Topshiriqning didaktik maqsadi: Karamdoshlar oilasi vakillarining tuzilishidagi o`ziga xos xususiyatlari, yovvoyi va madaniy vakillari va ularning ahamiyatini o`rganish.
№
O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari
Topshiriqni bajarish bo`yicha ko`rsatmalar
Izoh
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Darslikdagi matnni diqqat bilan o`qing va quyidagi savollarga javob tayyorlang.
Karamdoshlar oilasiga necha turkumga mansub tur kiradi?
Karamdoshlar oilasi vakillarining vegetativ organlarining tuzilishidagi o`ziga xoslikni aniqlang.
Karamdoshlarning guli, mevasi tuzilishini o`rganing.
Oddiy jag’-jag’ning tuzilishi va ahamiyatini o`rganing.
Karamdoshlar oilasiga mansub madaniy o`simliklarni aniqlang.
Bu oilaning nechta turi “Qizil kitob” ga kiritilgan?
Darslikdagi matn oxirida berilgan savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring. Topshiriq asosida jadvalni to`ldiring.
O`quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.
O`quvchilar bilan o`tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting
O`zlashtirgan bilimlaringiz asosida, darslik va gerbariylardan foydalanib quyidagi jadvalni to`ldiring.