Ishdan maqsad: talabalarga joriy mavzuga oid bilimlarni berish hamda tegishli qurilmalar, uning ish tamoyili hamda signallarini shakllantirish shuningdek ularni qayta ishlash prinsiplarini o‘rgatishdan iborat.
Topshiriq: joriy mavzuga oid bilimlarni shu ko‘rsatmaga asosan mustahkamlash, tegishli tizim bo‘lsa u auditoriyada bo‘lsa to‘g‘ridahto‘g‘ri o‘qituvchiga o‘z xulosa va bilimlarini namoyon etish xam hisobotlar tuzishdan iborat.
Nazariy qism Amplituda modulyatsiyali signallarni detektorlash Ishda nochiziqli zanjirlarda amplitudasi modilaytsiya qilingan tebranishlarni detektrlash jarayonini o‘rganish va detektorlarni tadqiq qilishning amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish maqsad qilib olingan.
4 .1. Rasm. Diodli detektor prinsipial sxemasi
AM signallar generatori chiqishidagi signal amplitydasini U= 1V va chastotasini = 14 000 Gs, modulyatsiya koeffitsiyentini M=1 qilib o‘rnating.
Yuklama kondensator sig’imini o‘zgartirib AM signal o‘rovchisi va detektor chiqishidagi signallarning bir-biriga mosligiga erishing. Kondensator sig’imi Sn=3 nF; Sn=30 nF; Sn=300 nF va Sn=0 qiymatlarida chiqish sugnali ossillogrammlarini chizib oling.
1.5 Tengsizligidan foydalanib: f = 14 kGs tashuvchi signal chastotasi: F = 1 kGs –modulyatsiyalovchi signal chastotasi vaRn –yuklama qarshiligi qiymatlari uchun yuklama kondensatori sig’imi Cn - hisoblang.