Elat kishilarning til, hudud, iqgisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdt oldingi



Yüklə 78,33 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü78,33 Kb.
#167928
Elat - Vikipediya



Elat
Elat — kishilarning til, hudud, iqgisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdt oldingi
birligi. E. qabila bilan millat orasidagi etnik birlikning koʻrinishidir. E.ning shakllanishiga bir-biriga
yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos boʻlgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning maʼlum bir
bosqichida qabilalar orasidagi etnik, xoʻjalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib
borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birliknpng yangi turi vujudga
keladi. Bu E. deyilib, maʼlum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik
asosida shakllanadi.
E. (asosi "el") atamasi oʻtmishda keng maʼnoda qoʻllanilgan; xalq, davlat, qabila, qabila ittifoqi,
maʼlum bir qabila yoki hudud fuqarolarini anglatgan. Turli E.larning hudud jihatidan oʻzaro
yaqinlashuvi urugʻ va qabila guruhlaridagi kishilarning qonqarindoshlik aloqalarini kuchaytirgan.
E.ning shakllanishi turli tarixiy davrlarda oʻziga xos holda kechgan. Mas, E. Qadimgi Misr,
Mesopotamiyada davlat uyushmalarining paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan boʻlsa,
Yevropada E.lar (qad. rus, polyak, fransuz va boshqalar) shakllanish jarayoni ilk oʻrta asrlardan
boshlangan. Yer sharining qolgan qitʼalarida bu jarayon keyinchalik ham davom etgan. E. til
jihatidan oʻzaro yaqin qabilalarning uyushuvi (polyak E.i, slavyan qabilalari — polyak, visdyan,
mazovshan va boshqalardan) yoki bir qabilaning boshqasi tomonidan istilo qilinishi natijasida
shakllangan etnik komponentlar (fransuz E.i, — gall qabilalari; rim kolonistlari va german
qabilalari — franklar, vestgotlar, burgundlar va boshqalar). birining tili umumiy tilga, qolgan
qabilalar tillari esa dialekt (sheva) holida saqlangan yoki butunlay yoʻqolib ketgan. Natijada
yagona nom, hudud, madaniy va xoʻjalik jihatidan umumiylik yuzaga kelgan. Davlatning paydo
boʻlishi bilan E.ning mustahkamlanishiga imkoniyat paydo boʻlgan. Rivojlangan oʻrta asrlarda
Yevropa va Osiyoning koʻpgina mamlakatlarida E. toʻla shakllandi. Elat munosabatlarining
taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bilan E.lar millatga aylandi.


Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Koʻpincha bir millatning shakllanish jarayonida bir necha E. qatnashgan. qadimiy rus millati
asosida ukrain va belorus E.lari vujudga kelgan va keyinchalik millat boʻlib tarkib topgan.
Turli obʼyektiv sabablarga koʻra, oʻz rivojlanishidan orqada qolgan koʻpgina E.lar (asosan, kichik
E.lar) millatga aylanmasligi ham mumkin. Ular davr oʻtishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan
rivojlangan boshqa E. va millatlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga oʻtishi natijasida ilgʻor
xalqning maʼnaviyatini, tilini oʻzlashtiradi va oʻsha millatning tarkibiga qoʻshilib ketadi.
Qadimda hozirgi Oʻzbekiston hududlarida va unga tutash mintaqalarda bir necha E.lar vujudga
kelgan: baqtriyaliklar, xorazmliklar, sugʻdiylar, qangarlar, fargʻonaliklar. Ammo bu E.lar kishilik
jamiyatining maʼlum bir tarixiy taraqqiyoti davomida inqirozga uchrab, ilk oʻrta asrlarda yangi
E.lar — turk, uygʻur, oʻgʻuz, tojik va oʻzbek elatlari tashkil topgan. Ushbu E.larning barchasi ham
toʻliq E. boʻlib shakllanmadi. Turli ijtimoiy-siyosiy va tarixiy omillar sababli bu E.larning ayrimlari
parchalanib ketdi va shakllanishi davom etayotgan E.larning etnogenetik jarayonlariga sezilarli
taʼsir oʻtkazdi. Mas, turk, oʻgʻuz, uygʻurlarning parchalanib ketishidan keyingi etnik jihatdan
birmuncha oʻzgargan avlodlari oʻzbek E.ining etnogenetik jarayonida qatnashgan.
Xullas, iqtisodiyxoʻjalik, madaniy va etnik jarayonlarning tobora rivojlanishi natijasida bir necha
qabilalarning birlashuvi jarayonida vujudga kelgan E. etnik hududiy, iqtisodiy til va etnomadaniy
umumiylik asosida shakllangan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Elat&oldid=2838225

dan olindi
Adabiyot


Yüklə 78,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin