaklar taranglashishi faqat qo’l yoki oyoq massasini enga oladi; 1-2 ball - mushaklarning qisqarishi qo’l yoki oyoq massasini enga olmaydi; 0 ballda xatto mushak qisqarishini aniqlab bo’lmaydi, ya’ni to’lik falajlik ro’y beradi.

Tayanch-xarakat apparatining funksiyasini aniqlash. Tayanch-xarakat apparati bir segmentining faoliyati buzilishi, organizmda kompensator o’zgarishlar rivojlanishiga olib keladi. Bu kompensator – moslashish o’zgarishlar har bir odamda individual shakllanadi va ko’p jixatdan uning markaziy asab sistemasi xolati va shikastlanish xarakteriga bog’liq bo’ladi.

Tayanch-xarakat a’zolarining biror segmentida nuqson topilgan bo’lsa, organizmda kompensatsion o’zgarishga olib keladi. Lekin individuallikka qaramay, moslashish reaksiyalari ko’pgina umumiy klinik belgilariga ega. Funksional xolat bemor yurganda, tik turganda, o’tirganda, tizzalarini bukib, panjalarini bosib o’tirganida, poyafzal kiyganida, kichkina jismlarni (predmetlarni) olganda, yozganda, tugmasini taqqanda va boshqalarda baholanadi. Bemorning yurishini o’rganish tayanch-a’zolarining funksional xolatini aniqlash imkonini yaratadi va yurishning turlicha bo’lishiga asoslanib to’g’ri tashxis qo’yish va tegishli muolaja qilishga imkon beradi. Chunonchi, «o’rdaksimon» yoki chayqalib yurish sonlar boshchasining ikki tomonlama tugma chiqish belgisi xisoblanadi, avaylab oksoqlanish og’riq. sezish natijasida, avaylamasdan oksoqlanish oyoqning kaltaligi va boshqa sabab-larga bog’liq. (17-rasm).





17-rasm. Sonning to’rt boshli mushak falajida bemorning qadam bosishi.

Travma va ortopedik kasalliklari bo’lgan bolalarni tekshirishning ayrim xususiyatlari. Bolalarda shikastlanish va ortope­dik kasalliklarni tashxislash, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda ancha qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Shifokor son suyagi diafizining «yashil novda» tipi bo’yicha sinishida, ko’-pincha, xatoga yo’l qo’yishi mumkin, chunki bu sinishda oyoq uzunligi kaltalanmasligi va shakli o’zgarmasligi mumkin. Xatto tajribali shifokor xam ortopedik kasallik nevrologik patologiya zamirida kechganda tashxis kuyishga qiynalishi mumkin. Shuning uchun shifokor patologiyani aniqlay olmasa, lekin bolaning shikoyatlari qolsa, unda tekshirishni batafsil va chukurrok o’tkazish talab qilinadi.

Anamnez yig’ish qiyin vazifalardan biri xisoblanadi. Shifokor bola boshidan kechirgan travma mexanizmini tushunishi kerak Orto­pedik kasallik borligiga gumon bo’lsa, unda xomiladorlik tug’ruqning kechish xususiyatlarining ahamiyati bor. Bolada patologik o’zgarish tug’ilganda bo’lganmi yoki keyin rivojlanganmi – buni aniqlash kerak shuningdek bolaning umumiy rivojlanish xususiyatlarini bilish xam kerak: u qachon boshini tuta oldi, o’tirdi, tik turdi va yura boshladi. Ortopedik deformatsiyalarda patologiyaningirsiyligini aniqlash kerak Agar bola bilan gaplashishning imkoni bo’lsa, uning bergan ma’lumotlari ota-onasining aytgan ma’lumotlaridan ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi.

Bolani umumiy ko’zdan kechirish. Ortopedik kasallikka gumon bo’lsa, unda tana tuzilishining mutanosibligi, xolati va qadam tashlashi aniqlanadi. Bolaning bo’yi o’lchanadi va yosh jadvali bo’yicha uning normaga muvofiqligi aniqlanadi. Buy o’sishining orqada kolishi skelet sistemasi kasalliklariga xos. Ko’krak emadigan chaqaloqni ko’zdan kechirganda oyoq-qo’llari kalta tuyuladi, ammo bu, agar bola katta vaznda (4 kg ga yaqin) tug’ilgan bo’lsa, patolo­giya emas. Gavda tuzilishining bu disproporsiyasi 2-3 yoshlarda o’zicha yo’qoladi. Umumiy ko’zdan kechirganda tana va qo’l-oyoqlardagi asim-metriyani aniqlash mumkin. Ortopedik kasalliklarda terida kon tomirlar o’zgarishi yoki pigmentli doglar, teriga kon kuyilishi, gipertrixoz, giperkeratoz, chandiqlar, teri osti venalari tasvirining kuchayishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Bel umurtkalari ravo-g’ining bitmasligi belgilaridan biri – bel soxasidagi tuklarning ko’pligi – Mixaelis rombi kuzatilishi mumkin.

Ko’zdan kechirganda teri burmalarining simmetrikligiga ahamiyat berish kerak Ma’lumki, chanoq-son bo’g’imining displaziyasida va sonning tug’ma chiqishida dumbalar burmasida simmetriya yo’qoladi. Bundan tashqari, odatda bo’lmaydigan teri burmalari paydo bo’lishi tug’ma patologiyadan darak beradi. Masalan, Shereshevskiy-Terner sindromida bo’yinda g’ayri-tabiiy burmalar («qanotsimon bo’yin») ko’rinib turadi.

1 yoshdan katta bo’lgan bolani ko’zdan kechirilganda uning qadam tashlashini kuzatish mumkin. Bolalarda «o’rdaksimon» qadam tashlash son suyagining bo’yin-diafiz burchagi kamayganda, sonning chiqishida, raxitda va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.

Sonning ikki tomonlama tug’ma chiqishida bola qadam tashlab yurganda bel lordozi kuchayadi, qorin oldinga bo’rtib chikadi. Qadam qo’yishdagi vaktning va tayanch kuchining qisqarishi natijasida u avaylab oksab yuradi. Bunday yurish kelib chiqishidan kat’iy nazar artritlarda, tashxislanmagan sinishlarda va Pertes kasalligining boshlangich davrida bo’ladi. Oksash oyoqlarning uzun kaltaligidan ham kelib chikadi. Bu xolat uzun oyoqni chanok-son va tizza bo’rimlarida bukish yoki kalta oyoqni «uzaytirish» yoki oyoq panjasini pastga egish bilan kompensatsiya qilinadi, bu ottuyogiga o’xshatiladi. Buxolat ko’-pincha oyoq bo’g’imlari kontrakturasi va ankmlozida uchrab turadi. Yurishning yomon tomonga tez o’zgarishi markaziy va periferik asab sistemasining organik zararlanishlarida bo’ladi- Spastik paralitik va ataktik odimlash eng tipik xisoblanadi.

Shifokor bemorni umumiy ko’zdan kechirgach, uning tana qismlarini batafsil ko’rishni boshlaydi:

Boshni ko’zdan kechirish. Avvaliga bola boshi kattaligining bo’yiga va kalla suyagi yuz qismiga nisbatiga e’tibor beriladi. Ko’krak emadigan bolaning bosh miya qismi deformatsiya bo’lgan bo’lishi mumkin, bosh «minorasimon» yoki boshqa shaklda, oldingi-orqaga cho’zilgan bo’lishi mumkin. Boshning turli soxalarida kefologematoma uchrashi mumkin. Bunday o’zgarishlar patologik xisoblanmaydi, chunki ular bola o’sgan sayin yo’qoladi. Bosh travma olganda shish, lokal og’riq va suyakda bosilgan joylar kuzatiladi. Burun va quloq yo’llarida qon oqqanlik belgilari aniqlansa, bu bosh miyaning ochiq shikastlanganidan darak beradi.

Sistema va modda almashinuvi kasalliklarida kalla suyagi gumbazi zichligi va qattiqligi kamayishi mumkin. Bu xollarda paypaslaganda barmoqlar ostida suyakning botishi seziladi va uni pergament qog’oz zichligi bilan solishtirish mumkin. Odatda, tepatosh (liqildoq) ning anchagana kattalashganligi aniqlanadi.

Kallaning yuz qismini ko’zdan kechirganda yuzning simmetrikligiga, quloq suprasi shakliga, burun va qansharining xajmiga va konfiguratsiyasiga ahamiyat berish kerak Og’iz bo’shligini ko’rish shart. Bunda qattiq tanglay balandligi, uning bo’linganligi, tishlarning borligi, ularning soni, rangi va shakli aniqlanadi.

Bo’yinni ko’zdan kechirish. Chaqaloqlar xayotining birinchi oylarida bosh va bo’yin xolatiga, xarakat amplitudasiga e’tibor berish kerak: normada bosh xar tarafga erkin xolda 90°buriladi. Bo’yinda xarakat chegaralanganda to’sh-o’mrov-so’rgachsimon mushaklar aniq, paypaslanadi. Tug’ma mushak bo’yin qiyshiqligida shu mushakning qattiqlashishi va qisqarishi kuzatiladi. Sal kattaroq bolalarda mushak bo’yin qiyshiqligi nafaqat bo’yin umurtqasi xarakatining cheklanishiga, balki boshning qarama-qarshi tomonga burilishi cheklanishiga va yuzning asimmetriyasiga olib keladi. Bo’yinning shikastlanganiga oz bo’lsada shubxa qilinganda unda lokal og’riqning to’g’ri o’sikda, bo’yinning ko’ndalang o’siklarida va paravertebral nuqtalar bosilganda ximoya mushak reaksiyasi borligini tekshirish kerak

Bo’yinning kaltaligi va qalinlashishi, boshda sochlar o’sishining juda past joylashishi, ularni bo’yinga o’tishi ko’pincha Klippel-Feyl kasalligida uchraydi. Bunda bo’yin xarakati cheklanadi, yuqorida eslatib o’tilgandek Shereshevskiy-Terner sindromida bo’yinning qisqarishi «qanotsimon bo’yin» teri burmalari xosil bo’lishi bilan kuzatiladi.

Yelka kamarini ko’zdan kechirish. Shikast etganda ikkala yelka kamarining simmetriklitiga axamiyat berish kerak O’mrov suyagi sinib siljiganda shikastlangan tomon qisqa bo’ladi. O’mrov suyagi «yashil novda» tipida singanda uning tashqi-o’rta qismidagi egrilik ko’payishi xisobiga o’zgarish ro’y berishi mumkin.

O’mrovning to’sh va kurak qismi birikkan soxada gematoma paydo bo’lishi ularning shikastlanganidan darak berishi mumkin. Kurakni ko’zdan kechirganda uning shakli va joylashishiga axamiyat beriladi. Normada kuraklar ko’krak qafasiga zich yopishib turgan bo’ladi. Ko’kraklarning xolatini aniqroq, bilish uchun uning o’siklari va pastki burchaklarini flomaster bilan belgilab chiqiladi. Kurakning yuqori turishi Shprengel kasalligi uchun xos va unda yelka bo’g’imidaga xarakatlar cheklangan bo’ladi. Kurakning ko’krak qafasidan ko’chishi (uzoqlashishi) skoliozda uchraydi va uni «qanotsimon kurak» deyiladi.

Ko’krak qafasini ko’zdan kechirish. Normada ko’krak qafasining ikkala yarmi xam simmetrik nafas olishda katnashadi. Ko’krak qafasi lat eganda va singanda shikastlangan tomoni nafas olishda faol katnashmaydi. Yuzaki paypaslaganda teri osti emfizemasi borligi aniqlanishi mumkin – qovurg’alarning asoratlangan sinish belgilari.

Ortopedik patologiyaga gumon bo’lsa, unda ko’krak qafasini faqat oldidan emas, yonidan xam ko’zdan kechiriladi. Ko’krak qafasining deformatsiyasi birlamchi bo’lishi mumkin - voronkasimon yoki ko’tarilgan ko’krak qafasi. Ikkilamchi deformatsiyalar kasalliklarda (ko’pincha skoliozda) yoki operatsiyalardan keyin paydo bo’ladi.

Raxit kasalligida 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda og’riqsiz – qalinlashish kuzatilishi mumkin – qovurg’aning suyak qismining tog’ayga o’tish joyidagi tasbexsimon zichlanish.

Umurtqa va chanoqni ko’zdan kechirish. Katta yoshdagilarni tekshirish metodikasidan farqi yo’q.

Oyoq va qo’llarni ko’zdan kechirish. Uch yashargacha bo’lgan bolalarning qo’l-oyoqlari uzunligini solishtirganda bir-biriga taqqoslash eng kulay usul xisoblanadi, chunki ularda suyak orientir-larini paypaslab topish va santimetr tasmasi bilan o’lchash ancha qiyin. Oyoqlarning uzunligani o’lchashda bolani qorniga yotkizib solishtirish qulay usul sanaladi. Oyoqlar uzunligi bir xil bo’lsa, unda dumbalar va tizza osti burmalari bir-biriga to’g’ri keladi va ichki oshiqlar bir satxda turadi. Agar oyoqlardan biri kalta bo’lsa, unda teri burmalari xolatida asimmetriya bo’ladi.

Spastik xolatda ham burmalarda asimmetriya bo’ladi, shuning uchun oyoqlarning uzunligini aniqlashda «qisqargan» oyoqni asta-sekin tortish kerak shunda kalta ko’ringan oyoq uzayib, teri burmalarida simmetriya xosil bo’ladi. Oyoq xaqiqiy kalta bo’lganda dumba burmasi pastroq joylashgan bo’ladi. Sal kattaroq bolalarda oyoqlarni taqqoslash tikturgan xolatda tekshiriladi. Oyoqlardan biri kalta bo’lsa, chanok qiyshayadi, dumbalar burmalarida asimmetriya kuzatiladi.

Qo’llarning uzunligi ularni pastga tushirilgan xolatda III barmoq, uchigacha o’lchanadi. Yelka uzunligi farqini tirsaqlarni 90° ga buqilgan xolatida orqa tomonidan, tirsak o’siklarining farqiga karab baholanadi. Bilakning uzunligini aniqlashda bolani ikkala tirsagi stol ustiga ko’yilib ikkala bilak kaftlar yordamida bosiladi va uzun-kaltaligi tirsak suyaklarining bigizsimon o’siklari va III barmoq. uchlari satxlari bilan bax,olanadi. Aniq, ma’lumotlar santimetr tasma yordamida o’lchab olinadi. Qo’l va oyoqlar uzunligi va xajmini o’lchash metodikasi kattalarda o’lchash metodikasiga o’xshaydi.

Oyoq va qo’llarning o’qini aniqlash. Kattalardagi kabi tanish nuqtalaridan o’tkaziladi. Bolalarda oyoq-qo’llarning tipik deformatsiyalari bo’ladi, ularning o’kini aniqlashda shuni inobatga olish kerak chunki bu patologiya emas. Supinatsiya xolatida yelka o’qi bilan bilak o’qi tashqariga ochiq burchak xosil qiladi – bilakning fiziologik valgus egilishi o’gil bolalarda – 10° va qiz bolalarda – 15° ni tashqil qiladi. Qo'l panjasi bilakka nisbatan normada shunday joylashganki, III barmoq va III kaft suyagi orqali o’tkazilgan chizik kaft usti bilak bo’g’imi orqali o’tadi.

Bola kichkinaligida tizzalarining ichki yuzalari bir-biriga tegmasdan boldirlar fiziologik varus xolatida bo’ladi va bu varus deformatsiyasi bola 5-7 yoshga to'lguncha o’z-o’zicha to’g’rilanib ketadi. Odatda, o’gil bolalarda oyoq o’qlari to’g’ri bo’ladi; qiz bolalarda esa ozroq valgus xolat norma xisoblanadi.


Yüklə 262,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin