faol ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun ham shaxs madaniyati, xulqu odobi, ongi, o’z-o’zini anglashining darajasini
belgilovchi indikator sifatida namoyon bo’ladi.
Shaxsning o’z-o’zini anglash jarayoniga
turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillar ham kuchli darajada
ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday xilma-xil ta’sirlar mavjudligi shaxsning o’z-o’zini anglashi, baholashi va faoliyatini
tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. Aks holda ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo
shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga tortishi mumkin. «Mana shunday bir vaziyatda odam,
– deb yozadi I.A. Karimov, – o’z
mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o’zi tayanib yashaydigan hayotiy-milliy
qadriyatlarga, shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli mafkuralarning bosimiga,
ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishi amri-mahol»
.
Buni tushunib olish
bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash tobora keskinlashib va intensivlashib borayotgan bir sharoitda ayniqsa
muhimdir.
Dostları ilə paylaş: