Harakatlar boshqarilishining reflektor mehanizmi. Harakat malakasining somatik va vegetativ komponentlari



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə1/2
tarix17.04.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#99478
  1   2
Harakat malakalarini tashkil topish qonunyatlari



Harakat malakalarini tashkil topish qonunyatlari

Reja:



  1. Harakatlar boshqarilishining reflektor mehanizmi.

  2. Harakat malakasining somatik va vegetativ komponentlari.

  3. Harakat malakalarida afferent sintezning amalga oshishi.

  4. Harakat malakasi dasturining shakillanishi.


I. M. Sechenov birinchi bo`lib bizning hamma harakatlarimiz chiqib kelishi bo`yicha refleksdir va miya faoliyatining jamiki tashqi ko`rinishlari muskul harakatiga kelib taqaladi deb ko`rsatgan. Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakillanish mehanizmi bo`yicha murakkab shartli harakat refleksidir. Bu reflekslarning hosil bo`lishi uchun, turli analizatorlardan keladigan ma`lumotlar va qanday harakat qilish zarurligi hamda harakatni bajarish xususiyatlari haqidagi habarlar muhim ahamiyatga ega. Bunday holatda markaziy asab sistemasida harakat aktining modeli bilan haqiqiy bajarilgan harakat to`xtovsiz taqqoslanadi. Inson harakat faoliyatining bunday takomillashib borishi uning harakat apparati ishni boshqaruvchi markaziy asab sistemasi faoliyatining rivojlanib borishi bilan bog`liq. Chunki harakatning Yuzaga chiqishi, ayniqsa, murakkab va nozik harakatlarning bajarilishi muskul tolalarining ishtirokida amalga oshiriladi. Bu elementlar ishining oldiga qo`yilgan maqsadga mos bo`lishi, ularning bir-biri bilan kelishgan holda ish bajarishini ta`minlash uchun asab markazlari juda murakkab vazifani bajaradi. Katta yarim sharlar puslog`ida vaqtinchalik bog`lanishlar hosil bo`lishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asos bo`ladi. Odam o`z hayot faoliyati davrida hosil qiladigan harakat malakalari sinergiy darajada rivojlangan bo`ladi. Masalan: tikka turish, Yurish, Yugurish jismoniy tarbiya va sportdagi har hil harakatlar harakat malakalariga malakalarni hosil qilishda miya puslog`ining effektr-piramidal neyronlari bilan harakat analizatori va boshqa analizatorlarning po`stloqdagi sensor xujayralari o`rtasida neyronlar aro vaqtinchalik bog`lanishlar paydo bo`ladi, odam yashaydigan sharoitda harakat malakalari ko`pincha sinab ko`rish va yanglishish jarayonlari natijasida hosil bo`ladi. Harakat malakasi hosil bo`lishida uning ham mushak ham vegetativ komponentlari shakillanadi. Odatda mushak ishida nafas olish qon aylanish organlari faoliyatining kuchayishi etarli darajada tez bo`lmaydi. Vegetativ funktsiyalarning boshqaruvchi mexanizm harakatini boshqariluvchi mexanizmiga nisbatan ancha sekin bo`ladi. Bunda vegetativ reaktsiyalar harakat «talabi»ni aks ettirish hususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: statik kuchlanishlarda kichik qon aylanish doirasiga va vena qonining Yurakni o`ng bo`lmasi tomon oqib kelishiga aloxida talab qo`yiladi. Uzoq vaqt Yugurilganda nafas olish va qon aylanish aktivlashadi. Mashq qilish oqibatida vegetativ asab markazlari o`rtasida xamda vegetativ markazlar bilan harakat markazlari o`rtasida shartli reflektor bog`lanishlar hosil bo`ladi. Masalan: suzishda nafas fazalari bilan harakatning ayrim elementlari o`rtasida o`zaro puxta boshg`lanish Yuzaga keladi. Harakat malakasining uch fazasi shartli reflekslarning takomillashishiga, harakat va vegetativ komponentlarning birligiga erishish mumkin. Vegetativ funktsiyalarning o`zgarishi shakllangan harakat malakalarining samarali bajarilishini ta`minlaydi. Vegetativ funktsiyalarning harakat malakasiga moslashishi xar xil malalakalar shakllanishda xar xil bo`ladi. Agar shakllanadigan harakat malakalari oddiy bo`lsa (masalan Yugurush, chang`ida Yurish), vegetativ funktsiyalar o`zgarishi malakadan keyin Yuzaga keladi. BordiYu shakllanadigan malaka murakkab bo`lsa (masalan: gimnastika, kurash, sport turlari), malakaning vegetativ komponentlari malakadan oldin shakllanadi. Lekin shuni ko`rsatish kerakki, harakat malakasi shakllangandan keyin uning o`zgarishi bir-turdan ikkinchi turga o`tishi vegetativ funktsiyalarga nisbatan ancha tez bo`ladi. Va aksincha, vegetativ funktsiyalar esa uzoq vaqt davomida avval hosil bo`lgan malaksiga mos holda qoladi.
Masalan: uzluksiz bajariladigan ishdan o`zgaruvchan tezlikdagi ishga o`tilganda harakat funktsiyalari tez o`zgaradi, vegetatik organlar esa, oldingi shaklda ishlayveradi. Demak harakat malakalari va ularning vegetativ komponentlarining shakllanishi bir vaqtda bo`lmay, u shakllanadigan malakaning oddiy yoki murakkabligiga bog`liq bo`ladi. Shuningdek harakatning bir turdan boshqa turga o`tishi vegetativ funktsiyalarga nisbatan qisqa vaqt ichida sodir bo`ladi.
Afferent sintez retseptorlari, sezuvchi neyronlar va markaziy asab sistemasidagi sezuvchi neyronlar ishtirokida Yuzaga keladi. Bunda retseptorlar organizmni o`rab turgan tashqi muhitdagi va organizmning o`zida Yuzaga keladigan o`zgarishlarni qabul qiladi. Ularda hosil bo`lgan qo`zg`alish afferent neyronlar orqali markaziy asab sistemasidagi tegishli markazlarga o`tadi va analiz-sentez Yuzaga keladi. P.K. Anoxin ta`rifiga ko`ra, afferent sintez asosan 4 omilning o`zaro ta`siri orqali hosil bo`ladi. Bu omillarga 1) metivatsiya 2) xotira 3) vaziyat ma`lumoti va 4) ishga tushiriladigan belgi. Metivatsiya-hayvonlarda, odamlardagiga nisbatan ancha oddiy bo`lib u asosan ovqatlanish, 1-jinsni, 2-jinsga intilishi, himoyalanishi kabi maqsadlardan iborat bo`ladi. Xotira-bu oldingi boshdan kechirilgan ishlarning markaziy asab sistemasida qoldirgan izlari bo`lib, Yuzaga keladigan vaziyatni beligilashda katta ahamiyatga egadir. Sport faoliyatida Yuzaga kelgan vaziyat bo`yicha ma`lumotlar afferent sintezning hosil bo`lishida muhim rol o`ynaydi. Nihoyat ishga tushiruvchi belgi (pistolet otilishi, xushtak chalinish, bayroqcha harakati, kamanda va boshqalar) afferent sintez uchun katta ahamiyatga ega. Ma`lumki, bir qancha sport turlarida (kurash, boks, sport o`yinlari va shunga o`xshashlar) harakat bir necha martatalab o`qitilib, qaytadan boshlanadi. Bunday sharoitlarda sporchi juda qisqa vaqt ichida Yuzaga kelgan vaziyatni baholashi va unga mos holda harakat qilishi kerak bo`ladi. Bunday sharoitlarda afferent sintezni Yuzaga kelishi juda murakkab bo`ladi. Sportning ba`zi turlarida, ya`ni oldidan ma`lum bo`lgan dastur asosida bajariladigan jismoniy mashqlarda sportchi ishga tushishi uchun zarur bo`lgan afferent sintez nisbatan sodda bo`ladi. Turli harakat malakalari qanchalik ko`p bo`lsa harakat tehnikasining takomillashishi shunchalik yaxshi bo`ladi. Shartli refleks shaklanishini, boshqarish jarayonlarining umumiy mehanizmlari haqidagi tasavvur ratsional malaka shakllanishining mehanizmni tushunishga imkon yaratadi. Ixtiyoriy harakatlarni boshqarish jarayonlari asosida tsikllilik yotadi. Ya`ni har bir harakat akti harakatning natijasi haqida habar beradigan teskari afferentatsiya bilan tugashi kerak. Harakat boshqarilishining tsikliligi 2 gurux afferent omillar bilan, ya`ni sharoit omili va ishga tushiruvchi omillar bilan ta`minlandi. Har ikkala guruh ma`lumotlari afferent sintez orqali birlashtiriladi.
Har qanday harakat malakasi markaziy asab sistemasida mashq qilish jarayonida shakllangan dastur asosida Yuzaga keladi. Oddiy harakatlar va ma`lum shaklda bajariladigan harakatlar dasturi shakllanishining murakkab kombinatsiyasi, murakkab kordinatsiyali harakatlarda hamda vaqt tig`izligida bajariladigan harakatlarga nisbatan oson amalga oshiriladi, bu markaziy asab sistemasi uchun ancha engil bo`ladi. Har bir yangi harakat mashq boshlanishi oldidan yoki uning bajariladigan harakatlar dasturi davomida Yuzaga kelgan afferent sintez asosida dasturlanadi. Shunga asosan yakkama-yakka olishuvlar va sport o`yinlari kabi sport turlarida bajariladigan harakatlar dasturining shakillanishi ancha qiyin bo`ladi, chunki ish bajarilishi davomida Yuzaga keladigan vaziyatlarning turlicha bo`lishi, harakatning bir necha marta vaqt tig`izligida bir necha marta afferent sintez va shu sintez asosida dastur shakillanishi talab etiladi. Bu markaziy asab sistemasi uchun ancha og`ir bo`ladi. Bunday sharoitda ba`zi sportchilarda shakillangan dastur ishning samarali bajarishini ta`minlay olmasligiga, ba`zida esa xatto ortiqcha harakatlarni Yuzaga kelishiga sabab bo`ladi va oqibat, sportchi harakat texnikasida xatoga yo`l qo`yadi. Bajarilgan harakatning shakillangan programmaga mos kelishi harakatning samarali bo`lishini ta`minlaydi, bu narsa ishchi organlar, ya`ni harakat apparati tomonidan harakatning samarali bajarishini ta`minlaydigan vegetativ organlarning funktsiyasini amalga oshishi bilan bog`liq. Ma`lumki ishning bajarishi davomida ishchi organlar (Yurak-tomir, mushaklar) ning funktsional holati o`zgaradi, ya`ni mushaklarni kuchi kamayadi, qo`zg`aluvchanlik, o`tkazuvchanlik xususiyatlari o`zgaradi, vegetativ organlar funktsiyasi ham o`zgaradi. Bu holatlar bajaraliyotgan ishning shakillangan dasturdan chetga chiqishiga olib keladi. Biroq ishchi organlardagi Yuzaga kelgan o`zgarish haqida qayta bog`lanish orqali markaziy asab sistemasiga ma`lumot beriladi. Natijada asab sistemasi ishning samarali bajarilishini ta`minlaydigan dasturni yaratadi. Ba`zi sport turlarida mashqlarni bajarishda mashqni 2-, 3- marta takrorlashda Yuqori natija kuzatiladi. Bunga mashqni bajarish davomida asab sistemasi tomonidan ishchi organlarning holati haqida aniq ma`lumot olishi sabab bo`ladi.


Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin