33807 Биологияни ўитиш технологиялари ва лойихалаштириш
1-bosqich uchun savollar to`plami Tur tarqalgan arealning chetki qismlarida yangi populyatsiyalarning paydo bo`lishi.(allopatrik tur hosil bo`lishi)
Bir-biriga yaqin joylashgan orollar majmuasi. (arxipelag)
Tarixiy davrda tarkib topgan, o`z-o`zini boshqaruvchi bir xil tabiiy uyushma, biotsenozning anorganik tabiat komponentlari bilan cham-barchas bog’langan mustahkam ekologik sistema. (biogeotsenoz)
Populyatsiya tarkibiga kiruvchi organizmlarning genlar to`plami. (genofond)
Tasodifiy sabablar ta`sirida populyatsiya genetik tuzilishining o`zgarishi genetika avtomatik jarayon (genlar dreyfi)
Evolyutsiya jarayonida bir ajdoddan tarqalgan organizmlarda belgi-xossalarining bir-biridan farqlanishi.(divergentsiya)
Dushman tomonidan ko`p nobud qilinadigan hayvonlarni himoyalangan hayvonlarga rang, shakl jihatdan taqlid qilish. (mimikriya)
Kelib chiqishi har xil funktsiyasi bo`yicha o`xshash organlar. (analogik)
Bajaradigan funktsiyasidan qat`iy nazar kelib chiqishi, tuzilishi o`xshash bo`lgan organlar. (gomologik)
O`simlik va hayvonlarning Er kurrasi bo`yicha tarqalishini o`rganuvchi fan. (biogeografiya)
Tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqishi har xil organizmlarning bir sharoitda o`xshash bo`lishi. (konvergentsiya)
Turdan yuqori sistematik guruhlarda ro`y beradigan evolyutsion jarayonlar. (makroevolyutsiya)
Qazilma holdagi organizmlarni o`rganuvchi fan. (paleontologiya)
Evolyutsion jarayonda organlar hajmining kichrayishi, sonini kamayishi, funktsiyasining yo`qolishi. (rudiment)
Organizmlarning embrional rivojini o`rganuvchi fan. (embriologiya)
Hayotning g’ayritabiiy kuchlar tomonidan yaratilganini ta`kidlovchi ta`limot. (kreattsionizm)
Hayotning Erda boshqa sayyoralar sistemasidan kelib qolganligini ta`kidlovchi ta`limot. (panspermiya)
Hayotning anorganik tabiatdan rivojlanganligini ta`kidlovchi dunyoqarash. (abiogenez)
Hayotning mavjud hayot shakllaridan rivojlanganligini ta`kidlovchi ta`limot. (biogenez)
Suyuq ovqat mahsulotlarini yuz gradusgacha qaynatish yo`li bilan mikroorganizmlardan tozalash usuli. (pasterizatsiya)
Organizmlarning tuzilishi, hayot faoliyatining yuksalishi. (aromorfoz)
Organizmlarning murakkab tuzilishdan sodda tuzilishga o`tishi. (degeneratsiya)
Yura davridagi bahaybat qadimgi sudralib yuruvchi dinozavrlarning bir xili. (diplodok)
Organizmlarning muhit sharoitiga xususiy moslashishi. (idioadaptatsiya)
Eng keyingi era. (kaynozoy)
O`rta era. (mezozoy)
Qadimgi era. (paleozoy)
Birinchi hayot erasi. (proterozoy)
Qadimgi sudralib yuruvchilar, dastlabki sut emizuvchilar o`rtasidagi oraliq hayvon. (teraptsid)
Eng qadimgi era. (arxey)
Kichik guruhdagi 6 o`quvchining bittasi “kichik konsul’tant” vazifasini bajaradi. U o`quvchilarga variantdagi savollarni ketma-ket berib, ularning javobini atamalar izoxi bo`yicha nazorat kiladi. Javob to`g’ri bo`lgan holda ularga avvaldan tayyorlanib qo`yilgan kartochkalarni berib boradi.SHunday qilib har bir o`quvchi savollarga galma-gal javob berib, bu bosqichda 6 ball to`plash imkoniyati bo`ladi. O`quvchilarning to`plagan bali ulardagi kartochkalar soniga qarab aniqlanadi. SHundan so`ng, o`yinning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
II – bosqichda o`qituvchi o`quvchilarni to`plagan ballariga muvofiq
qayta guruhlaydi.O`qituvchi bu bosqich uchun alohida topshiriqlar tuzadi: