15.2 – jadval.
Daromad va xarajatlar balansi.
Ko‘rsatkichlar
|
Miqdor
|
|
ming, so‘m
|
|
|
|
I. Daromad va mablag’lar kirimi
|
|
|
1.
|
Mahsulot va xizmatlarni sotishdan olinadigan foyda
|
40500
|
2.
|
Boshqa aktivlarni sotishdan foyda
|
2600
|
3.
|
Asosiy fondlarni chiqarishdan daromad
|
7800
|
4.
|
Qo‘shma korxonalarda ulushli ishtirokidan daromad
|
12500
|
5.
|
Aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromad
|
950
|
6.
|
Valyuta sotish va kurs farqidan daromad
|
350
|
7.
|
Amortizatsiya ajratmalari
|
9800
|
8.
|
Aylanma mablag’larning o‘sishdan ssuda
|
1350
|
9.
|
Uzoq muddatli bank ssudalari
|
10000
|
10. Boshqa daromad va ajratmalar
|
4190
|
Jami daromad va tushumlar
|
90000
|
II. Sarflar va mablag’lar ajratmalari
|
|
1.
|
Korxona foydasiga soliq
|
19840
|
2.
|
Korxona mulkiga soliq
|
4580
|
3.
|
Hissadorlarga dividendlar
|
9500
|
4.
|
Uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar
|
11300
|
5.
|
Ssudalarni so‘ndirish va foizlarni to‘lash
|
1650
|
6.
|
Aylanma mablag’larning o‘sishi
|
5680
|
7.
|
Mahsulotning arzonlashuvi
|
150
|
8.
|
Ishonchsiz qarzlarni to‘lash rezervi
|
200
|
9.
|
Iste’mol fondiga ajratma
|
16500
|
10. Jamg‘arma fondiga ajratma
|
11700
|
11. Rezerv fondini shakllantirish
|
5000
|
12. Moddiy yordam fondini tuzish
|
2000
|
13. Boshqa sarf va ajratmalar
|
1900
|
Jami sarf va ajratmalar
|
90000
|
Balans aktivlari 2 asosiy qismdan iborat:
Uzoq muddatli aktivlar.
Joriy aktivlar.
Aylanma mablag’lar, naqd pulga yoki “resurslar - pul - tovar” bo‘yicha
aylanadigan aktivlarga joriy aktivlar deb aytiladi. Aylanma mablag’larning asosiy elementlari - pul resurslari va tovar-moddiy zaxiralardir.
Uzoq muddatli aktivlarning salmoqli qismini esa asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tashkil etadi. Asosiy vositalar yoki qayd qilingan aktivlar uzoq vaqt xizmat qiladi va bir necha yildan so‘ng (o‘z qiymatini asta-sekin mahsulot tannarxiga o‘tkazish orqali) aylanadi. Nomoddiy aktivlar bozor sharoitida oldi - sotdi vositasi bo‘ladigan patentlar, litsenziyalar, savdo belgilari, kompaniya obro‘si va boshqalarning narxidan tashkil topadi.
Balans passivlari firmaning o‘z kreditorlari oldida majburyatlari va xususiy yoki aksiyadorlar kapitalini o‘z ichiga oladi. Majburyatlar o‘z navbatida joriy yoki qisqa muddatli, ya’ni uzoq muddatda to‘lanadigan majburiyalarga bo‘linadi. Xususiy (shaxsiy) kapitalga ustav fondi, imtiyozli va oddiy aksiyalar, foyda va rezervlar kiradi. Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan pul mablag’lari, moddiy ne’matlar, bino, inshootlar, jihozlar, xom-ashyo, qimmatbaho qog‘ozlar va nomoddiy aktivlar qo‘yilishi mumkin. Qo‘yilmalar summasi ta’sischilarning korxona ustav (Nizom) kapitalidagi ulushini tashkil etadi. Bu ulushlar yoki aksiyalarga mos ravishda ta’sischilar o‘rtasida foyda taqsimlanadi.
Aksiya - bu korxonani rivojlantirishga kiritilgan mablag’ haqida guvohlik beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Aksiyalar 2 xilda oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy aksiyalar “bitta aksiya - bitta ovoz” tamoyili bo‘yicha aksionerlik jamiyatini boshqarish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar boshqarishda ishtirok etishga huquq bermaydi, ammo doimiy (belgilangan) dividend keltiradi va foydani taqsimlash va korxonani tugatish vaqtida oddiy aksiyalardan ustunlik qiladi. Aksiyaning yoki narxi olinayotgan dividend miqdoriga bevosita bog‘liq.
Korxona aksiyalarining umumiy narxi (balans passivida) amaldagi bozor va kurs narxlari bo‘yicha aniqlanadi. Korxona buxgalteriya balansi moliyaviy rejalashtirishning asosiy hisob-kitob hujjatlaridan biridir. Korxonaning ichki balansi odatda aniq tuziladi va uning belgilangan hisobot davriga haqiqiy moliyaviy holatini aks ettiradi. Tashqi balans soddalashtiriladi va ochiq informatsiyalar uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |