6
1.2. Maktabgacha ta’lim davlat standartining qismlari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti (keyingi
o‘rinlarda — davlat standarti) davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalarini,
prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat standartlarini
joriy etish hamda uning
talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat standartini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning
davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va
tarbiya berish sohasidagi o‘quv-metodik qo‘llanmalarni, metodik tavsiyalarni ishlab
chiqish,
shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish,
jihozlash va ularning faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga
olinadi.
2. Davlat standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Maktabgacha ta’lim
va tarbiya
to‘g‘risida”gi, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-
3261-son va “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-
son qarorlari;
2-bob. Davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari
5. Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim
tizimini zamonaviy
talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk
qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari
hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash,
shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga,
mazmuniga va sifatiga,
maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi
bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil
etishga doir majburiy
minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
7
6. Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni
belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning
samarali shakllari va
usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning
huquqiy asoslarini
takomillashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni
tashkil etishga bo‘lgan sanitariya-gigiyenik talablarni belgilash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va
boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash;
maktabgacha ta’lim muassasalariningyong‘in xavfsizligini ta’minlashga
qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: