6-ILOVA Darsning mavzusi: Evolyutsiya asoslari yuzasidan umumlashtiruvchi dars. Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarning biologiya o`quv fanlaridan o`zlashtirgan bilimlarini umumlashtirish, ularning javobidagi tipik xatoliklarni aniqlash va ularga barham berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quv fani yuzasidan o`zlashtirgan bilimlari asosida o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy va ahloqiy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning umumiy va xususiy biologik tushunchalarini, darslik va qo`shimcha o`quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash, mustaqil fikr yuritish ko`nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jihozlash:Mavzularga oid ko`rgazma vositalari, tarqatma va didaktik materiallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o`yin texnologiyasi (o`yin mashqlar)
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
O`qituvchi ushbu darsni o`tkazishdan bir hafta avval o`quvchilarni darsning maqsadi, o`yin mashqni olib borish tartibi, o`quvchilar bajarishi lozim bo`lgan o`quv topshiriklari bilan tanishtiradi.
Dars “Zinama-zina o`yini” qoidasiga binoan 2-bosqichda o`tkaziladi.
1. Bosqich. O`quvchilarning o`quv fani bo`yicha tushuncha, g’oyalar va atamalarni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
Buning uchun o`qituvchi darslikda berilgan atamalar izohidan foydalanib 3 xil variantda 30 tadan atamalar majmuasini tuzadi. Atamalar yonida uning izohi bo`lishi shart. O`qituvchi bu bosqichda o`quvchilarni teng sonli 6 kishidan iborat kichik guruhlarni tashkil etadi. Har bir gurux “Atamalar” varag’ining variantini tanlab oladi.
Quyida shunday “Atamalar varag’i” dan namuna berilmoqda.