O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix10.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#57452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002

Mavzu yuzasidan savollar: 

1. G’arb pedagoglaridan,  bola  tarbiyasida tabiatni tuggan  o’rni haqidagi qanday 

ilmiy asarlari va fikrlarini bilasiz? 

2. "Inson tarbiya predmeti sifatida" asarining muallifi kim? 

Z. Qomusiy olimlarimizda Abu Ali ibn Sino, al Farobiylarning  tabiatga oid kanday 

asarlarini bilasiz? 

4. Xadisi - sharifda tabiatni asrash, e`zozlashga doyr bandlardan mieol keltiring? 

 

III. MAVZU: TABIAT - BOLALARNING HAR TOMONLAMA KAMOL TOPISHIDA 



ASOSIY OMIL SIFATIDA 

 

Reja: 

1. Bolalarning umumpsixologik pivojlanishida tabiat asosiy  omil sifatida. 

2. Tabiat bilan tanishtirish metodikasinnng vazifalari  

3.Tabiat bilan tanishtirish orqali barcha tarbiya turlarini rivojlantirish. 

 

Bolalarni har tomonlama rivojlantirish. Ularni barkamol qilib o’stirish tugilgan kun 



idan boshlab amalga oshiriladi. 

Bugungi  kunda  mustakil  O’zbekistonimizda  olib  borilayotgan  ta`lim  sohasidagi 

islohotlarning  bosh  maqsadi  aynan  mana  shunga  qaratilgan  YA`ni  o’sib  kelayotgan 

yosh avlod mustakil O’zbekistonimizning kelajagini, taraqqiyotini kafolatlaydi. Manna 

shu ustivor yo’nalishlardan kelib chiqqan holda bolalar bog’chalarida farzandlarimizga 

berilgan  xar  qanday  bilim  ularda  Vatanga  sadoqat  o’z  o’lkasini  sevish,  Vatan  bilan 

g’ururlanish  ruxini  tarbiyalashi  lozim.  Shunday  ekan  tabiat  bilan  tanishtirish 

metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:  




 

 

- Bolalarni o’z o’lkasini sevishga o’rgatish. 



- O’zining, tengdoshlari va kattalarning mehnatini qadirlashga o’rgatish.  

-  tabiat  orqali  psixik  jarayonlarni  rivojlantirish  (sezgilar,idrok,  xotira,  xayol, 

tasavvur, nutq diqqat).  

- Bolalarni xissiyotini irodasini rivojlantirish.  

-  Tabiat    in`om  etgan  ne`matlarni  avaylab  asrashga  o’rgatish.  Yuqoridagi 

vazifalardan kelib chiqqan xolda, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat orqali 

–  Aqliy  tarbiya;  -  Axloqiy  tarbiya;  -  Nafosat  tarbiyasi;  -  Jismoniy  tarbiya;  -  Ekologik 

tarbiya; Iqtisodiy tarbiya berish lozim.  

Yosh avlodga aqliy tarbiya berish umumiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan birini 

tashkil etadi.  

Aqliy tarbiya berish ko’zlangan maqsadb maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak 

–  atrofdagi  hayotning  eng  oddiy  xodisalari  haqida  turli  tasavvurlar  hosil  qila  olishga 

o’rgatib  borishdan  iborat.  Tabiat  vositasida  bolalarga  aqliy  tarbiya  berish  biz 

yashaydigan  muhitdagi  o’simlik  va  xayvonot  olami  bilan  tanishtirish,  jonlig’jonsiz 

tabiat  haqida  tushuncha  berish  haqidagi,  uning  elementlari,  tabiatda  bo’ladigan 

hodisalar, yomg’ir, yulduzlar, oy haqida, er haqida tushunchalarini mashg’ulot vaqtida 

so’rab  bilish  mumkin.  Bola  tevarakg’atrofdagi  narsalar,  ularning  shakli,  rangi, 

kattag’kichikligini  ko’rib  ular  xaqida  fikir  yuritadi.  Aqliy  tarbiyaning  eng  muhim 

vazifalaridan  yana  biri  bolalarni  tarbiyalash.  Bolalarga  aqliy  tarbiya  berishda  tabiat 

vositalardan  foydalanish  ma`lum  bir  tizim  asosida  amalga  oshirilishi  kerak.  Buning 

uchun  eng  avvalo  tabiat  bilan  tanishtirishning  eng  oddiy  tushunchalaridan  boshlab 

tabiat  haqidagi  ilmiy  dunyoqarashlar  hosil  qilinadi.  Natijada  bolalarda  ko’rgazmali 

obrazli,  ko’rgazma  xarakatli  tafakkur  rivojlanadi.  Buning  ahamiyati  shundaki 

tanishtirilgan tabiatning xar bir vositasi bola ongida fikrida tushunchasida mustaxkam 

iz qoldiradi. 

Axloqiy tarbiya deyilganda yosh avlodni Vatanga, kishilarga muhabbat, ularga va 

ular  mexnatiga  hurmat  tuyg’ulari,  baynalminallik  kurtaklari,  kishi  –  kishiga  do’st, 

tinchlik,  xarakterning  irodaviy  xislatlari  va  shaxsning  ijobiy  axloqiy  sifatlar, 

poklik,to’g’rilik,  xullas  olijanob  inson  uchun  nimaiki  zarur  bo’lsa,  hammasini 

mujassamlashtirilgan holda tarbiyalash tushuniladi.  

Yosh  avlodda  bu  xislatlarni  kamol  toptirish  uchun  tabiat  omilidan  keng 

foydalanish  kerak.  Buni  amalga  oshirish  bir  kunlik,  bir  oylik  ish  emas,  bolki  bu  uzoq 




 

 

davom  etadigan  murakkab  jarayon  bo’lib,  kerak  bo’lsa  yillab  tarbiya  talab  qiladigan 



mehnatning maxsuli xisoblanadi.  

Tabiat  vositasida  axloqiy  tarbiya  berish  uchun  bog’cha  uchastkalariga  ekilgan 

ekinni  parvarish  qilish,  gullarning  har  bir  gulni  nixolni  asrash,  uni  parvarish  qilish, 

gullarni tagini yumshatish, sug’orish kabi ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirish 

mumkin. Bolalarni bog’cha maydonchasida, tabiat burchagida, o’simlik yoki xayvonni 

tanishtirish  jarayonini  tashkil  etish  kerak  bunda  tarbiya  tanishtirishni  qiziqarli  jonli 

sharoitga  bog’lab  bolalarning  e`tiborini  o’ziga  rom  etib  tashkil  etish  kerak.  Tabiat 

vositasida bolalarga axloqiy taribya berishning yo’llari juda ko’p va xilma-xil.  

Yoshlarga  nafosat  tarbiyasini  berishdan  maqsad  shaxsning  didini,  go’zallikni  his 

etib doimo unga intilib yashash xislatini tarkib toptirishdir. Chindan xam tabiatni uning 

go’zal  manzaralarini  tog’  rog’larni  sevmagan  undan  roxatlanmagan  kishi  bo’lmasa 

kerak.  Gullarning,  mevalarning  hidi,  shakli  va  rangi,  qushlarning  sayrashi,  ariqlardan 

suvlarning  shildirab  oqishi,  oyoq  ostidagi  qorning  g’ijirlashi    -  bularning  barchasi 

balalarda  tabiatdagi  narsa  va  xodisalarni  his  qilishga  imkon  beradi  va  ularda  estetik 

hissiyotni  tarbiyalash  va  o’stirish  uchun  boy  material  bo’lib  xizmat  qiladi.  Ma`lumki, 

yosh  bolalar  chiroyli,  yorqin,  rang,  predmetlarni  yaxshi  ko’radilar.  Go’zallik  xavas, 

qiziqish  xar  bir  bola  ongida  mavjud.  Biz  bola  ongidagi  fikridagi  ana  shu  qiziqishni 

rivojlantirishimiz  zarar.  Bunda  asosiy  vosita  rolini  tabiat  oynaydi.Maktabgacha 

yoshdagi  bolalarning  tabiat  vositasida  nafosat  tarbiyasini  istagan  faslda  amalga 

oshirish mumkin.  

Maktabgacha  yoshdagi bolalarga mexnat tarbiyasini berish ularni mexnatsevarlik 

ruhida tarbiyalash mehnatga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, kattalar yaratgan mexnat 

maxsulini  e`zozlash,  uning  qadriga  etish  ruxida  tarbiyalashni  bolalik  davridan 

boshlashi  lozim.  Bolalarning  mexnat  tarbiyasi  burchagida  ulzorda,  o’simliklar  va 

xayvonlarni  parvarishlash  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Mexnat  tarbiyasi  xar  bir 

guruxning yosh xususiyatini xisobga olgan xolda amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq 

bo’ladi.  

Kichik  guruxda  mehnat  tarbiyasinn  berishda  bolalar  tarbiyachi  bilan 

birga 

xonadagi 



o’simliklarga.suv 

quyadilar, 

akvariumdagi 

baliqlarga 

ovqat 

beradilar, 



qushlarga 

don 


tashlaydilar, 

boqcha 


hovlisidagi 

poliz ekiilarini yig’ib-terib olishda ishtirok etadilar. O’rta guruhda mehnat tarbiyasi bir 

oz murakkablashadi, boqcho maydonchasidagi o’simliklarni o’zlari parvarish qiladilar. 

Tabiat burchagidagi 

hayvonlarni o’zlari ovqatlantiradilar,  parvarishlaydilar.  Katta 

tayyorlov  guruhlarda  amalga  oshiriladigan  mehnat  tarbiyasi  ham  bir  muncha  o’ziga 




 

 

xosligi, murakkabligi bilan ajralib turadi. Bolalarning o’simliklarga bo’lgan munosabati, 



mehnat qilishlari jonli tabiatga, Vatanga bo’lgan muhabbatni yanada oshiradi.  


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin