15.3. Moliyaviy rejalashtirish va naqd pul harakatining bashorati
Balans siyosati deganda yillik hisobot tuzishning soliq qonunlari, boshqa barcha qonunlarning talabi va qabul qilingan (talablar) tamoyillar doirasida kompaniya balansini tuzish tushuniladi. Bu tushuncha korporatsiyaning tashqi balansiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida o‘tkaziladigan kapital strukturasi va foyda miqdorini o‘zgarish choralarini o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina kichik va yirik korxonalarning balans siyosatining asosiy maqsadi soliqqa tortish bazasini kamaytirish va qonun doirasida soliq to‘lovlarini qisqartirishdir.
Hozirda moliyaviy rejalashtirishning yangi turi byudjetlashtirishdir. Umumiy ko‘rinishda byudjet barcha korxonalarning xo‘jaliklari va funksional xizmatlarining daromad hamda xarajatlar smetasidir. Har bir firma strategik maqsadlar va operativ maqsadlarni hisobga olib odatda joriy moliya byudjetlarining bir necha turlarini ishlab chiqadi. Moddiy byudjet, ya’ni firmaning yillik ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun rejalashtirilayotgan xom- ashyo va materiallarning ma’lum turlari hamda miqdori ifodalanadigan byudjet. xaridlar byudjeti, ya’ni ma’lum davrga rejalashtirilgan ishlab chiqarish resurslarini sotib olish uchun kerakli pul mablag’larining barcha sarflari keltirilgan byudjet. Mehnat byudjeti, ya’ni korxonaning barcha ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mehnat resurslari va ishchi kuchiga reja talabini o‘z ichiga oladigan byudjet. Ma’muriy xarajatlar byudjeti, ya’ni barcha bo‘limlarda asosiy boshqaruv funksiyalarini bajarish uchun rejaviy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Korxonaning asosiy moliyaviy byudjetlariga naqd pul byudjeti va qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar byudjeti kiradi. Birinchisi - firma likvidlik darajasini ta’minlash uchun, ikkinchisi - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangilash, faoliyat doirasini kengaytirish, ishlab chiqarish fondlarini sotib olish, eskirgan moddiy aktivlarni tiklash uchun mo‘ljallangan.
Hozirgi sharoitda korxona yillik balansini tuzishning muhim bosqichi bo‘lib, daromadlar va xarajatlar strukturasining dinamikasini umumiy baholash hisoblanadi. Korxona moliyaviy holatini xarakterlovchi ko‘rsatkich uning to‘lov qobiliyatliligida namoyon bo‘ladi. Har bir korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yakuniy natijasi bo‘lgani uchun, uning moliyaviy ahvoli bozor iqtisodiyoti sharoitida asosan daromadlar va xarajatlar darajasi, naqd pul holati va pul harakati orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |