O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix10.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#57452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002

 

Mavzu yuzasidan savollar; 

1. Printsip deb nimaga aytiladi? 

2. Qanday printsiplarni bilasiz, ularga misol keltiring?  

3.Tabiat bilan tanishtirsh jarayonida kaysi printsipdan foydalaniladi? 

4 . O’lkashunoslik printsipini izoxlab bering? 

 

V. MAVZU: BOLALAR BOG’CHASIDAGI TABIAT BILAN TANISHTIRISH DASTURI. 



 

Maqsad:  Talabalarga  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirish 

dasturi, uning bo’limlari haqida bilim berish. 



 

Reja

1. Tabiat bilan tanishtirish dasturining mazmuni.  

2. Dastur    materiallarining    kontsentrik    printsip    asosida joylashuvi. 



 

 

3. Tabiat bilan tanishtirsh dasgurida faslchilik printsipidan foydalanish. 



 

O’zbekiston  Respublikasi  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritganidap  so’ng  uz  milliy 

qadriyatlarini tiklash yo’lida jamiyat hayotining har bir jabhasida sobit qadamlik bilan 

ish  olib  borayotir.  Ta`lim  tizimini  tubdan  isloh  qilish  maqsadida.  "Kadrlar  tayyorlash 

millim dasturi" yaratildi. 

O’zbekiston  Respublikasining  Maorif  vazirligi  tomonidan,  bolalar  boqchalarining 

tabiati  bilan  tanishtirish  dasturi,  Respublikamizning  o’ziga  xos  etnik  xususiyatlari, 

geografik jihatdan iklimi, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. 

Dasturda  amaliyotda  erishilgan  yutuqlar  asosida  ta`lim-tarbiya  haqida  nazariy 

vazifalar  berilgan.  Unda  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  har  yosh  boskichiga  xos 

psixofiziologik  xususiyatlari  hisobga  olingan.  Dastur  ilk  yoshdagi  ikkinchi  kichik 

guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo’ljallangan bilim va kunikmalar 

hajmini o’z ichiga oladi. 

Bizga  ma`lumki.  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  turli  yoshdagi  bolalar 

tarbiyalanadilar. Maktabgacha bo’lgan davrda bolalarga har bir guruxda jonli va jonsiz 

tabiat  haqida  bilim  beriladi.  Bu  beriladigan  bilim,  kunikma,  malakalar  guruxdan 

guruhga o’tgan sayin chuqurlashtirilib, kengaytirilib, murakkablashib boriladi. 

Dasturda  tabiatshunoslik  materiallari  barcha  guruh  uchun  yil  fasllariga  qarab 

taqsimlangan. Har bir mavsumda jonli va jonsiz tabiatdagi hamda kishilar faoliyatidagi 

eng  aniq  xarakterli  hodisalar  ko’rsatib  o’tilgan.  Materialarning  bunday  joylashishi 

tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatish, uni taxlil qilish imkonini beradi. 

Tabiat  bilan  tanishtirsh  dasturi  respublikaning  uziga  xos  tabiiy  xususiyatlarini 

hisobga olgan holda tuzilgan. 

Maktabgacha tarbiya muassasalarida qo’llaniladigan "Bolalar bog’chasida ta`lim-

tarbiya  dasturi"  davlat  hujjati  sanaladi.  Har  bir  bogcha  mudirasi,  uslubiyotchisi, 

tarbiyachisi shu hujjat materiallarini to’liq amalga oshirishlari shart. Dasturniig tabiat 

bilan  tanishtirish  bo’limi.  Hamma  bo’limlar  bilan  uzviy  bo’lingan.  Tabiat  haqidagi 

tasavvur 

va 

tushunchalarni 



xosil  qilish  so’z  yordamisiz  bo’lishi  mumkin  emas.  SH  uning  uchun  ham 

ona 


tilini 

chuqur 


o’rganish 

undan 


foydalana 

olish 


tabiatni 

kuzatish 

va 

o’rganish 



bilan 

chambarchas 

bogliq. 

Bola 


tabiatini 

kuzatish 

davomida 

olgan 


bilimlarini 

uzlari 


tasviriy 

faoliyatlarida 

aks 



 

 

ettradilar.    Tabiatni 



kuzatish  orqali  sanashni,  mikdor,  o’zgarishlarini  o’rganib 

boradilar  (daraxt  baland,  buta  past,  daraxt  tanasi  1  ta,  buta  tanasi  ko’p).  Jismoniy 

mehnat bolalarni jismonan baquvvat, soglom o’sishlari uchun yordam beradi. Bundan 

tashqari  tabiatga  oid  bo’lgan  harakatli  ^oyinlar  ham  bolani  jismonan  barkamol 

bo’lishiga  yordam  beradi.  Bu  misollarning  barchasi  dapurda  o’z  aksini  topgan. 

Dasturga  material  tanlash  tabiat  bilan  tanishtirishdagi  barcha  printsiplarga  rioya 

qilingan holda amalag oshirilgan.  

Yuqorida  bayon  etilganidek,  bolalar  boqchasida  turli  yoshdagi  bolalar  tarbiya 

topadlar.  Bolalarning  o’zlashtirish  qobiliyatini  hisobga  olingan  holda  dastur 

quyidapgcha  tuzilgan,  ya`ni,  bolalarboqcha  muassasalarida  bo’lgan  davrlarida  bitta 

mavzu  bilan  bir  necha  marta  tanishadilar.  Lekin  har  safar  chuqurroq,  kengaytirilgan 

holda tanishadilar. 

Masalan:  Kichik  guruxda  suv  hakida  tushuncha  berilganda  suv  bilan  yuviniladi, 

suvni  ichadilar,  suv  sovuq,  iliq  bo’ladi.  suv  okadi  kabi  o’rgatiladi.  O’rta  guruxda  suv 

tiniq, ayrim predmetlar suvda chuxadi, issiq kunda suv tez, sovuq kunda sekin quriydi, 

katta  tayyorlov  guruxlarida  suvning  tabiatda  aylanib  yurishi,  o’simlik,  inson  hayotida 

uning  o’rni,  suvdan  elektr  energiyasi  olishda  foydalanish  mumkin  kabi  tushunchalar 

oddiydan - murakkabga qoidasi asosida tushuntirilib boriladi. Demak, har bir guruxda 

tabiatga oid bilimlar har yili murakkablashib boradi. 

Dastur  faslchilik  printsinlari  asosida  tuzilgan.  Materiallarning  bunday 

joylashtirilishi  tabiatda  sodir  bo’ladigan  o’zgarishlarni  tahlil  qilishga  yordam  beradi.. 

Dasturda  o’rta  guruhdan  boshlab  har  bir  faslda  bolalarga  jonli  va  jonsiz  tabiatidagi, 

o’simliklar hayotidagi, hayvonot olamidagi uzgarishlar va ular haqida bolalar olishlari 

lozim bo’lgan bilimlar berilishi hisobga olingan. 

Biror  bir  faslda  o’simliklar  hayotidagi  o’zgarNshlar,  ob-havoning  o’zgarishini 

kuzatish, hayvonot olamidagi o’zgarishlarni, kishilarning shu mavsumdagi mehnatlari 

bolalarga yaqqol ko’rinadi. Shu fasldagi barcha tabiat haqidagi, unda sodir bo’ladigan 

o’zgarishlar  haqida  tu  lik,  tasavvurlar  shakllanadi.  Bundan  tashqari  dasturda  tabiat 

haqidagi tasavvurlrni shakllantirish kvartallarga bo’lib berilgan. 

Bolalarga  beriladigan  bilimlarni  kvartallarga  bo’lib  joylashtirishda  ham  yuqorida 

kurib o’tilgan prntsiplarga rioya qilinadi, 

Har bir guruxda yil oxirida bolalar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar ko’rsatiladi. 

Dastur materiallarini joylashtirishda ketma-ketlik, tizimlilikka amal qilingan. 



 

 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin